4-topshiriq. Gaplarni ko’chiring. Qanday uslubga xosligini ayting.
Kuz! Libosing shohona. Tillarang chehrang, sokin nafasing, xotirjam odiming taftini juda sog’ingan edik. Shuncha zeb-ziynat va latofating manbai ne? Balki yorqin jamoling har kimni o’ziga maftun aylashidadir gap. Yoki sen jamiki go’zalliklar in’ikosi – bekatidirsan. Bir boqishing bog’dagi olmalar yuziga alvon tus beradi. Shuncha qudratni qaydan olasan. Atrofga boqaman. Borliq sen tortiq qilgan sovg’alardan bezak taqish bilan ovora. Saxovating mevasidan hamma, ayniqsa, bobodehqonlar juda shod. Tomosha qilib turib, tin olaman, zavqlanaman. Ochig’i, kuzni nega mahzun fasl deya ta’riflashlarini tushunolmayman… Mana, ko’p kuttirmay, kuz ko’zlarida quvonch yomg’iri paydo bo’ldi: ko’chada turfa ranglardagi yomg’irpo’shlar. Yomg’irni intiq kutganlarning labida tabassum. Ha, oldinda sizu bizni za’faron faslning bundan ham betakror tuhfalari kutyapti.
Do'stlaringiz bilan baham: |