O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti



Download 2,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/163
Sana31.12.2021
Hajmi2,12 Mb.
#279679
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   163
Bog'liq
Nutq ostirish nazariyasi va metodikasi

 
 
Maktabgacha davrdagi katta yosh (5-7 yosh) 
 
Maktabgacha  yoshdagi  katta  bolalar  nutqini  rivojlantirishda  erishilgan  asosiy  natijalar 
muloqot  sohasidagi  chukur  o’zgarishlar  bilan  bog’liqdir.  Tengdoshlar  bilan  muloqot  qilish 
birinchi  o’ringa  o’tadi.  Bola  o’z  tengdoshini  kattalardan  afzal  ko’ra  boshlaydi.  O’yin 
jarayonidagi  o’rtog’iga  karatilgan  nutq  kattalar  bilan  bo’lgan  muloqotga  qaraganda  ancha 
mazmunlirok  bo’la  boshlaydi.  SHerik  bilan  dialog  -  muvofiklashtirilgan  predmetli  va  nutqiy 
faoliyat tusiga ega bo’ladi. Bolalar endi ko’shnilari e’tiborini jalb kila oladilar, o’zlari ham uning 
ishlari va bildirgan fikrlari bilan kizikadilar. 
Maktabgacha yoshdagi katta bolalar nutqining vazifalari turlichadir. Nutqdan atrofdagilar 
bilan aloka  o’rnatishda, o’ziga, o’z  ishlariga va kechinmalariga  dikkatni  jalb qilishda, bir-birini 
o’zaro tushunishda, sherik xulkiga, uning fikri va hissiyotlariga ta’sir ko’rsatishda, o’z faoliyatini 
tashkil  etishda,  o’yindagi  o’z  o’rtoђining  harakatlarini  muvofiklashtirishda  foydalaniladi.  Nutq 
atrof-muhit  haqidagi  muhim  bilim  manbai,  tabiat,  narsalar  va  odamlar  dunyosi  haqidagi 
tasavvurlarni  kayd  etish  vositasi,  bilish  faoliyati  vositasi  bo’lib  xizmat  kiladi.  Maktabgacha 


 
47 
yoshdagi  katta  bolalarning  nutqi  shuningdek,  ob’ektiv  aloqalarning  o’ziga  xos  soxasi  sifatida 
namoyon bo’ladi, u bularni so’z, tovush, kofiyalar va fikrlar bilan o’ynab turib anglaydi. 
O’zining  amaliy,  bilish  va  shaxsiy  ehtiyojlarini  kondirish  uchun  bola  mavjud  barcha 
vositalardan,  vaziyatdan  kelib  chikib  erkin  bildirilgan  fikrlardan,  nonutqiy  vositalardan  (imo-
ishoralar,    yuz  ifodasi,  harakat)  va  matnli  nutqdan  (foydalanilgan  vositalar  asosida  tushunarli 
bo’lgan) foydalanadi. Nutqning barcha turlari va shakllari til shaxsining takrorlanmas individual 
kiyofasini yaratgan holda o’zaro hamjihatlikda mavjud bo’ladi. 
Dialogni  rivojlantirish  nafakat  shunchaki  nutqning  muayyan  kompozitsion  shaklini 
o’zlashtirish,  balki  bolaning  ijtimoiy  va  shaxs  jihatdan  shakllanishining  muhim  tarkibiy  kismi 
hisoblanadi.  Dialogik  muloqot  nafakat  aloka  (intellektual  mazmun)  va  o’z  manfaatlariga 
yo’nalishni,  balki  sherikning  nuktai-nazarini,  uning  kizikishlari,  istaklari,  kayfiyatini  hisobga 
olishni  ham  ko’zda  tutadi.  Bolalar  bunday  tajribani  kooperativ  tusdagi  faoliyat  (birgalikda 
yasash,  chizish,  jamoa  o’yinlarini  o’ynash)  natijasida  to’playdilar.  Tengdoshlari  bilan  muloqot 
qilishda  bola  nutqi  mazmundorlikka  (muloqot  vaziyatidan  kat’iy  nazar  mazmun  fakat  til 
vositalaridan foydalanish orkaligina tushunarli) ega bo’lishi isbotlangan.  
Maktabgacha  yoshdagi  katta  bolalarning  dialogik  muloqoti  negizida  nutqning  yangi 
shakli  –  monolog  tuђiladi  va  shakllanadi.U  bolaning  o’z  fikrlari,  his-tuyђulari,  atrof-muhit 
haqidagi  bilimlarini  o’rtoklashish  istagi  okibatida  vujudga  keladi.  Bunda  nutq  kiska  hikoya 
shakliga  ega  bo’ladi.  Hikoyada  albatta  bolani  lol  koldirgan  va  uni  hayajonga  solgan  biron-bir 
kizik  hodisa  (tabiat  ko’ynidagi  kizikarli  uchrashuv,  ukasning  kulgili  harakatlari  va  h.k.)  aks 
etadi.  Maktabgacha  yoshdagi  bolalar  tanish  ertaklarni,  multfilmlar  mazmunini  aytib  berishni, 
o’kiganlarini so’zlab  berishni xush ko’radilar. 
Maktabgacha  yoshdagi  katta  bolalarning  eng  muhim  yutuђi  –  jaranglayotgan  nutqka 
kizikishning  shidda  bilan  rivojlanishi,  til  faoliyatini  eng  oddiy  anglashning  shakllanishidir. 
So’zga nisbatan lingvistik munosabat dabdurustdan tovush, kofiya, mazmun bilan o’tkaziladigan 
o’yinlarda, so’z ahamiyati haqidagi savollarda, ularning jarangdorligi va mazmunida ko’rinadi. 
Til vokeligini anglash uning barcha tomonlarini – fonetik, leksik, grammatik tomonlarini kamrab 
oladi. So’zga nisbatan ongli munosabat lug’at takomillashtirishga (antonimlar, sinonimlar, ko’p 
ma’noli  so’zlarni  tushunish),    nutqning  tovush  madaniyatini  rivojlantirishga  (tovush  talaffuzi, 
tinglash  kobiliyati,  intonatsiya  ifodaviyligi),  nutqning  grammatik  to’g’riligini  shakllantirishga 
(morfologiya, so’z yasash, sintaksis), ravon nutqni rivojlantirishga ta’sir ko’rsatadi. 
Lug’at  rivojlantirishda  uning  sifat  jihatidan  takomillashtirilishi  oldingi  o’ringa  chikadi. 
Bu antonimiya (o’tkir-o’tmas, achchik-chuchuk), sinonimiya  (o’tkir,  uchkir,  charxlangan), ko’p 
ma’nolilik  (o’tkir  pichok,  achchik  kalampir,  o’tkir  til)  kabi  hodisalarni  tushunish  va  ulardan 
nutqda  faol  foydalanishga  taalluklidir.  Bolalar  tabiat  hodisalari,  narsalar,  insonlarning  hatti-
harakatlarini  takkoslashda  turlicha  va  umumiy  xususiyatlarni  ajratishni  hamda  aksil  va  yakin 
ma’noli  so’zlar,  kiyoslashlar,  anik  fe’llar,  o’xshatishlar  yordamida  ularni  nutqka  olib  kirishni 
o’rganadilar. So’z yasashda sinonim yoki antonimni tanlab olish usullari bolalarni ko’p ma’noli 
so’zlar bilan tanishtiradi. Buyumlar funktsiyalarini takkoslash asosida umumlashtiruvchi nomlar 
shakllanadi (hayvonlar, idish-tovoklar, transport va h.). 
Nutqning  tovush  madaniyatini  tarbiyalash  shuningdek,  til  vokeligini  eng  oddiy  tarzda 
anglashni  shakllantirish  bilan  o’zaro  bog’liqdir.  Maktabgacha  yoshdagi  katta  bolalar  so’zlar, 
tovushlar,  kofiyalar  (pomidor-koridor)  faol  o’ynaydilar.  Ular  so’z  jaranglashidagi  umumiy  va 
turlicha  tovushlarni  belgilay  oladilar,  artikulyatsiya  yoki  akustik  jihatdan  yakin  tovushlarni  (S-
SH,  S-Z,  S-S)  farklashga  kodirlar,  she’r,  makol  yoki  tez  aytishdagi  4-5  ta  so’zda  uchragan 
tovushlarni  belgilay  oladilar.  Bolalar  aralash  tovushlardan  iborat  bo’lgan  tez  aytishlarni  anik 
talaffuz  qilishni  mashk  qilishni,  ularni  turli  tezlikda,  turli  ovoz  balandligida  va  turlicha 
ohanglarda aytishni yoktiradilar. 
Maktabgacha  davrdagi  katta  yoshda    nutqning  grammatik  jihatdan  to’g’riligini 
shakllantirish nutqka nisbatan tankidiy munosabatning paydo bo’lganligi va rivojlanganligi, anik 
va  to’g’ri  gapirishga  intilish  bilan  bog’liqdir.  To’g’rilikka  intilish  grammatikaning  barcha 
sohalarida,  ya’ni  –  morfologiyada  (shaklning  anik  shakllanishida,  ko’p  turdagi  shakllarni 


 
48 
o’zlashtirishda), so’z  yasashda (non uchun - nondon, tuz uchun - tuzdon), sintaksisda (og’zaki 
nutq  tuzilmasini  bartaraf  etish:  «va»  boђlovchisini  ko’p  marta  ko’llash  orkali  gapni  «cho’zish» 
hamda  bir  gapda  to’g’ridan-to’g’ri  va  bilvosita  nutqni  aralashtirib  yuborish)  paydo  bo’la 
boshlaydi. Nutqning grammatik to’g’riligiga intilish bola hayotining yettinchi yilida ro’y beradi. 
Besh  yoshli  bola  hali  ham  ishtiyok  bilan  grammatik  shakllarni  o’ynaydi  va  aynan  so’z  bilan 
amalga  oshirilayotgan  ana  shu  sinovgina  nutqning  grammatik  to’g’riligini  yanada  rivojlantirish 
uchun shart-sharoit yaratadi. 
Lug’at  rivojlantirish,  nutqning  tovush  madaniyatini  tarbiyalash,  grammatik  to’g’rilikni 
shakllantirish  ravon  nutq  tuzish  usullarini  o’zlashtirish  (boђlovchilar,  o’rin-hol,  leksik 
takrorlashlar,  sinonimlar  yordamida  gaplarni  boђlash  vositalari;  tavsiflash,  bayon  qilish 
tuzilmasi)  bilan  uzviy  bog’liqdir.  Ko’p  turdagi  vazifalarni  bajarish  munosabati  bilan  dialogik 
nutq  negizida  rivojlangani  holda  nutqning  barcha  jihatlari  tilni  anglashni  shakllantirishga 
to’g’ridan-to’g’ri  bog’liq  holda  bo’ladi  hamda  buning  uchun  bolaning  katta  bilan  muayyan 
shakldagi muloqot turiga muhtoj bo’ladi. Bu nafakat tashki dunyo va boshka odamni anglashga, 
balki tilning o’zini, uning tuzilishi va faoliyat yuritishni anglashga ham yo’naltirilgandir. 
Nutqiy  rivojlanishning  o’ziga  xos  xususiyatlari  kirishuvchanlik  ko’rinishlarida  hamda 
ayni  paytda    til  va  ravon  nutqni  egallash  sur’atida  ifodalanadi.  Ko’pchilik  bolalar  o’z 
harakatlarini sharhlashni, atrofdagilar e’tiborini o’ziga jalb qilishni xush ko’radilar. Bunda ayrim 
bolalarda  nutqiy  muloqot  amaliy  faoliyat  bilan  zid  keladi  va  buning  natijasida  bunday  ko’p 
gapiruvchi  bolakay  ish  bajarishda  guruhdagi  boshka  bolalardan  ortda  kola  boshlaydi.  Unchalik 
kirishimli bo’lmagan bolalar  kam so’zlaydilar, lekin odatda ular amaliy vazifalarni tez va to’g’ri 
hal etadilar. 
Ravon  nutqning  paydo  bo’lish  muddati  va  mahsuldorligi  ham  fark  qilishi  mumkin.  Ilk 
turdagi nutqiy rivojlanishda maxsus tayyorgarliksiz hikoya qilib berish 4-5 yoshdan boshlanadi. 
Bolalar  sehrli  ertaklarni,  bo’lgan  vokealarni  bir-birlariga  so’zlab  beradilar,  o’yinchoqlardan 
foydalangan  holda  o’ziga  xos  hikoyalar  to’kiydilar.  Agarda  bola  yetti  yoshida  tanish  an’anaviy 
ertakni  («Zumrad  va  Kimmat»)  mustaqil  hikoya  qilib  bera  olsa,  o’yinchoqlar,  suratlar  asosida 
kichik og’zaki insho to’kiy olsa - bu hammasi me’yoridaligidan dalolatdir. 
 
Maktabgacha  yoshdagi  katta  bolalarni  nutqiy  rivojlantirishga  doir  vazifalar.  Nutqning 

Download 2,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish