O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti


Parterli  va  turli  kompozistiyali  rang-barang,  chiroyli  gulzorlar  alohida



Download 4,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/260
Sana29.12.2021
Hajmi4,99 Mb.
#83319
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   260
Bog'liq
tabiat bilan tanishtirish nazariyasi va metodikasi (1)


Parterli  va  turli  kompozistiyali  rang-barang,  chiroyli  gulzorlar  alohida 
xususiyatga  ega  inshootlarni  bezatishda  ishlatiladi.  Jumladan,  bu  ishlar 
ko’rgazmalar,  malaniyat  saroylari,  haykallar,  memoriallar,  muzeylar,  teatrlar 
ro’parasida  amalga  oshiriladi.  Gullar  va  boshqa  o’simliklarning  barcha  sifatini 
ko’rsatish uchun, bog’lar, hiyobonlar va alohida gulzorlarni ko’kalamzorlashtirishda 
turli  klassik  usullardan  -  regulyar  (geometrik,  franstuz)  va  landshaft  (ingliz) 
usullaridan  foydalanish  mumkin.  Bu  usullar  tinch,  shoirona  muhit  va  tabiatga 
bevosita  yaqinlik  tasavvurini  aks  ettiradi.  SHaharlar  va  boshqa  yirik  aholi 
punktlarida  madaniyat  va  dam  olish  bog’lari  shunday  tashkil  etiladiki,  ularla 
gulzorlar,  gazon  (maysazor)  lar  daraxt  butalar  bir  nechta  mintaqalarda  turlicha 
maqsad  va  har  xil  ko’rininshda  joylashishi  mumkin.  Ko’kalamzorlashtirishda 
hiyobonlar, dahalar, maxsus bog’lar - rozariyalar, sirEngariyalar, georgonariyalar va 
hokazolar ham katta ahamiyat kasb etadi. 


168 
 
 
 
3. Gulzorlarni tashkil qilish  - bu loyihalash va ularni amaliyotda bajarishdan 
iboratdir.  Gulzorlar  loyihasini  hiyobonlar,  istirohat  bog’lari  va  boshqa  qurilishlari 
mo’ljallangan  joydan ajratilgan holda amalga oshirish mumkin emas.  
Gulzor  deganda  turli  ob’ektlarni  bezatish  uchun  mo’ljallangan  va  o’zida 
maysazorlar,  yo’lakchalar  bir  yillik  va  ko’p  yillik  gullovchi  hamda  manzara 
beruvchi bargli o’simliklar va kichik arxitektura shakllarini mujassam etgan maydon 
tushuniladi.  Gulzorlar  qisqa  vaqtli  dam  olish  va  bezatish  uchun  ishlatiladi, 
shuningdek  joyning  konfigurastiyasiga  ko’ra  turli  shaklda  -  to’rt  burchak, 
cho’zinchoq yumaloq, to’g’ri burchak bo’lishi mumkin. Gulzorlar turli o’lcham va 
shakldagi  klumbalar,  maysazorning  yashil  fonidagi  rabatkalar  va  hoshiyalardan 
tashkil topadi. Gulzorlar maydoni kichikroq maydonchadan (4-5 dan 20 m gacha) 1 
gektargacha va undan ko’proq bo’lishi mumkin. 
 
Gulzor  aniq  tarkibiy  qismga  ega:  1)  turli  shakldagi  gul  ekinlari:  2) 
yo’lakchalar;    3)  maysazor.  Ularning  klassik  mos  tushishi,  gul  ekinlari  maydoni, 
fo’lakchalar  va  maysazorlarning  3:5:8  munosabati  hisoblanadi.  So’ngi  yillarda 
maysazorlar  ko’proq  gullar  uchun  esa  kamroq  joy  ajratiladi.  Ob’ektlarni 
ko’kalamzorlashtirish  turli  elementlarning  foizli  munosabati  ham  mavjud. 
Daraxtlarga  40-50  foiz  va  (janubda  birmuncha  ko’proq),  butalarga  10-20  foiz 
(shimolda  ko’proq),  maysazorlar  uchun  8-18  foiz,  gul  ekinlariga  4-8  foiz  va 
yo’lakchalarga 15-20 foiz joy ajratish tavsiya etiladi. 
 
Gulzor  qismlari  juda  chiroyli,  ko’zga tashlanib  turishi,  yorqinbo’lishi kerak, 
shu masalani yechishda «oltin proporstiya» qoidasidan foydalanish yordam beradi, 
bunda  birinchi  ikki  sonning  yig’indisi  uchinchi  sonni  beradi  hamda  birinchi  son 
ikkinchi sonning yarmisidan katta.  
 
Gulzorlar tashkil qilishda quyidagi qoidalardan foydalanish tavsiya qilinadi: 
1.  Gulzor - klumbaning o’rta, markaziy qismi eng yorqin, diqqatni jalb qiluvchi 
bo’lishi kerak. U havo’z haykal yonida yoki o’zicha mustaqil ob’ekt bo’lishi 
mumkin. 
2.  Gulzordagi  gul  shakllari  mayda  bo’lmasligi  kerak,  aks  holda  u  xunuk 
ko’rinishi mumkin. Oddiy chiziqli yirik shakl hosil qilinishi ma’qulroqdir. 
3.  Gulli  shakllar  kamroq  va  ma’lum  masofalarda  gazon  (maysazorlar)  bilan 
ajratilgan bo’lishi kerak. 
 
Nusxa  loyihasini  tuzish  va  tasdiqlanish  dekabr  oyining  oxiri  yanvar  oyining 
boshidan  kechiktirmaslik  kerak,  chunki  ko’kalamzorlashtirish  uchun  kerakli 
o’simlik ko’chatlarini yetishtirish bo’yicha ishlab chiqarish topshirig’ini oldindan 
berish  lozim.  SHundan  so’ng  ekishning  ishchi  chizmasi  masshtabda,  bo’yoqsiz 
bajariladi,  bunda  yo’llarning  eni,  klumbalarning  diametri,  rabatkalar  eni  va 


169 
 
 
uzunligi,  ekish  uchun  o’simliklar    va  jo’yaklar  orasidagi  masofa  ko’rsatiladi. 
Ekish chizmasi loyihani amalda bajarish rasmlar, rabatkalarning rejasi tuziladi. 
 
Ko’kalamzorlashtirish  ob’ektida  birinchi  navbatda  turli  kommunikastion 
yo’llar (vodoprovod, elektroprovodka va hyuk) o’kaziladi. SHundan so’ng daraxt 
butalar  ekiladi,  yo’l  tarmog’i,  turli  maydonchalar  quriladi,  maysazorlar 
aralashmasi ekiladi va oxirgi navbatda gulli o’simliklar ekiladi hamda urug’lari 
sepiladi.         
                            
 

Download 4,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish