Erga egalik qilish huquqini garovga olgan holda kreditlash tartibi.
Fermer xo‘jaliklarida kreditni garov ta‘minotidagi muammolarni hal qilish maqsadida Markaziy bank boshqaruvining 2004 yil 1 martdagi 564-conli qarori bilan «Tijorat banklari tomonidan fermer xo‘jaliklarining er uchastkasini ijaraga olish huquqini garovga olgan holda kreditlash tartibi to‘g‘risida»gi Nizom ishlab chiqilib amaliyotga joriy qilindi. Fermer xo‘jaliklari tijorat banklaridan er uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini garovga qo‘ygan holda kredit olishlari mumkin. Agar fermerlarning ijara huquqi bahosi so‘ralayotgan kredit summasiga etmasa, etmagan qismini qoplash uchun boshqa garov turlaridan, masalan sug‘urta, kafillik va shu kabilardan foydalanish mumkin. Beriladigan kredit uchun yillik foizlar bank bilan fermer o‘rtasida tuziladigan kredit shartnomasida ko‘rsatiladi.
Er uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olish huquqini garovga qo‘yish to‘g‘risidagi shartnomada fermerning ijara huquqi bahosi ko‘rsatiladi. Ijara huquqining bahosi O‘zbekiston respublikasi Markaziy Banki boshqaruvining 2004 yil 13 martidagi 6/17 sonli qarori bilan tasdiqlangan ―Er uchastkasini ijaraga olish huquqi qiymatini baholash tartibi to‘g‘risida Nizom‖ga muvofiq aniqlanadi.
Byudjetdan tashqari jamg‘armalar kredit liniyalaridan olingan dastlabki (boshlang‘ich) sarmoya fermer va dehqon xo‘jaliklarining faoliyatini boshlash uchun aylanma mablag‘larni shakllantirishga, investitsiya loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslashini ishlab chiqishga, asbob- uskunalar sotib olishga yo‘naltirilishi mumkin.
Dastlabki (boshlang‘ich) sarmoyani shakllantirish uchun beriladigan kreditlarning yillik ustama foizi imtiyozli bo‘lib, u Markaziy bank qayta moliyalash stavkasining 1/6 qismi miqdorida belgilangan. Dastlabki (boshlang‘ich) sarmoya uchun kredit fermer xo‘jaliklariga 3 yilgacha bo‘lgan muddatga, eng kam oylik ish haqining 300 barobari miqdorigacha, foizlar to‘lashni 12 oygacha kechiktirish va asosiy qarzni kredit olingandan so‘ng 18-24 oy o‘tgach qaytarishni boshlash shartlarida beriladi.
Respublikamiz Prezidenti va Hukumati tomonidan dehqon va fermer xo‘jaliklarida chorvachilik tarmog‘ini rivojlantirishga alohida e‘tibor qaratilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 23 martdagi PQ-308-sonli «Shaxsiy yordamchi, dehqon va
fermer xo‘jaliklarida chorva mollarini ko‘paytirishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi hamda 2008 yil 21apreldagi PQ-№842 sonli ―Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklarida chorva mollarini ko‘paytirishni rag‘batlantirishni kuchaytirish hamda chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida‖gi qarorlari asosida chorvachilik mahsulotlari etishtiruvchi dehqon va fermer xo‘jaliklariga tijorat banklarining o‘z resurslari va byudjetdan tashqari jamg‘armalar hisobidan kredit mablag‘lari ajratilmoqda.