16- mashq. Fors yozuyida yozing.
Bāzār, bi, pir, nān, bā, tir, bādbān, yā, divār, dir, zānu, birun, bidār, zir, bini, bābā, bānu, tā, pā, bāzu, tā, bid
واژه ها
bilan – bā با keksa – pir پير
tol – bid بید kech – dir دیر
shamollatgich – bādbān بادبان devor – divār دیوار
bozor – bāzār بازار kun – ruz روز
bilak – bāzu بازو tizza – zānu زانو
uyg‘oq – bidār بیدار tez – zud زود
burun – bini بینی non – nān نان
oyoq – pā پا tashqari – birun بیرون
tol- bid بید
Baland tovush- bān بان
Majburlash - vodor وادار
درس سوم UCHINCHI DARS
Unlilarning ifodalanishi
Fors tilida 6 ta unli fonema 2 ta diftong mavjud. Bu unlilardan o, i, u cho‘ziq, a,e,o‘ qisqa talaffuz qilinadi. Cho‘ziq unlilar و ی ا harflari bilan ifodalanadi. Qisqa unlilar esa harakatlar bilan ifodalanadi.
H a r a k a t l a r
Fors alifbosida undosh tovushlar va cho‘ziq unlilar harflar bilan yoziladi. Qisqa a, e, o‘ unlilarini ifodalash uchun esa harflarning osti va ustiga qo‘yiladigan harakatlar qo‘llaniladi. Odatda, bu belgilar yozuvda har doim qo‘yilavermaydi, yozuvni o‘rganish jarayonida darslik va qo‘llanmalarda, lug‘atlarda, shuningdek, fors tiliga arab tilidan kirgan so‘zlarni qanday talaffuz etilishini ko‘rsatish uchun ishlatiladi.
Harakatlar
harakatlar
|
nomi
|
talaffuzi
|
َ
|
zabar, fatfa
|
a
|
ِ
|
zir, kasra
|
e
|
ُ
|
zamma, pish
|
o‘
|
˚
|
sukun (to‘xtash)
|
tovush ifodalamaydi
|
Yuqorida ketirilgan harakatlar undoshlarning osti va ustiga qo‘yiladi:
1. َ belgisi zabar (arabcha – fatha) deb nomlanib ustida, tepasida degan ma’noni anglatadi . دَر dar – eshik زَرد zard – sariq
2. ِ belgisi zir (arabcha – kasra ) deb nomlanib ostida, tagida degan ma’noni anglatadi پِدَر pedar – ota, دِراز derāz – uzun.
3. ُ belgisi pish (arabcha – zamma) deb nomlanib old, oldida degan ma’noni anglatadi تُند tond – tez, دُرود dorud – salom.
4. ˚ belgisi sukun deb nomlanadi. Bu belgi undosh ustiga qo‘yilib, shu undoshdan so‘ng unli yo‘qligini, ya’ni bo‘g‘inning yopiqligini bildiradi. دو dav –yugur دی dey – kun.
Diftonglar
Fors tilida ikkita diftong (qo‘sh tovush) bor : ی ey va و ou. Bu diftonglar talaffuz qilinganda, ularni ikki bo‘g‘inga bo‘lib emas, balki birga qo‘shib bir butun talaffuz qilish kerak. Bunda diftonglarning birinchi harfi ikkinchisiga nisbatan kuchliroq talaffuz qilinadi.
1. ی Ey diftongi o‘zbek tilidagi undov so‘zi ey yoki inglizcha mey, dey so‘zlaridagi diftong tovushlaridek talaffuz qilinadi بین beyn – ora, o‘rta.
2. و o‘u diftongi inglizcha now so‘zidagi ow diftongiga solishtirib, to‘g‘ri talaffuz qilish mumkin. نُوnou – yangi, بِروُ berou – bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |