6
MA’RUZA MATERIALLARI
1-Mavzu: Normativ-huquqiy hujjatlar tushunchasi va turlari
Reja:
1.
Normativ-huquqiy hujjatlar tushunchasi va turlari.
2.
Normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan organlar yoki mansabdor shaxslar.
3.
Normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va amalga kiritish tartibi. Normativ-huquqiy hujjatlarga
qo‘yiladigan asosiy talablar.
4.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ta’lim va tarbiya jarayonlarining asosiy qonun hujjati sifatida.
Tayanch iboralar: Qonun, farmon, farmoyish, qaror, buyruq, normativ hujjat, Oliy Majlis, Vazirlar
Mahkamasi, vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari.
1.1.
Me’yoriy-huquqiy hujjat deb normativ hujjatlar to‘g‘risidagi Qonunga muvofiq qabul qilingan, umum
majburiy davlat ko‘rsatmalari sifatida huquqiy normalarni belgilashga, o‘zgartirishga yoki bekor qilishga
qaratilgan rasmiy hujjatga aytiladi.
2012 yil 24 dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-342-sonli Qonuni asosida
amaldagi (bu yangi tahriri, Qonun dastlab 2000 yil 14 dekabrda qabul qilingan) «Normativ-huquqiy hujjatlar
to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Ushbu yangi
tahrirdagi Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kirgan
1
.
Normativ-huquqiy hujjat «Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining
Qonuniga muvofiq qabul qilingan, umum majburiy davlat ko‘rsatmalari sifatida huquqiy normalarni belgilashga,
o‘zgartirishga yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy hujjatdir. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
palatalari, O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar,
davlat qo‘mitalari va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish
huquqiga ega bo‘lgan organlar yoki mansabdor shaxslar hisoblanadi.
Me’yoriy-huquqiy hujjatlarning turlariga quyidagilar kiradi:
1.O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi;
2.O‘zbekiston Respublikasining qonunlari;
3.O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari;
4.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari;
5.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari;
6.Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari;
7.Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari.
Me’yoriy-huquqiy hujjatlar qonun hujjatlaridir va ular O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari
majmuini tashkil qiladi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
palatalarining qarorlari
qonun
lardir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining qarorlari, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari,
mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari
Do'stlaringiz bilan baham: