O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti o’zbek filologiyasi fakulteti “O’zbek tili va adabiyoti” kafedrasi



Download 0,84 Mb.
bet54/166
Sana03.08.2021
Hajmi0,84 Mb.
#137551
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   166
Bog'liq
O'zbek tilini sohada qo'llanishi UMK

7.Qoida. Kollektiv (jamoa) a’zolari orasida nimalargadir qiziqish va intilish uyg’otish uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim bo’ladi:

    • Jamoa a’zolari sizdan nimalarni kutayotganini bilib oling;

    • Barcha talab va istaklarni bajarishga va’da bering;

    • Keyin ulardan nimalar kutish mumkinligini bilib oling;

    • Bu ish jamoa bilan kelishib olish imkonini beradi va agar siz ularning talablarini bajarsangiz, ular ham o’z majburiyatlarini bajaradilar.

Insonlar o’z talablarining hisobga olinishini, istaklari ruyobga chiqishini va maslahatlari inobatga olinishini juda ham yaxshi ko’radilar. Shuning uchun ularni maslahat va turli xil g’oyalar berishga undang. Kollektiv a’zolarining fikrlariga xurmat bilan qarang. Agar suhbatdoshingizni biror bir fikrga ishontirmoqchi bo’lsangiz, bu fikr uning o’ziniki ekanligiga urg’u bering.

8. Qoida. Mo’jizalar yaratishi mumkin bo’lgan formula. Nega suhbatdoshingiz siz o’ylaganday emas, balki boshqacha fikrlayapti – buni tushunishga harakat qiling. O’zingizni uning o’rniga qo’yib ko’ring va o’zingizdan o’zingiz so’rang – siz ushbu holatda nima qilgan bo’lar edingiz? Esingizda tursin – barcha insonlar faqatgina o’z ishlari haqida uylaydilar va shu bilangina ko’proq qiziqadilar. Kerakli bo’lgan inson bilan uchrashuvdan avval siz nima haqda gapirishingiz va u nima haqda gapirishi haqida yaxshilab fikrlab ko’ring. Uning siz bergan savollarga qanday javoblar berishi mumkinligi va siz undan nimalarni so’rashingiz mumkinligi haqida fikrlab oling. U nimaga qiziqadi, tajribasi va qiziqishlari qanday, xobbisi nima, bo’sh vaqtini qanday o’tkazadi kabi ma’lumotlar ham uchrashuvda sizga juda asqotishi mumkin.

9.Qoida. Siz bilan uchrashayotgan insonlarning ko’pchilik qismi nimadandir xayajonlangan, o’z muammolariga to’la, nimalargadir ishongan, to’g’ri yoki siz istaganday fikrlashni istamaydigan bo’lishi mumkin. Shuning uchun ham ularni tushunishga harakat qiling. Ularning o’rniga o’zingizni qo’yib ko’ring, ularning muammolarini anglashga va hal qilishga harakat qiling. Ularga hamdardlik bildiring. Shunda ular sizni yaxshi ko’rib qolishadi va natijada siz bilan yaqin odamlaridek muomala qilib, fikr almashinadilar.

10.Qoida. Odamlarga ta’sir o’tkazish uchun ular haqida yaxshi fikrlang. Agar inson haqida hech qanday ma’lumotga ega bo’lmasangiz, u xolda uni yaxshi, sofdil, insofli, madaniyatli, to’g’ri odam deb qabul qiling va lozim bo’lib qolsa, uning uchun biror narsaga pul to’lab yuboring. Muttaham inson ham agar uni yaxshi va sofdil inson deb hisoblasangiz, siz bilan ijobiy munosabatda bo’lishga harakat qiladi. Bu esa unga ta’sir o’tkazish uchun juda qulay imkoniyat yaratadi.

11.Qoida. Hozirgi paytda haqiqatni oddiy qilib tushuntirish kifoya qilmaydi. Shuning uchun ishonarli va ta’sirchan reklama usullaridan keng foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi. Agar sizga boshqalar diqqatini qaratish zarur bo’lib qolsa, siz ham shunday usullarni keng miqyosda qo’llaganingiz ma’qul bo’ladi. Agar muvaffaqiyatga erishishni istasangiz, dalillarni effektiv (samarali) ravishda tushuntiring va bunda o’ta topqirlik bilan harakat qiling.

12.Qoida. Rejalashtirilgan ishning amalga oshirilishiga erishish uchun insonlar orasidagi raqobatni, bir biridan ustun bo’lish uchun harakat qilishga bo’lgan intilishni qo’llab-quvvatlash maqsadga muvofiq bo’ladi. Insonlarga berilgan bunday imkoniyat ularning rivojlanishiga va samarador ishlashiga turtki bo’lib xizmat qiladi. Bu ishning natijasi sifatida yaxshi kadrlarni tanlab olish va joy-joyiga qo’yish mumkin bo’ladi.


Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish