Mustaqil ish uchun topshiriqlar
TBiologik mikroskopning tuzilishini o’rganish.
2.
Mikroskop bilan ishlash qoidalari haqida tushunchaga
ega bo’lish.
3. Mikroskopning tuzilishi aks ettirilgan rasmni chizish.
12
www.ziyouz.com kutubxonasi
2-MASHG’ULOT
BIR HUJAYRALILAR / PROTOZOA /
KENJA DUNYOSI
ODDIY AMYOBA-AMYOBA PROTEUSNING
TUZILISHINI 0 ’RGANISH, SHUNINGDEK,
AMYOBALARNING BOSHQA TURLARIBILAN
HAM TANISHISH
Tip. Sarkomastigoforalar - Sarcomastigophora
Sinf. Sarkodalilar - Sarcodina
Kenja sinf. Ildizoyoqlilar - Rhizopoda
Turkum. Amyobalar - Amoebina
Avlod. Amyobalar - Amoeba
Tur. YaIang’och amyoba - Amoeba proteus
0 ’quv mashg’ulotining maqsadi: oddiy amyobaning
tuzilishini o’rganish, amyobaning xilma-xil turlari bilan
tanishish.
Kerakli jihozlar: tirik amyobalar bo’lgan suv, mikros-koplar,
buyum va qoplagich oynalar, tomizgichlar, filtr qog’ozlar,
ko’rgazmali vositalar.
Ishning mazmuni. Amyobalar o’lmaydigan va tagida
o’simlik chirindilariga boy bo’lgan ko’l va hovuz suvlarida
yashaydi.
Amyobaning
kattaligi
0,2-0,7mm
bo’lib,
sitoplazmadxan iborat (2-rasm).
13
www.ziyouz.com kutubxonasi
2-rasm. Oddiy amyoba-Amoeba proteusning tuzilishi
1-ektoplazma; 2-endoplazma; 3-qamrab olinayotgan oziq bo'laklari;
4-qisqaruvchi vakuola; 5-yadro; 6-ovqat hazm qiluvchi vakuola.
Amyobaning tashqi tomoni tiniq parda-plazmolemma
bilan o’ra!gan. Sitoplazma aniq ikki qismdan iborat.
Sitoplazmaning tashqi birmuncha tiniq va quyuqroq qavati
ektoplazma, suyuqroq va donador ichki qavati - endoplazma
hisoblanadi. Bu qavatlar o’rtasida ajralib turadigan chegara
moddalar bo’lmaydi. Shuning uchun ham ulami biri
ikkinchisiga aylanishi mumkin. Amyobaning tanasida soni,
shakli va katta-kichikligi bilan bir-biridan farqlanuvchi
o’simtalari mavjud. Bu o’simtalar «Soxta oyoqlar» yoki
psevdopodiyalar deb ataladi. «Soxta oyoqIar» deb atalishiga
sabab, tanasining biror qismidan oyoqlar hosil bo’lsa,
qarama-qarshi tomondagi oyoqlar chiqarib sitoplazmaga
qo’shilib ketadi. Shu sababli oyoqlarining soni, shakli va
hajmi o’zgarib turadi, doimiy emas, shuningdek, amyobaning
tana shakli ham har xil ko’rinishda bo’ladi (3-rasm).
14
www.ziyouz.com kutubxonasi
3-rasm» Bir tomchi suvdagi amyoba - Amoeba proteusning ko'rinishi
Amyoba
endoplazmasida
ovqat
hazm
qiluvchi,
qisqaruvchi vakuolalari va bir dona yadrosi joylashgan.
Amyobalar bir hujayrali suv o'tlari va bakteriyalar bilan
oziqlanadi. Soxta oyoqlari-psevdopodiyalar harakatlanish
organellaiari
boMibgina qolmasdan, ular qattiq oziq
moddalami
qamrab
olish
vazifasini
ham
bajaradi.
Sitoplazmaga o’tgan oziq atrofida hazm qilish vakuolasi
hosil bo’ladi.
Tsitoplazmaning fermentlari ta'sirida vakuolada ovqat
hazm bo’ladi, hazm boMmagan oziq moddalar amyoba
tanasining har xil joyidan hazm vakuolasining yorilishi
natijasida tashqi
muhitga chiqarib tashlanadi.
Oziq
moddalarni qamrab olish va hujayra ichki muhitiga tushirib
hazm qilinishi fagositoz deb ataladi.
Keyingi vaqtda amyobaning ikkinchi usul pinositoz
uSuli bilan ovqat moddalarini qabul qilishi ham aniqlangan.
Bu yo’l bilan faqat suyuq mahsulotlar so’riladi. Amyobaning
tashqi qavatidan sitoplazmaga tomon ingichka naysimon
kanal botib turadi. Undan amyoba atrofidagi suyuq modda
15
www.ziyouz.com kutubxonasi
so’riIadi. Keyin pinotsitoz vakuola uzilib protoplazmaga
tushadi. Ovqat hazm qilish vakuolasi doimiy organella emas,
ya'ni doimiy ravishda hosil bo’lib, yo’qo!ib, yangidan yana
hosil bo’lib turadi.
Amyoba hayotida qisqaruvchi vakuola ham muhim
ahamiyatga ega. Uning asosiy vazifasi amyoba tanasi
ichidagi osmotik bosimni boshqarishdir. Sitoplazmada erigan
tuzlarning miqdori atrof muhitdagidan ko’p boMganligi
sababli, osmotik bosim ham yuqori bo’ladi. Natijada,
atrofdagi suv ektoplazma orqali sizib ichkari kirib turadi. Suv
bilan birga suvda erigan kislorod ham sitoplazmaga o’tadi.
Amyoba ana shu kislorod orqali nafas oladi. Oqsil va
uglevodlarning parchalanishidan hosil bo’lgan qoldiq
moddalar, sitoplazmadan to’plangan ortiqcha suv qisqaruvchi
vakuolaga to’planadi va amyoba tanasini qoplab turgan
membrana orqali tashqariga chiqariladi. Uy haroratida
qisqaruvchi vakuola har 5-8 daqiqada bir marta qisqaradi.
Demak, qisqaruvchi vakuola osmoregulyatsiya, avirish va
nafas olish vazifalarini bajaradi.
Amyobaning endoplazmasida bitta yirik yadro mavjud
bo’lib, uni faqat maxsus bo’yalgan mikropreparat-Iardagina
ko’rish mumkin. Amyoba jinssiz, faqat teng ikkiga bo’linish
yo’li bilan ko’payadi. Bunda dastlab yadro moddalari teng
ikkiga ajraladi, so’ngra amyoba tanasi ham ikkiga ajralib,
ikkita yosh amyobalar hosil bo’ladi. Oziqa moddalari yetarli
bo’lganda va 20° -25 ° haroratda 1-2 kun davomida u bir
marta boMinadi. Qulay sharoitda amyoba doimo harakat qilib
turadi. Uning harakatlanishi bir tomchi suvning oqishiga
o’xshaydi.
Turli tashqi omillar (harorat, yorug’lik,
kimyoviy moddalar) amyoba harakatiga ta'sir ko’rsatadi.
Natijada, amyoba u yoki bu tomonga harakat-lanadi.
Noqulay sharoitda (suvda harorat pasayganda va hokazo)
amyoba po’st bilan o’ralib sistaga aylanadi.
Amyobaning xillari juda ko’p. Ulardan dizenteriya
amyobasi - Entamoe histoytica odamning yo’g’on ichagining
16
www.ziyouz.com kutubxonasi
yuqori bo’limida yoki jigarda parazitlik qiladi. Odam
ichagidagi E.coli ham yashaydi, ammo u zararsizdir (4-
rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |