Jahon va mahalliy turizm bozorida kruiz biznesi
Dengiz va daryo kruizlari hozirgi paytda turizm bozorining muhim
segmenti xisoblanadi. Keyingi paytlarda turistlardan tashqari ularning
avtomobillarini ham tashuvchi «dengiz paromlari» shaklidagi kemalarga
talab paydo bulmoqda. Kruiz va parom kemalarida biletning narxi,
tariflar va xizmat ko’rsatish darajasi kemaning kattaligi, qulayligi, ularda
xizmat ko’rsatish darajasi va standartlari, kayutalar klassiga bog’liq. Bu
sohada 1987 yilda qabul qilingan dengizda yo’lovchi va yuklarni tashish
haqidagi Afina konventsiyasi asosiy tartibga soluvchi xalqaro xujjat
xisoblanadi. Karib xavzasi, O’rta yer dengizi, AQSHning g’arbiy sohili,
SHimoliy yevropa va Osiyo eng ommaviy dengiz kruiz rayonlari
xisoblanadi. O’sib borayotgan turistik talabni qondirish uchun kruiz
kompaniyalari YAponiya, Avstraliya va YAngi Zelandiyaning yangi
dengiz rayonlarini o’zlashtirishga katta e’tibor qaratmoqdalar.
Hozirgi vaqtda jahon kruiz bozorida umumiy yo’lovchi joyi 13297
ta bo’lgan 162 yo’lovchi kema ishlomoqda. Jahondagi eng yirik kruiz
kompaniyalarining ba’zi ko’rsatkichlari 1-jadvalda keltirilgan.
Oxirgi 10-15 yil ichida kruizga chikadigan yo’lovchilarning soni
ortib, yiliga 6 mln. kishini tashkil etmoqda. 5-7 yildan so’ng ularning soni
ikki borobarga oshishi taxmin qilinmoqda. Dengiz kruizlari dam
olishning elitar shaklidan ommaviy shakliga aylanib bormoqda.
Kruiz kemalarining klassi intensiv rivojlanmoqda. Bunday
kemalarni kurish sezilarli miqyoslarga chikdi. Qiymati bo’yicha
yo’lovchi kemalariga buyurtmalar portfeli 7-9 mlrd. dollarni tashkil
qilmoqda. Ba’zi mashhur kemasozlik formalari yo’lovchi kemalarini
ixtisoslashuvning asosiga aylantirdilar, boshqalari esa ularga buyurtmalar
olishga harakat qilmoqdalar. Oxirgi un yil mobaynida turizm sanoatining
rivojlanishi kruiz industriyasining barcha sohalarida, jumladan, yangi
operatoralar paydo bo’lishida, kuchli raqiblar tomonidan kuchsizlarini
qo’shib olish orqali yiriklashishda sezilarli o’zgarishlar ro’y bermoqda.
Kemalarning arxitektura ko’rinishi va konstruktsiyasi o’zgarmoqda.
Bunda ko’rinishi bilan quruqlikdagi yirik otellarni eslatuvchi yirik
laynerlarni qurish ko’paymoqda.
Jahondagi potentsial yo’lovchilarning faqat 5 foizi kruizlarga
chiqayotganligi va ushbu xizmatlar bozorining moliyaviy salohiyati yiliga
qariyb 60 mlrd. dollarni tashkil etishini e’tiborga oladigan bo’lsak, kruiz
sohasining rivojlanish imkoniyatlari juda katta ekanligi namoyon bo’ladi.
Butun jahonda turizmning kekin o’sishi okean yo’lovchi
kemalariga yangi hayot bagishladi. XX asrning oxiri kemasozlik tarixida
okean laynerlari qurilishini rivojlanish davri sifatida kiradi. Yigirma yil
oldin minglab yo’lovchilarni bir necha kun mobaynida bir qit’adan
boshqasiga tashuvchi po’lat okean gigantlarining davri o’tgandek bo’lgan
edi. Yo’lovchi kema tomonidan Atlantika okeanini eng tez bosib
o’tganlik uchun beriladigan eng nufuzli mukofot 1952 yildan buyon
“United States” (AQSH) layneriga tegishli bo’lib turibdi. Transatlantiklar
oilasining oxirgi kemasi – “Queen elizabeth 2” layneri 1969 yilda
dengizga chiqqan.
1-jadval
Nomi
Ofisining
manzili
K
em
al
ar
i s
oni
Joyl
ar
i
ni
ng s
oni
A
sos
iy t
as
huvc
hi
la
r ul
us
hi
Ikki
ki
shi
li
k
nom
er
da
gi
joy na
rxi
bi
r s
ut
ka
da
dol
la
r
xi
sobi
da
1996
yi
l
Carvinal Cruise
Lines (CCL)
3655 NG’WG’ 87-th Avenue, Miami, FL
33178, tel (305)599-2200 Dicrinson
11
20332
18,8
200
Royal Carib-Cruise
Lines (RCCL)
1050 Caribean Miami, FL 33132 tel
(305) 5396000 prezident – Richard D
Fain
11
18770
17,3
240
Princess Cruises
10100 Santa Monica Blvd., Los Angeles,
CA 90067. tel (310) 553-1770 prezident
9
11129
10,3
300
– Peter Ratcliffe
Holland Ameri-Line
300 elliot Avenue. West Seattle WA
98119 tel (206) 281-3535
8
10061
9,3
320
Norwe- Cruise Line
95 Merrick Way, Coral GablesG’ FL
33134, tel (305) 447-9660
7
8799
8,1
160
Celeb- Cruises
Royal
5201 Blue Lagoon Dr., Miami, FL
33126, tel (305) 262-6677, prezident –
Re Sasso
5
7454
6,9
270
Costa Cruise Lines
World Tr1ade Center 80, SW 8-th Street,
Miami, FL 33130, tel (305) 358-7330,
prezident – Dino Schibuolo
6
6794
6,3
260
Maxsus kurilgan turistik kruiz laynerlari 70-yillarning boshlarida
paydo bo’ldi. O’zidan oldingi kemalarga qaraganda bular nisbatan sekin
yuradigan kemalar edi. CHunki ularning asosiy vazifasi yo’lovchilarni
tashish emas, balki turistlarga yuqori sifatli xizmat ko’rsatishdan iborat.
Amalda laynerlar tennis kortlari, restoranlari, kazino, xovuzlari, qishki
bog’lari mavjud bo’lgan suzuvchi kurort markazlariga aylandi. Benuqson
xizmat ko’rsatilishi va dengiz sayohatlarining romantikasi ko’plab ushbu
dam olish ishqibozlarini o’ziga jalb qildi.
80-yillarning o’rtalaridayoq dengiz turizmining rivojlanishi
qurilayotgan kruiz laynerlarining soni va kattaligini keskin oshishiga
sabab bo’ldi. 90-yillarning eng yirik laynerlari – Frantsiyada «Royal
Caribean Cruise» kompaniyasi uchun qurilgan «Dengizlar xo’jayini»
(«Sovereign of the Seas») nomli uchinchi avlod kruiz layneri, hamda
Xelsinki verfida qurilgan “Fantasy” laynerlari kattaligi va ichki jihozlari
bo’yicha oldingi ajoyib laynerlar: “Normandie”, “Queen Mary” va
“Queen elizabeth” lardan hech ham qolishmaydilar.
Xirgi paytlarda kuriz flotining bir necha moliyaviy jihatdan kuchli
kompaniyalar guruhi qo’lida to’planayotganligini ko’rish mumkin. 90-
yillarda kemalar soni, tashilayotgan yo’lovchilar soni va daromadi
bo’yicha jahonda birinchi o’rinlarga uchta gigant: «Karinival Kruzes»,
«Xolland-Amerika Layn» (CCL), «Royal Karibbien Kruzes» (RCCL) va
«Printsess Kruzes» guruhlari chiqib olishdi. Ushbu uchlik xisobiga yangi
foydalanilayotgan va qurilayotgan yirik hajmli kemalarning asosiy qismi
to’g’ri keladi (1-jadvalga qarang). Ikkinchi eshelon kompaniyalariga:
«Selibriti», «Kosta»lar kiradi. Ular ham yangi kemalar qurish orqali
o’zlarining kruiz flotlarini kengaytirmoqdalar.
SHu bilan birga bozorda yangi kompaniyalar ham paydo
bo’lmoqda: «Disney Kruzes», «Star Kruzes». Bu kompaniyalar yaqin
kelajakda an’anaviy yirik kompaniyalarga kuchli raqobat ko’rsatishni
va’da qilmoqdalar. Uzoq muddatli dengiz kruizlari (10-20 kunlik) bilan
bir qatorda mini-kruizlar ham bor. Bunday kruizlar ikki-uch kunlik
bo’lib, Kiprdan Isroil va Misrga boriladi. Dengiz kruizining bunday
ko’rinishini sotadigan eng yirik kompaniya Kiprning 60 yil oldin tashkil
qilingan eng yirik turistik kompaniyasi bo’lmish «Luis» kompaniyasi
xisoblanadi.
Dengiz bo’ylab ekskursiya kruizlari ham mavjud. Ulardan eng
taniqlisi Gretsiyada egey dengizi orollari bo’ylab uyushtiriladi.
Er bo’ylab aylanib yuradigan laynerlar orasida eng hashamatlilari
«Kristal Kruiz Layn» firmasiga tegishli ikki layner xisoblanadi. Amalda
bitta loyiha bo’yicha yer sharining turli yarimsharlarida qurilgan bu ikki
layner dunyodagi eng qimmat kemalardan xisoblanishadi. «Kristal
Xarmoni» («Crystal Harmony») 1990 yilda YAponiyada «Mitsubisi»
firmasining verfida, «Kristal Simfoni» («Crystal Symphony») esa 1995
yilda Turku (Finlyandiya) verfida «Kvatmer Masa YArds» firmasi
tomonidan qurilgan.
Bir
laynerning
bortida
dam
oluvchilar
uchun
barcha
ko’ngilhushliklarni tashkil qilish g’oyasi bu kemalarda mukammal
amalga oshirilgan. Yo’lovchilar hohlagan joyda va hohlagan faslda ochiq
va yopiq basseynlar, tennis kortlari, solyariylar, restoranlar va kazino
xizmatidan foydalanishlari mumkin. Kemaning suv sig’imi 50200 tonna
bo’lishiga qaramasdan unga bor-yo’g’i 975 yo’lovchi sig’adi. Xuddi
shunday suv sig’imli, ammo 1500-2000 kishini sig’diradigan o’rtacha
kemalarga nisbatan xizmat darajasi ancha baland. “The Fun SHip
experience” – «kemada quvnoq sayohat» CCL nomli yirik Amerika
kompaniyasi taklif kilayotgan turlarning nomi taxminan shunday tarjima
qilinadi.
Ma’lumki, dengiz kruizi xorijga sayohatning eng azon shakli emas.
«Carvinal» ning “Ecstasy”, “Jubilee”, “Celebration”, “Tropicale” nomli
kemalari aynan yuqori qulayliklarga ega kruizlar uchun maxsus qurilgan.
Ushbu laynerlardagi kayutalar boshqa kruiz kemalarinikidan bir yarim
barobar kattaroq, ularning dizayni va qulayligi eng obro’li xalqaro
otellarnikidan qolishmaydi.
Misol sifatida «Royal Princess» layneridagi turli ktaegoriyadagi
kayutalarning ko’rinishini keltiramiz:
K Toifasi (Outside double): ikki kishilik to’shaklar (queen size
bed), vannaxona, televizor va muzlatgich, okeanga qaragan deraza.
GG toifa (Outside double): ikki kishilik to’shaklar (queen size
bed), vannaxona, televizor va muzlatgich, okeanga qaragan deraza.
BB toifa (Outside double with private balkony): ikki kishilik
to’shaklar (queen size bed), poldan shiftgacha butun devorni egallagan
deraza, vannaxona, televizor va muzlatgich, balkon.
AS toifa (Outside mini-suite private balkony): ikki kishilik
krovatlar (queen size bed), dam olish uchun kresloli alohida xona va
balkon, poldan shiftgacha butun devorni egallagan deraza, vannaxona,
televizor va muzlatgich.
AA toifa (Outside suite): bitta krovat (queen-size), alohida
mehmonxona va balkon, poldan shiftgacha butun devorni egallagan
deraza, vannaxona, televizor va muzlatgich.
RN toifa – krovat va balkonli pentxauz.
«Royal Princess» laynerida kruizning yo’nalish, muddatiga ko’ra
taxminiy narxi 2-jadvalda keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |