Publisistik uslub. Davrning eng muhim, dolzarb masalalarini o`quvchilarga, tinglovchilarga, tomoshabinlarga gazeta-jurnal, radio, televideniye orqali yetkazish, ommani jonlantirish, kishilarning ongiga atrofda sodir bo`layotgan voqealarni singdirish, ularning ijtimoiy qarashlarini shakllantirish uchun xizmat qiladi. Publisistika -lotincha. «xalq, omma» ma’nolarini anglatadi. Ommaviy axborot vositalarida (gazeta-jurnal, radio, televideniye), Oliy majlis yig`inlarida, turli xil anjumanlarda qo`llaniladigan nutq uslubi publitsistik uslub sanaladi.
Ijtimoiy-siyosiy masalalarga bag`ishlangan bosh maqolalar, felyeton va pamfletlar, murojaatnomalar, chaqiriqlar, deklaratsiyalar publitsistik uslubning yozma shakliga mansubdir. Radio va televideniyeda chiqayotgan siyosiy sharhlovchilar, notiqlarning nutqlari esa publitsistik uslubning og`zaki shaklidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |