Mavzuning dolzarbligi va zaruriyati: Poliz ekinlari hamma joyda yer yuzining tropik, subtropik va mo’tadil zonalarida o’stiriladi. Poliz ekinlarining butun dunyodagi umumiy maydoni 1,5 mln. gektarni tashkil qiladi. Jumladan, AQShda – 117 mln.ga, Yaponiyada – 98 mln.ga, Italiyada – 50 ming ga, Meksikada – 39 ming.ga, Ispaniyada – 31 ming.ga, Misrda – 29 ming ga., Ruminiyada – 19 ming ga va hokazo. Bundan tashqari Xitoy, Hindiston, Afg’oniston, Eron, Yaqin sharq mamlakatlari, Markaziy va Janubiy Amerikada katta maydonlarda poliz ekinlari ekiladi. A.Sh.Hamrayev va K.Nasriddinovlarning ma’lumotlariga ko’ra faqat qovun ekiladigan maydonlar dunyoda 400 – 500 ming gektarni tashkil qiladi.
Poliz ekinlari zararkunandalar va kasalliklarga juda ta’sirchan bo’lib, ularga qarshi zarur chora – tadbirlar ko’rilmagan taqdirda poliz ekinlari hosilining katta qismi yo’qotilishi yoki o’simlik butunlay hosil bermasligi ham mumkin. Poliz ekinlarida bir necha o’nlab so’ruvchi va kemiruvchi zararkunandalar oziqlanadi, ulardan eng xavflilari o’rgimchakkana, shiralar, poliz qo’ng’izi va qovun pashshasi bo’lib hisoblanadi. Bu zararkunandalarning biologik va ekologik xususiyatlari bizning sharoitimizda deyarli o’rganilmagan hamda ularga qarshi samarali va ekologik zararsiz kurash choralari ishlab chiqilmagan.
Shu sasbabli poliz ekinlarida zararkunandalarning biologik va ekologik xususiyatlarini o’rganish va ularga qarshi samarali kurash choralarini ishlab chiqish dolzarb masala deb hisoblaymiz.
2021- yilning yanvar–avgust oylarida O‘zbekiston xorijga qiymati 19,3 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 69,7 ming tonna qovun va tarvuz eksport qilgan. Bu yil mamlakatimizda yetishtirilgan qovun va tarvuzlar 20 ta xorijiy davlatlar bozorlariga yetkazib berilgan bo‘lib, eksport hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 9,5 ming tonnaga kamaygan. O‘tgan 8 oy mobaynida O‘zbekiston eng ko‘p qovun va tarvuz eksport qilgan davlatlar: Qozog‘iston – 29,2 ming tonna Rossiya – 19,2 ming tonna Qirg‘iz R. – 10,2 ming tonna Ukraina – 4,9 ming tonna Latviya – 2,3 ming tonna Belarus – 1,3 ming tonna Tojikiston – 960,8 tonna Germaniya – 939,4 tonna
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining sabzavot-polizchilik, bog‘dorchilik va uzumchilik yo‘nalishidagi fermer xo‘jaliklarining yer maydonlaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida 2018-yil 3-aprel 258-son qarori va prezidentimizning 2020-yil 11-maydagi “Respublika hududlarini qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” qarori bu boradagi ishlar samaradoligini oshirishga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |