43-rasm. Rishta - Dracunculus medinensisning rivojlanish sikli
A-asosiy xo'jayin, B-urg’ochi rishta, V-odam oyog'ida joylashgan rishta,
G-rishtaning yuqumli iichinkasi, D-rishtaning oraliq xo'jayini-tsikiop:
1 -tsiklopning tana bo'shlig' idagi rishta lichinkasi.
Ana shu lichinkalar suvga tushganda, ularni suvdagi
sikloplar ovqat sifatida yutib yuboradi. Lichinkalar siklop
tanasida rivojlanishini davom ettiradi va 12-14 kunda
invaziyaga aylanadi. Odam va boshqa hayvonlar, suv orqali,
zararlangan sikloplarni yutib yuboradi va rishtani yuqtiradi.
Sikloplar hazm bo’ladi, undan chiqqan rishta lichinkalari esa
ichak devori orqali qon aylanish sistemasiga o’tadi.
Lichinkalar xuddi askaridalar lichinkasi kabi organizm
"bo'ylab migratsiya qiladi va keyinchalik teri osti qavatida
joylashib jinsiy voyaga yetadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |