O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti


Foiz stavkalarining turlari. Kredit bahosini o’rnatish tartibi



Download 2,42 Mb.
bet31/73
Sana09.01.2023
Hajmi2,42 Mb.
#898448
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   73
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi t

Foiz stavkalarining turlari. Kredit bahosini o’rnatish tartibi


Kreditning asosiy sharti - bu undan vaqtinchalik foydalanganlik uchun haq to‘lash. Bu haq kredit summasiga nisbatan foiz hisobida olinadi va u kreditning foiz stavkasi deb yuritiladi. Kreditning foiz stavkasi pul bozorida amal qiladi. Bozorga chiqarilgan pulning bahosi foiz bo‘ladi. Boshqa tovarlardan farqlirok qarz pulining narxi - bu uning ma‘lum to‘lov ehtiyojini qondirishdek xossasidan foydalanilganlik uchun beriladigan haq bo‘ladi. Qarz puli kapital sifatida yoki odatdagi to‘lov yoki xarid vositasida ishlatiladi. Shuning uchun ham qarzdor shaxs pul egasiga foiz stavkasini to‘laydi.
Rossiyalik yirik iqtisodchi olimlarning fikricha, foiz stavkasi bu tomonlarning kredit asosida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabat bo‘lib, kreditning oqilona foydalanishini ta‘minlaydi.
Bank sohasida «aktiv» va «passiv» operatsiyalar bo‘yicha foizlar uchraydi. Aktiv operatsiyalar bo‘yicha foizlar – bu mijozlar tomonidan bankka to‘lanadigan foizlar. Passiv operatsiyalar bo‘yicha foizlar esa, bu mijozlarning depozitlari va qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha bank tomonidan to‘lanadigan foizlar. Qarz beruvchi va qarz oluvchilar o‘rtasida moliyaviy vositachilar sifatida qatnashayotib, banklar tomonidan jalb qilingan mablag‘larni mijozlarga vaqtinchalik foydalanishga beradilar. Bunda qarz beruvchilar depozitlar bo‘yicha foizlar oladi, qarz oluvchilar ma‘lum vaqtda mablag‘lardan foydalanish imkoniga ega bo‘ladilar bank manfaati esa marja ko‘rinishida ifodalanadi.
Entsiklopedik lug‘atda foiz (lotincha pro centum ) so‘zi yuzdan bir degan ma‘noni anglatishi qayd etilgan. ―Ssuda foizi esa - bu kreditorning ssudadan foydalanganligi uchun qarzdordan oladigan to‘lovidir – foiz miqdori esa bank tomonidan o‘rnatilishi‖65 ta‘kidlangan. Foiz stavkasiga bir tomonlama matematik miqdor sifatida ham yondashish va to‘langan foizlarni kredit bahosining asosi sifatida qarashimiz mumkin.
Ma‘lumki, kredit operatsiyalari bu kreditor va kredit oluvchi o‘rtasida pul mablag‘larini vaqtincha ishlatib turish uchun uni foydalanishga berish yuzasidan kelib chiqadigan munosabatlardir. Mijoz uchun eng muhim masala bo‘lib olinadigan kreditning bahosidir, ya‘ni u bo‘yicha to‘lanadigan to‘lovlar hisoblanadi.
Tijorat banklarining foiz siyosati ikki asosiy yo‘nalishni o‘z ichiga oladi. Birinchisi, bu bank resurslarini yaratishda mablag‘larni jalb qilish jarayonida olib boriladigan foiz siyosati, ikkinchisi, banklar tomonidan resurslarni joylashtirish sohasida olib boriladigan foiz siyosatidir.
Pul-kredit resursi sifatida bank foizi ko‘rinishidagi bahoga ega bo‘lgan oldi-sotdi predmeti sifatida namoyon bo‘ladi. Foiz qarz oluvchidan pul mablag‘idan vaqtincha foydalanganlik uchun to‘lanadigan ma‘lum bir miqdordagi haq hisoblanadi. Buni boshqacha tushuntiradigan bo‘lsak, kredit foydalanishga berilgani uchun emas, balki kreditdan foydalanish huquqi berilgani uchun haq to‘lanadi. Agar kredit oluvchi resursdan foydalanmasa, harakatsiz bo‘lganda ham unga foiz to‘laydi. Kredit uchun nafaqat foiz, balki asosiy qarz summasi, ba‘zi holatlarda komission haq hamda majburiyatlar bajarilmaganda shartnomada ko‘rsatilgan tartibda jarimalar ham to‘lanishi mumkin. Lekin, bank kreditining bahosi bo‘lib tijorat bankning kredit operatsiyasi bo‘yicha olinadigan daromadlari hisoblanadi.



65 Большой экономический словарь Под ред. А.Н.Азримана. -М.: Фонд ―Правовая культура‖, 1994. – 1041 стр.


Download 2,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish