javdal Qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining xo’jalik toifalari bo’yicha
taqsimlanishi78
-
№
|
Tarmoqlar
|
Yillar kesimida
|
01.01.2013 y.
|
01.01.2014 y.
|
01.01.2015 y.
|
1
|
Fermer xo‘jaliklari
|
34,4
|
34,0
|
32,9
|
2
|
Dehqon xo‘jaliklari
|
63,5
|
64,0
|
65,1
|
3
|
Qishloq xo‘jalik korxonalari
|
2,1
|
2,0
|
2,0
|
4
|
Jami
|
100,0
|
100,0
|
100,0
|
2015 yil yanvar holatiga qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining umumiy hajmida dehqonchilikning ulushi 59% ni tashkil etdi. 2014 yil davomida asosiy va yordamchi ekin maydonlarida 255,8 ming ga. sabzavotlar, 81,5 ming ga. kartoshka va 57,1 ming ga. poliz ekinlari ekildi. 2,4 ming ga. maydonda yangi bog‘lar, 5,6 ming ga. intensiv bog‘lar va 8,9 ming ga. uzumzorlar tashkil etildi. 4,1 ming ga. bog‘ va 6,1 ming ga. uzumzor rekonstruktsiyasi amalga oshirildi. 422 ga. maydonda 750 ta issiqxona tashkil etildi. Natijada, 2014 yilda etishtirilgan don hajmi – 8,1 mln.t (2013y.ga nisbatan 103,1%), sabzavotlar – 9,3 mln.t (109,1), kartoshka – 2,5
mln.t (109), poliz ekinlari 1,7 mln.t (108,9), mevalar – 2,5 mln.t (110,2) va uzum 1,4 mln.t (109) ni tashkil etdi.
Biroq, qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirishda qator muammolar mavjud. Bu o‘z navbatida, qishloq xo‘jaligining barqaror rivojlanishiga halal bermoqda. Xo‘jaliklarning moliyaviy ahvoli murakkablashmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyundagi ―O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat xaridi uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirish va qishloq xo‘jaligini texnika bilan jihozlashni maqsadli moliyalashtirish jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida‖ PF-5095-sonli Farmoni e‘lon qilindi.
Unga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining davlat xaridi va qishloq xo‘jaligini texnika bilan jihozlashni maqsadli moliyalashtirish jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining davlat xaridi va zamonaviy, yuqori ishlab chiqarish quvvatiga ega qishloq xo‘jaligi texnikasini etkazib berishni maqsadli moliyalashtirishning printsipial yangi mexanizmini joriy etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining davlat xaridi va qishloq xo‘jaligini texnika bilan jihozlashni maqsadli moliyalashtirish jamg‘armasini boshqarish departamenti tashkil etildi.
Departament davlat xaridi uchun etishtiriladigan paxta va g‘alla hosili hisob-kitobini moliyalashtirishga ajratilgan Jamg‘armaning mablag‘laridan foydalanishda, shuningdek zamonaviy, yuqori ishlab chiqarish quvvatiga ega qishloq xo‘jaligi texnikasini imtiyozli lizing shartlarida etkazib berishni rag‘batlantirish uchun qaytarib berish asosida ajratilgan qarz mablag‘laridan foydalanilishida vakolati bo‘lmagan mansabdor shaxslarning barcha aralashuvlari bo‘yicha qonun hujjatlariga muvofiq Jamg‘arma kengashiga tegishli axborotlarni kiritadi.
Quyidagilar Jamg‘armaning agentlari etib belgilangan:
paxta va g‘alla etishtirish, xarid qilish, shuningdek, zamonaviy, yuqori ishlab chiqarish quvvatiga ega qishloq xo‘jaligi texnikasini imtiyozli lizing shartlarida etkazib berishni moliyalashtirish bo‘yicha moliya agenti — «Agrobank» aktsiyadorlik tijorat banki;
paxtani xarid qilish, saqlash, qayta ishlash va sotish bo‘yicha tijorat agenti —
«O‘zpaxtasanoat» aktsiyadorlik jamiyati va uning hududiy filiallari;
g‘allani xarid qilish, saqlash, qayta ishlash va sotish bo‘yicha tijorat agenti —
«O‘zdonmahsulot» aktsiyadorlik kompaniyasi;
78 O’zbekiston iqtisodiyoti. (axborot-tahliliy byulleten 2014 yil.) 2015 yil
zamonaviy, yuqori ishlab chiqarish quvvatiga ega qishloq xo‘jaligi texnikasini imtiyozli lizing shartlarida etkazib berish bo‘yicha tijorat agenti — «O‘zagrolizing» aktsiyadorlik jamiyati.
Do'stlaringiz bilan baham: |