5-jadval.
Fermer xo’jaliklariga tijorat banklari tomonidan kredit ajratish shartlari83
-
Tijorat banklari
1
|
Garovga qiymati kredit miqdori ga
|
Kreditlar niqaytari sh muddati va qaysi
|
Shu jumladan
|
Chorva mollarini sotib
olish
|
Uy- joy qurish
|
Aylanma mablag‘lar ni
to‘ldirish
|
Mashi na sotib
olish
|
Mahsulotlar ni qayta ishlash
texnologiya
|
Tadbirk orlik faoliyati
uchun
|
Savdo tijorat faoliy
ati
|
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
9
|
10
|
Agroba nk
|
|
Muddati
|
3
|
-
|
1 yilgacha
|
3
|
5 yilgacha
|
5
|
1
|
Qaytarish
|
1 yildan
|
-
|
birinchi
|
birinc
|
1
|
yildan
|
1 yildan
|
birinc
|
Qishloq qurilish
|
125%ga
|
Muddati
|
3
|
-
|
3 yilgacha
|
-
|
3 yilgacha
|
3
|
- -
|
Kaytarish
|
2 yildan
|
-
|
1
|
yildan
|
-
|
2
|
yildan
|
2 yildan
|
-
|
Savdog ar-bank
|
120%
|
Muddati
|
3
|
-
|
1 yilgacha
|
3
|
3 yilgacha
|
2
|
1
|
Qaytarish
|
har chorakda
|
-
|
olti oydan so‘ng har
|
har oyda
|
1
so‘ng
|
yildan
|
1 yildan so‘ng
|
har oyda
|
Asakab ankYuri
|
120%
|
3
yilgacha-
|
1- 3
yilgacha
|
1-3
yilgach
|
4 oydan -
1 yilgacha
|
1 - 3
yilgac
|
har chorakda
|
har chorakd
|
4
oygac
|
Mikro-
kredit bank O‘zmabl ag‘-lari
hisobida
|
125%
|
Muddati
|
2
|
-
|
1 yilgacha
|
2
|
5 yilgacha
|
2
|
1
|
Qaytarish
|
1 yildan so‘ng
|
-
|
6 oydan boshlab
|
grafik bo‘yic
|
2 yildan boshlab
|
1 yildan sung
|
6
oydan
|
125%
|
Muddati
|
3
|
-
|
|
|
5 yilgacha
|
3
|
|
Qaytarish
|
1 yildan
so‘ng
|
-
|
|
|
1 - 1,5
yildan
|
1 yildan
so‘ng
|
|
Ushbu tijorat banklarida fermer xo‘jaliklariga kreditlar ajratish yo‘nalishlari bo‘yicha to‘liq qaytarish muddati hamda imtiyozli davri ham turlicha, ya‘ni har bir bankning yuritayotgan kredit siyosatidan kelib chiqqan holda belgilangan.
Xar bir tashkilot mavsumiy xarakterdagi va boshqa turdagi tuzulmalarga kredit berish jarayonida va ularning hajmlarini belgilashda ya‘ni kredit ajratishda ular tomonidan garovga qo‘yiladigan mol-mulk qiymati tijorat banklarida beriladigan kredit miqdoriga nisbatan turlicha belgilangan.
Nazorat uchun savollar.
Imtiyozli kreditlar deganda nimani tushunasiz?
Tijorat banklari tomonidan imtiyozli kreditlar qaysi toifadagi sub‘ektlarga beriladi?
Tijorat banklarining Imtiyozli kreditlash jamg‘armasi mablag‘lari qaysi manbalar hisobidan shakllantiriladi?
Qishloq xo‘jaligi korxonalariga imtiyozli kreditlar berish tartibi qanday?
Imtiyozli kreditlarning foiz stavkalari qanday belgilanadi?
Tijorat banklarining imtiyozli kreditlar berish amaliyotiga nisbatan qanday moliyaviy imtiyozlar qo‘llaniladi?
MAVZU. TIJORAT BANKLARINING FAKTORING OPERATsIYaLARI
Reja
Tijorat banklarining faktoring operatsiyalari hamda uning mohiyati.
Faktoring operatsiyalarining turlari va faktoring operatsiyalarini o‘tkazish tartibi.
Tijorat banklarida faktoring operatsiyalarini rivojlantirish masalalari.
Tayanch iboralar
Diskont stavkasi, komission haq, kredit riski, kassa usuli, regress huquqi, tijorat vekseli, tovar hujjatlari, to‘lovga qobillik, faktoring, hisobga olish, hisoblash usuli..
Tijorat banklarining faktoring operatsiyalari hamda uning mohiyati.
Faktoring xizmati respublikamiz bank amaliyotida mavjud bo‘lgan xizmat turlaridan biri hisoblanar edi.
Faktoring inglizcha factor degan so‘zdan olingan bo‘lib, vositachi, agent degan ma‘noni anglatadi.
Faktoring – bu savdo-vositachilik operatsiyasining bir turi bo‘lib, bunda fatkor kompaniyasi yoki tijorat banki tomonidan mol etkazib beruvchining undirilmagan talablari, ya‘ni debitor qarzdorligi regress huquqi bilan yoki regerss huquqisiz sotib olinadi. ―Shu asnoda faktoringdan unumli foydalanish eng afzalidir. Faktoring kompaniyaari o‘z faoliyatida asosan 3 xil usul bilan foydalanadi‖,- deb iqtisodchi Priyanka Prakash o‘zining fikrlarini bayon qilgan84.
Xalqaro amaliyotda faktoring ikki xil shaklda qo‘llaniladi:
Faqat debitor qarzdorlikni inkasso qilish shaklida (invoice discounting).
Debitor qarzdorlikni moliyalashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xizmatlarni ko‘rsatgan holda (full factoring).
Faktoring kompaniyalari millionlab mijozlar bilan Shimoliy va Janubiy Amerikada, Evropa va Osiyoda, Avstraliya va Shimoliy Afrikada ish olib bormoqdalar. 2013 yil ma‘lumotiga ko‘ra, dunyo bo‘yicha faktoring biznesining 60 foizi Evropaga, 9 foizi Amerika qit‘asidagi mamlakatlarga, 27 foizi Osiyo mamlakatlariga, 3 foizi Avstraliya va Okeaniyaga, 1 foizi esa Afrika mamlakatlariga to‘g‘ri keladi85.
1968 yilda o‘z ichiga dunyoning 53 mamlakatidan 150 a‘zo- kompaniyalarni birlashtirib turuvchi Factors Chain International (FCI) yirik faktoring assotsiatsiyasi tashkil etildi. IFG tashkiloti kabi mazkur assotsiatsiya ham o‘zaro ma‘lumotlar almashishga xizmat qiluvchi EDIFACToring tizimini ishlab chiqdi.
2002 yil 31 yanvarda BMTning Bosh Assambleyasi «Xalqaro savdoda debitor qarzdorliklarni boshqa korxonalarga o‘tkazilishini tartiblash to‘g‘risida»gi 56/81- sonli rezolyutsiyasini qabul qildi. Xalqaro faktoring operatsiyasi, shuningdek, FCI va IFG assotsiatsiyalari a‘zolari tomonidan qabul qilingan «Xalqaro faktoring faoliyati»ning tartiblari (GeneralRulesforInternationalFactoring) orqali tartibga solinadi.
Faktoring operatsiyalari sotilgan tovarlar uchun to‘lovni kechiktirish shaklida sotuvchilar tomonidan sotib oluvchilarga taqdim etiladigan tijorat krediti asosida vujudga kelgan. 1988 yil Xususiy xuquqni unifikatsiyalash xalqaro instituti tomonidan qabul qilingan ―Xalqaro faktoring to‘g‘risida‖gi konventsiyaga asosan, operatsiya quyidagi 4 ta talabdann kamida 2 tasini qondirsagina faktoring hisoblanadi. Ular quyidagilardir:
qarz talablarini oldindan to‘lash shaklidagi kreditlashning mavjudligi;
mol etkazib beruvchining debitorlik qarzini inkasso qilish;
mol etkazib beruvchini kredit riskidan sug‘urtalash.
Faktoring to‘g‘risidagi Xalqaro konventsiyaga muvofiq, quyidagi korxonalarga faktoring xizmati ko‘rsatilmaydi:
kichik summada qarzdorligi mavjud, lekin debitorlarining soni ko‘p bo‘lgan korxonalarga;
84 “What Invoice Factoring Is and How It Works‖ by Priyanka Prakash ―Fit Small Business‖ June 2015
85http://www.factors-chain.com
nostandart va tor ixtisoslashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarga;
o‘z mahsulotini sotishdan so‘ng xizmat ko‘rsatish shartnomasi asosida ish yurituvchi korxonalarga;
o‘z mijozlari bilan uzoq muddatli shartnoma asosida ish yurituvchi va shartnomaga asosan bajarilgan ma‘lum ish hajmi uchun to‘lov oluvchi korxonalarga.
Faktoring operatsiyalari korxonalarning filiallari, bo‘limlari va jismoniy shaxslarning qarz majburiyatlari bo‘yicha olib borilmaydi. ―Faktoring o‘zida moliyalashtirishni aks ettiradi, ya‘ni biznes egalarini qarz majburiyatlarini uchinchi shaxsga belgilangan foiz asosida sotadi‖86,- deb Shanon o‘zining faktoring to‘g‘risidagi fikrlarini bildirgan.
Faktoring yangi bank xizmat turlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Shuni ta‘kidlab o‘tish lozimki, faktoring bank uchun noan‘anaviy xizmat turi hisoblanadi. Chunki, faktoring operatsiyasi bilan maxsus faktoring kompaniyalari ham shug‘ullanadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |