Dasturning maqsadi
- ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o‘tmishdan qolgan
mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to‘la xalos etish, rivojlangan demokratik
davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori
malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratishdir.
Ushbu maqsadni ro‘yobga chiqarish quyidagi vazifalarni hal etishni talab
etadi:
•
birinchidan, ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimini respublikada amalga
oshirilayotgan uzgarishlar va yangilanish jarayonlariga moslash;
•
ikkinchidan, kadrlar tayyorlash tizimi muassasalarini yuqori malakali
mutaxassislar bilan ta’minlash hamda pedagogik faoliyatning nufuzi va ijtimoiy
maqomini oshirish.
•
uchinchidan, ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimi muassasalarini attestatsiyadan
o‘tkazish va akkreditatsiya qilish.
•
To‘rtinchidan,
ta’lim
va
kadrlar
tayyorldsh
sohasida
o‘zaro
hamkorlikii rivojlantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |