Fe’lning majhul nisbati فعل مجهول fe’le majhul
Fe’lning majhil nisbati o‘zinig tizilishi jihatidan qo‘shma fe’l shakliga ega bo‘lib, yetakchi fe’l vaشدن šodan ko‘makchi fe’lidan tashkil topadi.
Majhul nisbatda fe’l tarkibidagi etakchi fe’l hamma zamon va shaxslarda o‘tgan zamon sifatdoshi shaklida va ko‘makchi fe’l شدن šodan esa tegishli zamon va shaxslarda keladi.
Fe’lning majhul nisbati faqat o‘timli fe’llardan hosil qilinadi.
نوشتنneveštan-yozmoq نوشته شد nevešte shod مقاله نوشته شد maγāle nevešte šod-maqola yozildi.فرستادن ferestādan-yubormoq فرستاده شد ferestāde šod – yuborildi نامه فرستاده شد nāme ferestāde shod-xat yuborildi.
Majhul nisbatdagi fe’llar aniq nisbatdagi fe’llarga xos bo‘lgan hamma zamon va mayllarda ishlatilishi mumkin.
مقاله نوشته می شود.maγole navešte mišavad - maqola yozilyapti ( hozirgi - kelasi zamon).
مقلمه نوشته می شد. maγāle navešte mišod – Maqola yozilardi. (o‘tgan zamon davom fe’li).
مقاله نوشته شده است. maγāle navešte šode ast – Maqola yozilgan. (o‘tgan zamon natijali fe’li).
مقاله نوشته شده بود. maγāle navešte šode bud – Maqola yozilgan edi. ( uzoq o‘tgan zamon fe’li).
مقاله نوشته خواهد شد. maγāle navešte xāhad shod – Maqola yoziladi, yozilajak.( aniq kelasi zamon fe’li).
Majhul nisbatdagi fe’lning bo‘lishsiz shakli ko‘makchi fe’l شدن šodan oldiga نه na – inkor yuklamasini qo‘shish orqali hosil qilinadi.
نامه فرستاده نشد. nāme ferestāde našod- Xat yuborilmadi.
Aniq kelasi zamon felining majhul shaklida نه na – inkor yuklamasi خواستن xāstan ko‘makchi fe’liga qo‘shiladi.
بسته پستی شما فرستاده نخواهد شد. basteye postiye šomā ferestāde naxāhad šod – sizning banderolingiz yuborilmaydi.
Kesimi majhil nisbat bilan ifodalangan gapda grammatik ega ish- harakatni bajarivchi shaxsini bildirmaydi, balki boshqa shaxs orqali bajarilgan harakatni o‘ziga qabul qiluvchi obyektni bildiradi. مقاله نوشته شد. maγāle navešte šod ( maqola yozildi ). Misolida asosiy diqqat subektga emas, obektga qaratilgandir. Bunda maqola so‘zi gapda ega vazifasida keladi.
Kesimi majhil nisbat bilan ifodalangan gaplarda ish-harakatni bajaruvchi shaxsini ko‘rsatish lozim bo‘lsa, harakatning bajaruvchisiاز طرف az tarafe ( tomonidan ),بوسیله be vasileye بواسطه be vāsiteye, توسط tavassote ( orqali, vositasi bilan, bilan) kabi murakkab predloglar orqali ifodalanadi. Bunday gaplarda harakat obyekti ega vazifasini o‘taydi. Harakat subyekti murakkab predlog bilan birikib, to‘ldiruvchi vazifasida va majhil nisbatdagi fe’l esa kesim vasifasida keladi.
داستان گرداب از طرف صادق هدایت نوشته شده بود. dāstāne gerdāb az tarafe sādeγ hedāyat navešte šode bud- “ Gerdob” romani Sodiq hidoyat tomonidan yozilgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |