Tadqiqot ob’ekti va predmeti: Mazkur tadqiqotning ob’ekti kimyo o’qitish
metodikasi. Ilg’or pedagogik interfaol usullar va kimyoni o`qitishda foydalanish
mumkin bo`lgan informatsion texnologiyalardir va bu usullarni tuzlar gidrolizi
mavzusini o’qitishda qo’llanilishi tadqiqotning predmetini belgilaydi.
BMIning ilmiy va amaliy ahamiyati: pedagogik texnologiya asosida dars
o’tish bugungi kunning muhim mavzularidan biri hisoblanadi. Chunki zamonaviy
pedagogik texnologiya asosida tashkil etilgan darslar o’quvchilarni darsning faol
ishtirokchisiga aylanishiga, bilimlarining to’liq o’zlashtirilishiga yordam beradi.
Shuning uchun tuzlar gidrolizi mavzusini o’qitishda interfaol usullardan
foydalanish ta’lim jarayonida ilmiy ahamiyatga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |