Tur. Foraminifera - Foraminifera polystomella
O'quv
mashg 'ulotining
maqsadi:
chig’anoq!i
amyobalar va foraminiferalarning tuzilishi va xilma-xilligi
bilan tanishish, ular haqida ma'Iumot berish.
Kerakii jihozlar: chig’anoqIi amyobali suv namunasi,
mikroskoplar, buyum va qopIag’ich oynalar, tomizgichlar
filtr qog’ozIari, ko'rgazmali vositalar, Petri kosachasi va
boshqalar.
Ishning mazmuni. Chig’anoqli amyobalar uncha katta
bo'lmagan ko’l,. hovuz, sholipoya suvlari va ko'pdan beri
tozalanmagan akvariumning tubida yashaydi. Ularning tanasi
sitoplazmadan iborat bo’lib, himoya vazifasini bajaruvchi
chig'anoq ichida joylashgan bo'ladi (5-rasm).
20
www.ziyouz.com kutubxonasi
5-rasm. Chig'anoqli amyobalar
I-Difflugia piriformis; II-Arsella vulgaris; III-Arsella dentate; IV-Henque
reusia modesta; V-A.centropyxis; VI-Difflugia corona; VII-Euqypha
alveolata.
Arsellaning tuzilishi. Arsellaning chig’anog'i bir
kamerali bo’lib, shakli soyaboncha, qalpoqcha ko’rinishida,
ranglari esa yosh arsellada tiniq, kattalasha borgan sari
sarg'ish va qo’ng’ir tusli bo’ladi. Chig’anoq sof organik
moddadan yoki unga aralashgan shishasimon (kremniyli
oqsil) moddadan iborat. Chig’anoqning pastki qismida bitta
teshigi
bo’lib, undan soxta oyoqlari chiqib turadi.
Psevdopodiyalari harakat qilish va oziq tutish vazifalarini
bajaradi.
Protoplazmasida 2 ta yadrosi va bir necha qisqaruvchi
vakuolalari bo’ladi. Arsella ham oddiy boMinish yo’li bilan
ko’payadi. BoMinish jarayonida yosh amyobaning bittasi
dastlabki chig’anoqda qoladi, ikkinchisi o’z chig'anoqidan
chiqib, ma'lum vaqt suzib yuradi va keyinchalik uning
tanasida yangi chig’anoq hosil bo’ladi.
Difflyugiyaning tuzilishi. Difflyugiya chig’anog'i
21
www.ziyouz.com kutubxonasi
noksimon, xurmacha yoki ko’zacha shakllarida bo’ladi.
Og'izchasi ingichkalashgan tomonida joylashgan. Chig’a-
noq sitoplazmadan ajralib chiqqan suyuqlikdan hosil bo’ladi.
Ammo uning tarkibida qum zarrachalari, qo’ng’ir suv
o’tlarining chig’anoqlari ham bo’lishi mumkin. Chig’anoq
og’zi-teshikchadan 1-2 ta yolg’on oyoqlari chiqib turadi.
Ular harakat qilish va oziqani qamrab olish vazifalarini
bajaradi. Difflyugiyalar ham amyobalar kabi to’g’ridan-
to’g’ri ikkiga bo’linish yo’li orqali ko’payadi.
Foraminiferalarning tuzilishi. Foraminiferalar dengiz
va okean hayvonlari, 0 ’rta Osiyoning sho’rlangan yer osti va
quduq suvlarida uchraydi. Ulaming sitoplazmatik tanasi turli
shakldagi qum va ohaktoshdan tarkib topgan chig’anoq
ichida joylashgan. Chig’anog'i himoya vazifasini bajaradi.
Foraminiferalar turlariga qarab chig’anoqlari bir kamerali va
bir-biri bilan tutashgan ko’p kamerali bo’ladi.
Ko’p kamerali foraminiferalar o’z hayotining dastlabki
davrini bitta kamerali chig’anoqda yashashdan boshlaydi.
Keyinchalik uning yonida boshqa kameralar hosil bo’ladi.
Ammo
birinchi
paydo
bo’lgan chig’anoq
kamerasi
keyingilariga nisbatan kichik bo’ladi. U embrion kamera deb
ataladi. hamma kameralar bir-biridan ular orasidagi to’siqlar
bilan ajralib turadi, ammo bu to’siqlarda ko’p mayda
teshikchalar mavjud. Shuning uchun ham foraminiferalaming
protoplazmatik tanasi bir xonadan ikkinchi xonaga o’tib
turadi. Ba'zi foraminiferalaming chig’anoqi devorida mayda
teshikchalar bo’ladi. Ular orqali soxta oyoqlari chiqib turadi.
Agar bunday teshikchalar bo’lmasa, oyoqlar chig’anoqning
oxirgi kam-erasidan tashqariga chiqadi. Foraminiferalar
jinssiz va jinsiy yo’l bilan ko’payadi (6-rasm).
22
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |