ADABIYOTLAR SHARHI
Qovun pashshasi - Carpomya pardalina Bigot. Ikki qanotlilar (Diptera) turkumi, chipor qanotlilar (Tephritidae [Trypetidae]) oilasiga mansub. Asosiy sinonimlari: Myiopardalis pardalina Bezzi, Carpomyia caucasica Zaitzev. Carpomya pardalina turini 1891 yili fransuz olimi Bigo (Bigot) Belujistonda (Pokiston va Erondagi tarixiy o’lka) to’plangan hasharot asosida topib nomlagan. Ayni turni Bezzi (Bezzi, 1910) Myiopardalis avlodiga Myiopardalis pardalina nomi bilan o’tkazgan. Ozorbayjonda topilgan bu hasharotni Zaysev (1919) yangi tur deb hisoblab, unga Carpomyia caucasica nomini bergan. Bu hasharot g’arbiy adabiyotda “Belujiston qovun pashshasi” yoki “Rus qovun pashshasi” nomlari ostida yuritiladi. Qovun pashshaning morfologiyasi va anatomiyasi Zaysev (1919, 1947) va Kandibina (1965, 1977) tomonidan o’rganilgan, yurtimizda esa hasharotning biologiyasi, rivojlanish doirasi va epidemiologiyasi Toshkent hamda Qoraqolpog’iston Respublikasi olimlari tomonidan o’rganilmoqda (Xasanov, 2006).
Qovun pashshasi - Муioраrdаlis раrdaliпа Вig.
Zarari. Pashsha lichinkalari qovun etini yeb, tamomila yaroqsiz qilib qo’yadi. Odatda pashsha tekkan qovunlar iriydi. Tarvuz ham pashsha lichinkalaridan qisman zararlanadi.
Tarqalishi. Afg’oniston, Eron, Pokiston, Hindiston, Kichik Osiyo, Falastin, Ozarbayjan, Armanistonda, Shimoliy Kavkazning sharqiy qismida uchraydi. Ta’rifi. Voyaga yetgan pashsha xira, sariq yoki och zarg’aldoq tusli, ko’kragi esa tilla rang tuk bilan qoplangan, ko’kragi bo’ylab ikkita ravshan yo’l o’tadi, ular uchta zarg’aldoq chiziq bilan chegaralangan, qalqoni oq.
Tanasining pastki tomoni va oyoqlari ustki tomonidan ravshanroq, qanotlarida uchtadan sariq ko’ndalang yo’li bor. Orqa oyoq sonlari birmuncha yo’g’on. Erkagining kattaligi 5,5-6 mm, Urg’ochisiniki б-7 mm. Urg’ochisining qorni uchida xitinlashgan tuxum qo’ygichlari bor. Tuxumi dug shaklida, rangi oq, uzunligi 1 mm. Lichinkasi oq, tanasi oldingi uchidan orqa uchiga qarab sekin-asta yo’g’onlashib boradi, qornining orqa uchi tikka kesilib tushgan, so’nggi segmentining uchida ikkita do’mboqcha bor, anal teshigi uzunasiga ketgan, tanasining uzunligi 1 sm gacha boradi.
Soxta pillasi cho’zinchoq oval shaklda, sariq-qo’ng’ir, uzunligi 7-8 sm. (V.V.Yaxontov, Toshkent – 1962)
Qovun pashshasi — tangaqanotlilar oilasiga mansub hasharot, qovoqdoshlarga mansub oʻsimliklar (qovun, tarvuz, bodring , qovoqvab.) zararkunandasi. Oʻrta dengiz atrofi, Osiyoda tarqalgan. Ichki karantin obʼyekti. Tanasining uz. 5–6 mm, och sariq, qanotlarida 3 ta sariq yoʻli bor. Urgʻochilari tuxumlarini (120 tagacha) qovun gulbandlariga, oʻsimlik poyalariga kesaklar ostiga yakka-yakka qilib qoʻyadi. 3—5 kun oʻtgach, oqish rangli lichinkalar tuxumdan chiqib qovun xamaklarini teshib kiradi va urugʻlarini kemiradi. 10—15 kun qovun ichida yashagan katta yoshli lichinka qovunni teshib chiqib, tuproq tagida 5—7 sm chuqurlikda gʻumbakka aylanadi. Qovun pashshasining lichinkalari teshgan qovunlarda uzun chuqur yoʻllar paydo boʻladi va ular chiriydi. Qovun pashshasi 2—3 (5) km gacha uchib boradi, bundan tashqari, ular qovun mevalari bilan ham tarqaladi. 4—5 marta avlod beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |