O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti



Download 2,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/163
Sana31.12.2021
Hajmi2,12 Mb.
#279679
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   163
Bog'liq
Nutq ostirish nazariyasi va metodikasi

 
 
 


 
45 
Maktabgacha davrdagi kichik yosh (3 – 5 yosh) 
 
Ikki  yoshdan  besh  yoshgacha  bo’lgan  davr  nutqiy  rivojlanishdagi  ahamiyatiga  ko’ra 
o’ziga  xosdir:  ushbu  davrda  bola  tilga,  uning  tovush  va  mazmun  jihatlariga  yukori  darajada 
beriluvchan  bo’ladi.  Tilni  boyitish  muomalada  va  o’z  faoliyatida  vujudga  keladigan  yangi 
vazifalar  bilan  raђbatlantiriladi,  va  o’z  navbatida  ularning  yanada  rivojlantirish  uchun  sharoit 
yaratadi. 
Ushbu  yoshda  nutqning  asosiy  irsiy  vazifasi  –  aloka  funktsiyasi,  ijtimoiy  alokalar  va 
atrofdagilarga  ta’siridan  iborat.  O’yin  faoliyatini  rivojlantirish,  predmetli-manipulyativ  va 
individual  syujetli-aks  ettirish  o’yinlaridan  birgalikda-rolli,  syujetli-rolli  o’yinga  o’tish 
munosabati bilan muloqotga yangi ehtiyoj paydo bo’ladi, bu esa nutqiy faoliyatga ko’shilishning 
yangi  usullariga  –  fikr  bildirishga  –  bola  faoliyatiga  oid  vaziyat  tuzilmasiga  olib  keladi.  Fikr 
bildirishning  yangi  vazifaviy  turlari:  o’z  o’yin  faoliyatini  sharhlovchi,  sherik  xulkini  tartibga 
soluvchi,  yakin harakatlarni rejalashtiruvchi va rollarni taksimlovchi turlari paydo bo’ladi.  
Bolalar  jilmayish,  kulgi,  ifodali  harakatlar,  ko’z  urishtirishlar  kabi  kommunikatsiya 
vositalaridan  foydalanadilar.  Bunda  nutq  faoliyati  odatda  muvofiklashtirilgan  bo’ladi.  Bolalar 
bir-birining  oldida  ovoz  chikarib  gapiradilar  va  ko’pincha  ko’shnisining  gapiga  e’tibor 
bermaydilar.  Tengdoshlar  bilan  dialogni  rivojlantirish  amaliy  harakatlarni  kelishib  olish,  sherik 
nutqiga mos tarzda javob berish va keyin esa fikrlarni kelishib olishda  ifodalanadi. 
Maktabgacha  davrdagi  kichik  yoshda  vaziyatga  asoslangan  nutqning  (fakat  muayyan 
vaziyatga  nisbatan  tushunarli  bo’lgan)  mutlak  hukmronligidan  nutqning  vaziyatli  va  matndan 
kelib chikuvchi (ko’rgazmali vaziyatdan alohida tarzda) vositalarini mos tarzda ko’llashga o’tish 
ro’y beradi. 
Ikki  yoshga  kelib  fonematik  tinglash  kobiliyati  yangi  ko’rinishda  shakllanadi. 
Maktabgacha davrdagi kichik yoshda o’z tovush talaffuzini eshitish va unga tuzatish kirita olish, 
so’zdagi umumiy va turlicha  tovushlarni ajrata olish (anglay olish) kobiliyati shakllanadi (3-4 ta 
so’zdan  iborat  bo’lgan  katordagi  bir  xil tovushlarni  eshita  olish,  berilgan  tovushli  2-3  ta  so’zni 
tanlay  olish,  so’zni  berilgan  tovushni  ta’kidlab  ko’rsatgan  holda  talaffuz  qilish,  ajratib 
ko’rsatilgan  tovushni  tinglash).  Besh  yoshga  kelib  esa  tovush  talaffuzini  o’zlashtirish  asosan 
nihoyasiga  yetadi.  Talaffuzdagi  fakat  ayrim  xatoliklar  uchraydi:  «sh»li  so’zlar  har  doim  ham 
anik aytilmaydi; «R» L bilan yoki L bilan; «L» esa L bilan almashtiriladi. 
Lug’at atrof-muhitda o’z  yo’lini to’g’ri topib olishning kengayishi tufayli boyib boradi. 
Bola yangi maishiy buyumlar, tabiat ob’ektlari, ijtimoiy hayot ko’rinishlari bilan tanishadi va bir 
vaktning  o’zida  ularning  nomlarini  bilib  oladi.  Lug’at  nutqning  turli  kismlari  nomlari  (ot,  fe’l, 
sifat),  umumlashtiruvchi  so’zlar  (o’yinchoqlar,  hayvonlar,  sabzavotlar,  mebellar  va  h.)  va 
antonimlar (karama-karshi ma’noli so’zlar) bilan to’ldiriladi. 
Bola ko’rgazmali vaziyatga karamasdan so’zlardan foydalanishni o’rganadi. Buyumlar va 
hodisalar,  ularning  munosabati  va  alokalari  to’g’risida  ko’p  sonli  savollar  beradi.  Fe’llarning 
faollashuvi katta ahamiyat kasb etadi. Fe’llardan foydalanish nutqka sur’at baxsh etadi, bayoniy 
tusdagi kiska matnlarning tuђilishi uchun sintaktik asos yaratadi. 
Nutqning  grammatik  katorini  shakllantirish  lug’at  rivojlantirish  bilan  uzviy  bog’liqdir. 
Bola  har  bir  yangi  so’zni  o’zlashtirar  ekan,  uni  to’g’ri  o’zgartirishni,  gapdagi  boshka  so’zlarga 
moslashtirishni,  ular  o’rtasida  so’z  yasovchi  ko’shimchalar  o’rnatishni  o’rganadi  (o’rdak-
o’rdakcha, kant-kanddon). Oddiy gap tuzilmasi takomillashadi, turli toifadagi murakkab gaplar, 
bevosita va bilvosita nutqlar gaplar faol ko’llaniladi. Bolalarni tilni tadkik qilishning o’ziga xos 
bolalar usulidan (tovushlar, kofiyalar, so’z ijodkorligi o’yinlari) foydalangan holda o’rganadilar. 
So’z  bilan  o’ziga  xos  tarzda  sinov  o’tkazish,  tovush  bilan  o’ynash,  so’z  shakllarini  «ushlab 
ko’rish»  bolalar  tomonidan  yasalgan,  kattalar  lug’atida  mavjud  bo’lmagan  so’zlar  va  shakllar 
sonining  keskin  oshishiga  olib  keladi.  Bu  qonuniy  jarayon  butun  nutq  rivojining  borishi  uchun 
o’ta foydalidir. 
Nutqiy  rivojlanishda  individual  farklar  doirasi  keng.  Ilk  rivojlanish  bosqichida  bolalar 
kattalar bilan muloqotda tashabbuskor bo’lib, ko’p savollar beradilar (nima uchun, nega), tanish 


 
46 
ertaklarni  jon  deb  aytib  beradilar,  o’yinlar  to’plami,  suratlar  bo’yicha  kichik  hikoyalar 
to’kiydilar,  bilishga  ishtiyokmand  ekanliklarini  namoyish  etadilar,  kuvnok  so’zlar  va  kofiyalar 
o’ylab topadilar. Ular tengdoshlari bilan birgalikdagi o’yinlarda nutqni faol ko’llaydilar.  
Nisbatan  sust  bolalar  kattalar  bilan  muloqotda  tashabbus  ko’rsatmaydilar,  birok  ular 
kattalarning  suratlarni  ko’rish,  yangi  o’yinchoqlar  bilan  o’ynash,  uydagi  ana  shunday 
o’yinchoqlar  to’g’risidagi  savollarga  javob  berish  haqidagi  takliflariga  ishtiyok  bilan  javob 
beradilar.  Tengdoshlari  bilan  birgalikda  o’yinlarni  yo’lga  ko’yar  ekanlar,  bunday  bolalar 
ko’pincha muloqotning so’zsiz vositalarini ko’llaydilar. Ular pedagogni undash uchun tovushlar 
va so’zlar bilan o’ynaydilar(muammoli o’yin vaziyatlarida). 

Download 2,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish