139
Nutqni rivojlantirishning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda nutqning tovush
madaniyatini shakllantirishni 3 ta bosqichga bo’lish mumkin: 1-bosqich – 1 yilu 6
oydan 3 yoshgacha; 2-bosqich – 3 yoshdan 5 yoshgacha; 3-bosqich – 5 yoshdan 7
yoshgacha.
1-bosqichda nutqning tovush madaniyatini shakllantirish kattalarning bolalar bilan
muntazam muloqoti orkali amalga oshiriladi. Asosiy vazifa - tinglash qobiliyatini
doimiy
ravishda
rivojlantirib
borish,
artikulyatsiya
apparati
organlarini
mustahkamlash va rivojlantirishdan iborat. Bunda har xil tovush taklidlarini o’zida
jamlagan o’yinlar, she’rlar, ko’shiklar, hikoyalardan foydalanish mumkin.
2-bosqichda nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash tovush talaffuziga doir ishlarni
olib borish jarayonida amalga oshiriladi. Asosiy vazifa – bolalarda fonematik tinglash
va ona tilining barcha tovushlarini to’g’ri talaffuz qilish, so’zlar va iboralarni anik
hamda tushunarli qilib talaffuz etish; ovoz balandligini vaziyatdan kelib chiqqan
holda boshkarish qobiliyatini tarbiyalash, so’zlarni ulardagi urђularga anik rioya
kilgan holda to’g’ri va anik talaffuz qilishdan iborat. Ayni paytda tovush taklididan
foydalanish darkor. Ona tilidagi barcha tovushlarni mashk qilish navbati bilan bir-
birini almashtiruvchi to’rtta turni ko’zda tutadi: artikulyatsiya apparati organlarini
tayyorlash, ajratilgan tovushni talaffuz qilishni aniklashtirish va ushbu tovushni
boshkalari ichidan ajrata olish, iborali nutqda tovushni to’g’ri talaffuz qilishni
mustahkamlash.
3-bosqichda nutqning tovush madaniyatini tarbiyalashni bolalar tomonidan ko’p
hollarda aralashtirib yuboriladigan tovushlarni (shuvillovchi, hushtaksimon, jarangli,
jarangsiz va boshk.) tabakalashtirishga doir ishlar bilan bog’liq holda amalga oshirish
lozim. Bunda asosiy vazifa nutqiy tinglashni yanada takomillashtirish, anik, to’g’ri,
intonatsion ifodali nutq ko’nikmalarini mustahkamlash.
Tabakalashtirish ajratib ko’yilgan tovushlar bo’yicha ham va ayni paytda so’zlar
hamda iborali nutqlar bo’yicha ham amalga oshiriladi. Bu esa bir vaktning o’zida
bolalarda nutqiy nafas olish, diktsiya, intonatsion ifodalilik, ya’ni nutq tovush
madaniyatining barcha kirralarini takomillashtirish imkonini beradi.
Har kanday tovush juftligini tabakalashtirish uch turdagi ishni amalga oshirishni
ko’zda tutadi: ajratib ko’yilgan tovushlarni tabakalashtirish; so’zlarda tovushlarni
tabakalashtirish; nutqda tovushlarni tabakalashtirish.
Tovushlarni tabakalashtirish uchun materiallarni she’rlar, hikoyalar, tez aytishlar
orkali berish va bir vaktning o’zida bolalar bilan nutq sur’ati, diktsiya, ovozdan
to’g’ri foydalana olish, so’zlarni adabiy me’yorlarni hisobga olgan holda talaffuz
qilishni mashk qilish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: