VIII.
Talabalar o‘qish joyini ko‘chirish, o‘qish yo‘nalishini o‘zgartirish hamda o‘qishga qayta
tiklash jarayonida korrupsiya huquqbuzarlkilarni sodir etilishining sabab va omillari.
Talabalar o‘qish joyini ko‘chirish, o‘qish yo‘nalishini o‘zgartirish hamda o‘qishga qayta tiklash jarayoni
korrupsiyaviy huquqbuzarlik sodir etilishi ko‘lami bo‘yicha o‘qishga kiritish va ta’lim jarayonidagi
korrupsiyaviy huquqbuzarliklardan keyingi o‘rinda turadi.
Mazkur huquqbuzarliklarni mavsumiy asosda sodir etilishi va talabalar uchun manfaatdorlik xususiyati
yuqori bo‘lganligi sababli pora yuqori miqdorni tashkil qiladi.
Mazkur jarayonda korrupsiyaviy huquqbuzarliklarni sodir etilishiga sababchi bo‘lgan omillar.
Birinchidan
, talabalar o‘qish joyini ko‘chirish, o‘qish yo‘nalishini o‘zgartirish hamda o‘qishga qayta
tiklash jarayonida jarayonlarning ochiq va shaffof tashkil etilmayotganligini ko‘rsatmoqda.
Ikkinchidan
, O‘zbekisto Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 20 iyunda qabul qilingan “Oliy
ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalarni ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish
tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 393-sonli qarorida jarayon tartibi aniq ko‘rsatilmaganligi
korrupsiyaviy holatlarga olib kelmoqda.
Jumladan, “Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan
chetlashtirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 4-bandida, Oliy ta’limning turdosh ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va O‘zbekiston
Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanishi
belgilangan. Turdosh ta’lim yo‘nalishini qarorda aniq ko‘rsatilmasdan havolaki normaga yo‘naltirilishi mazkur
qarorda korrupsiyaviy holatlarni keltirib chiqaruvchi omillardan biri hisoblanadi.
Mamlakatimiz rivojlanayotgan va dunyo hamjamiyatida o‘z munosib o‘rnini belgilayotgan bir paytda,
Prezidentimiz ta’kidlab o‘tganidek, faqatgina erishilayotgan yutuqlarimizga mahliyo bulish kayfiyatida
bo‘lmasdan, Vatanimizni yanada yuksaltirish maqsadida muammo va kamchiliklarga ham e’tibor berib, ularni
aniqlab va o‘z vaqtida bartaraf etishimiz lozim.
Oliy ta’lim sohasida korrupsiyaviy huquqbuzarliklarni sodir etilishiga sababchi bo‘lgan omillarni turli
asoslarga ko‘ra tasniflash mumkin.
Xususan, mazkur omillarni xususiyatlarni umumiyligiga ko‘ra: iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va ma’daniy
omillarga bo‘lish mumkin. Har bir omillarni amaliy misollar yordamida ko‘rib chiqish ularni tub mohiyatini
anglashga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |