O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti “iqtisodiyot” kafedrasi


 Turizmning O’zbekistonda rivojlanishi amaliy asoslari



Download 1,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/93
Sana03.06.2023
Hajmi1,66 Mb.
#948521
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   93
1.6. Turizmning O’zbekistonda rivojlanishi amaliy asoslari 
Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasida turizmning milliy 
modelini shakllantirish jarayoni amalga oshirilmoqda. Ushbu modelda 
ta’kidlanishicha mamlakatda rivojlantirilayotgan turistik bozor boshqa 
har qanday bozorlar kabi mamlakatning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy 
vaziyatiga ta’sir ko’rsatadi. U mamlakatlar o’rtasidagi hamkorlikni 
rivojlantirish hamda investitsiya va kapital oqimini ta’minlash 
darajalarini aniqlashda muhim vosita bo’lib hisoblanadi. Ma’lumki, bozor
iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda, asosan, xususiy va tijorat 
kompaniyalari turistlarga xizmat ko’rsatadi. Biroq, har qanday sharoitda 
ham davlat optimal iqtisodiy va huquqiy zaminni yaratgan taqdirdagina 
turizm rivojlanishi mumkin. Agarda davlat kasbiy tayyogarlik masalalari, 
tabiiy va madaniy muhitni muhofaza etish, axborot-reklama ishlari va 
rasmiyatchilikni soddalashtirish kabilar bilan shug’ullanmasa, u holda 
turizm kutilganidek rivojlanish darajasiga erisha olmaydi. Bunda davlat 
tomonidan 
turizmni 
rivojlantirish, 
turistik 
xizmatlar 
bozorini 
shakllantirish, iqtisodiy tartibga solish usullari va richaglarini qayta isloh 
etish, turizmni tashkiliy boshqaruv strukturalarini takomillashtirish, uning 
eksport salohiyatini oshirish va eng asosiysi, xorijiy investitsiyalarni jalb 
qilish kabilarga tegishli uslubiy va amaliy yondashuvlarni ishlab chiqish 
muhim ahamiyat kasb etadi.
Respublika turizmidagi iqtisodiy ahvolni tahlil qilish uchun uning 
rivojlanishidagi ikki bosqichni ajratib ko’rsatish mumkin:
1 bosqich 1986 yildan 1991 yilgacha bo’lgan davr va 2-bosqich 
1992 yildan keyingi davrni uz ichiga oladi. Bunday davrlarga bo’lish 
respublika turizm taraqqiyotidagi ikki eng muhim davrni ajratib olishga 
imkon beradi.
1-bosqichda turizm respublika kasaba uyushmasiga buysunar, uning bosh 
organi STREU - O’zbekiston Respublikasi turizm va ekskursiyalar 
bo’yicha Kengashi edi; bu davr turizm chora-tadbirlarini to’liq xo’jalik 
xisobi, uz-o’zini qoplash va uz-o’zini moliya bilan ta’minlashga o’tkazish 
bilan bog’liq bo’ldi. Ikkinchi davr esa O’zbekiston Respublikasi 
mustaqillikka erishishi, “O’zbekturizm” Milliy Kompaniyasining tashkil 
qilinishi va bozor munosabatlariga o’tish bilan 1991 yilda Respublikada 
turizm sohasida 87 korxona, muassasa va tashkilotlar mavjud bo’lib, 
4234 o’rinlik 11 turizm kompleksi, 2928 o’rinlik 12 turizm bazasi va 599 
o’rinlik 2 kemping faoliyat ko’rsatar edi.


Respublikada turizmni rivojlantirishda moddiy-texnik baza alohida 
ahamiyatga ega, u tashkiliy turizmni rivojlantirish va kompleks turizm-
ekskursiya xizmati ko’rsatish: joylashtirish, oziq-ovqat bilan ta’minlash, 
ko’ngil ochish, davolash, ekskursiyalar o’tkazish va hokazolar uchun 
sharoit yaratib beradi.
O’zbekiston 
Respublikasi 
turizmida 
moddiy-texnik 
bazaning 
rivojlantirilishi bir necha bosqichdan iborat. Har bir bosqichning muddati 
va uning sifat tarkibi sobiq Ittifoqning ob’ektiv tarixiy va iqtisodiy shart-
sharoitlariga bog’liq bo’ldi.
Respublika turizm salohiyatini baholovchi yana bir muhim ko’rsatkich - 
asosiy fondlarning moddiy elementlarini tashkil qilish va xarid qilishga 
ketgan pul xarajatlarining yig’indisidan iborat bo’lgan kapital qo’yilmalar 
hajmidir. Respublika turizm tizimining o’z moddiy-texnik bazasini 
rivojlantirishga sarflangan kapital qo’yilmalarning 1986-90 yillardagi 
umumiy hajmi 17345 ming so’mni tashkil qildi.
Bozor munosabatlariga o’tish butun respublika turizm tizimi oldiga 
anchagina keskin shartlar qo’ydi. Turizm tizimining jami tashkiliy-
iqtisodiy 
strukturasini 
tubdan 
qayta 
tashkil 
qilish, 
turizmni 
boshqarishning markazlashtirilgan mexanizmdan farq qiluvchi amaliy 
iqtisodiy mexanizmini ishlab chiqish zarur edi
SHu maqsadda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 28 
iyuldagi Farmoniga binoan “O’zbekturizm” Milliy Kompaniyasi tashkil 
qilindi. Bu kompaniya O’zbekiston Respublikasi kasaba uyushmalari 
federatsiyasi Kengashi, “Inturtaj” qo’shma korxonasi “Sayyoh-Intur” 
respublika xo’jalik xisobidagi birlashmasi va sobiq “Goskominturist” 
korxonalari asosida tashkil qilindi.
“O’zbekturizm” Milliy Kompaniyasi bir necha yillik faoliyati davomida 
milliy va xalqaro turizmni qayta tiklash, moddiy-texnik va me’yoriy 
bazani mustahkamlash va kengaytirish, yangi turizm marshrutlarini ishlab 
chiqish, ekskursiya mavzularini yangilash, mavjud turizm baza va 
kempinglarini takomillashtirish va yangilarini tashkil qilish, qo’shimcha 
xizmatlar ko’rsatish hajmini oshirish bo’yicha ma’lum miqdordagi 
ishlarni amalga oshirdi.
1992 yildayoq “O’zbekturizm” Milliy Kompaniyasi tizimida 135 korxona 
bor bo’lib, ular ichida jami 10 ming o’rinlik 34 mehmonxona, turbazalar, 
kempinglar, motellar bor edi.


Qiymati asosiy fondlarning 1,6 mlrd so’mni tashkil qilar edi, ularning 79 
foizi qurilganiga 15-20 yil bo’lgan bino va ishootlar edi. Aamlda barcha 
mehmonxonalar, turbaza va kempinglar kapital ta’mirlashga va 
rekonstruktsiyalashga muhtoj edi, ularning 40 foizi kam rentabelli va 
zarar ko’rayotgan korxonalar edi.
1992 yil davomida respublikada 408 ming kishiga xizmat ko’rsatildi, 
ulardan 40 ming kishi Hindiston, Pokiston, Turkiya, Janubiy-SHarqiy 
Osiyodan, 30 foizi yevropadan va 10 foizi SHimoliy va Lotin 
Amerikasidan kelgan turistlar edi. CHet ellarga 60 ming kishi yuborildi. 
Ko’rsatilgan xizmatlar hajmi shu yili 1,2 mlrd so’mni, valyuta tushumlari 
3,7 mln dollarni, foyda 180 mln so’mni tashkil qildi.
1993 yil oxiriga kelib respublika turizm tizimida huquqiy shaxs 
maqomiga va mustaqil balansga ega bo’lgan 123 tashkilot bor edi. O’tgan 
1993 yilga nisbatan bu ko’rsatkichlarning turbazalardagi o’rinlardan 
boshqa barchasi kamaydi. O’rinlar soni 256 taga ko’paydi.
Tarmoqning rivojlanish ko’rsatkichlari eng yuqori bo’lgan 1988 yilga 
nisbatan 1993 yilda turizm-ekskursiya korxonalari soni 1,5 baravar, 
turbazalardagi o’rinlar soni 105 taga ortdi.
Respublika hududidagi turizmning moddiy-texnik bazasi g’oyatda notekis 
taqisimlangan: respublikadagi barcha ishlab chiqarish salohiyatining 
40foiz qismi Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga, 37foizdan ortiq 
qismi Samarqand, Buxoro, Xiva va Urganchga, taxminan 16 foizi 
Farg’ona vodiysiga to’g’ri keladi. Qolgan 7 foiz respublikaning boshqa 
mintaqalari o’rtasida taqsimlanadi.
1993 yil davomida respublikada 457 ming turistga, shu jumladan 40 ming 
chet ellik turistlarga va 530 ming ekskursantlarga xizmat ko’rsatildi. Bu 
ko’rsatkichlar 1992 yilga nisbatan birmuncha ko’p bo’lsa-da, 1988 yilga 
qaraganda anchagina kamdir.
Umuman olganda, 1993 yilda turizm sohasining rentabelligi 1992 yilgi 
ko’rsatkichdan anchagina baland edi, ammo bu asosan turizm xizmatlari 
va turizm sohasidagi boshqa ishlar narxining bir necha baravar ortganligi 
hamda moddiy bazani qurish, rekonstruktsiyalash va mustahkamlash 
xarajatlarining ortganligi xisobiga yuz berdi. So’nggi yillarda turizm 
fuqarolar uchun “qimmatga tushuvchi rohat” bo’lib bormoqda, xizmat 
ko’rsatish sifati esa pasayib bormoqda. SHu sababdan respublikadagi 
sayohatlar va ekskursiya byurolarining ko’pchiligi turistlarga xizmat 
ko’rsatishning belgilangan ko’rsatkichlariga erisha olmayaptilar.


1993 yilda mehmonxona xo’jaliklarining bandligi rejalashtirilgan 
ko’rsatkichning 64,5 foizni, to’liq mehmon qabul qilish qobiliyatining 
30,5 foizni tashkil qildi.
1994-95 yillar respublika turizmi rivojlanishida murakkab va ziddiyatli 
davr bo’ldi. Ular respublikada yuz berayotgan iqtisodiy jarayonlarning 
barcha muammolarini, o’tish davrining barcha qiyinchiliklarini o’z ichiga 
oldi.
Bu yillarda turizm taraqqiyotining asosiy ko’rsatkichlari quyidagichadir: 
turizm-ekskursiya xizmatlari hajmi birmuncha ortib, ikki yil uchun 
o’rtacha 237,6 mln so’mni tashkil qildi, asosiy ishlab chiqarish 
fonlarining qiymati 39 mln so’mdan ortdi, avtotransport hajmi ko’payib, 
14,5 ming so’mni tashkil qildi, turizm korxonalarining rentabelligi 34,6 
foizga yetdi va 1992 yilga nisbatan 2 baravardan ko’proqqa o’sdi.
Rentabellik asosan barcha turdagi turizm xizmatlariga belgilangan 
narxlarning bir necha baravar oshganligi xisobiga o’sdi, bu esa 
farovonlikni va turizmni rivojlantirishning samaradorligini ko’rsatmaydi.
1993 yilga nisbatan chet ellik turistlar soni birmuncha ko’paydi: 
respublikaga 1993 yilda 43 ming kishi, 1994 yilda 44,8 ming kishi va 
1995 yilda 46,3 ming kishi mehmon bo’lib keldi, ammo 1989 yilga 
nisbatan bu ko’rsatkich baribir ancha kamdir.
1996 yilda respublikada qabul qilingan turistlar soni 550 ming kishiga 
yetdi, ulardan 165 ming kishi chet ellik turistlardir. Turizm xizmatlari 
ko’rsatishning valyutadagi (AQSH dollarlarida) hajmi 101,2 mln 
dollardan 198 mln dollarga ortdi. Valyuta tushumlarini milliy valyutada 
xisoblaganda turizmning barcha xizmat ko’rsatish sohalarining yalpi 
ichki maxsulotidagi ulushi 1996 yilga kelib taxminan 9 foizni, valyuta 
tushumlari esa 67,5 foizni tashkil qildi.
Ammo baribir, olinayotgan daromad nuqtai nazaridan qaraganda, 
turizmning 
respublika 
milliy 
daromadidagi 
xissasi 
anchagina 
kichikligicha qolib kelmoqda.
Bunga ishonch xosil qilish uchun dunyodagi yetakchi mamlakatlardan 
olingan ma’lumotlarni taqqoslab ko’rish yetarli: Ispaniya, Frantsiya, 
Kanada, AQSH va Italiya mamlakatlarida bir yilda (1995 yil) mos 
ravishda 54 mln., 43 mln., 39 mln., 37 mln. va 27 mln. kishi mehmon 
bo’ladi.


Valyuta tushumlari mos ravishda 16,2; 16,5; 4,8; 34,5; 11,5 mlrd. dollarni 
tashkil qiladi.
Bu mamlakatlarda bir turistdan olinadigan daromad mos ravishda 300, 
384, 123, 932 va 426 dollarni tashkil qiladi. Hatto Turkiya, Meksika va 
Gonkong kabi mamlakatlarda ham bu ko’rsatkich 533 doll., 683, 768 
dollarni tashkil qiladi.
O’zbekiston Respublikasi esa 0,004 mln. turist qabul qilgan, valyuta 
tushumlari 0,002 mlrd dollarni, bir turistdan olinadigan daromad 36 
dollarni tashkil qiladi.
O’zbekistonda turizm infratuzilmasiga Sobiq Ittifoq davridanoq asos 
qo’yilgan edi. Biroq, bu sohadan keladigan daromadlarning qayta 
taqsimlanish muammosi odatdagidek markaz tomonidan hal etilar edi. 
1985-89 yillarda O’zbekistondagi ichki va hududiy turizmning hajmi 1,4-
1,6 mln kishini, bunda chet ellik turistlarning miqdori atigi 130-180 ming 
kishini tashkil etardi xolos. Bu vaqtga kelib, ya’ni 1985 yilda Turkiyada 
1,5 mln, 1992 yilda esa 7 mln, 2003 yilda esa 11 mln. atrofida xorijiy 
turistlar tashrif buyurishdi. 1981 yilda Vengriya 14,2 mln turistlarni qabul 
qilgan bo’lsa, 1991 yilga kelib bu miqdor 19,1 mlnga yetdi. 1992 yilda 
O’zbekistonning turistik sohasi chet ellik turistlarga faqatgina 27 ta, 2003 
yilda esa 50 dan ortiq xizmat turini taklif etdi. Turkiya, Italiya va Ispaniya 
kabi mamlakatlarda esa bu ko’rsatkich 250-400 tani tashkil etadi
27

Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so’ng Prezidentimizning 
bevosita tashabbuslari bilan turizmni rivojlantirish ustuvor masalaga 
aylandi. Umuman olganda, O’zbekiston Respublikasida turizm 
infratuzilmasini rivojlanishini beshta bosqichga bo’lish mumkin. 

Download 1,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish