O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti


Lizing operatsiyalari bilan bog’liq risklar



Download 2,42 Mb.
bet60/73
Sana24.06.2022
Hajmi2,42 Mb.
#699063
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   73
Bog'liq
BOYEV

Lizing operatsiyalari bilan bog’liq risklar.


Lizing kompaniyalari nima hisobdan daromad olishadi? Birinchidan, ijara haqi. Ikkinchidan, ijara muddati tugagandan so‘ng uskunalarni qoldiq qiymati bo‘yicha sotadi. Ijara haqi uskuna haqi bilan xizmatlar qiymatini (bank foiz stavkalariga tenglashtiriladi) qoplashi kerak. Uchinchidan, uskunalarni sotib olish qiymati bilan ijara haqi o‘rtasidagi farq. Lizing kompaniyasi uskunalarni doimiy xaridor sifatida katta turkumlarda (partiyalarda) sotib olayotgani uchun ishlab chiqaruvchilar ularga qandaydir imtiyozlar beradilar. Bundan tashqari, mol-mulkka soliq qoldiq qiymatiga ko‘ra to‘lanadi, ijara haqi esa xizmat muddatiga qarab oshib boradi.
Ijarachining manfaatlari-chi? Ko‘p mamlakatlarda mol-mulkka soliq lizing shartnomalariga belgilangan to‘lovlardan ancha yuqori bo‘ladi. Ba‘zi paytlarda esa ijara usuli hozirgi zamon uskunalaridan foydalanishning yagona imkoniyati bo‘lib qoladi, ayniqsa, yangi tashkil qilingan firmalar uchun. Ijarachi uchun uskunalar mulk xisoblanmaganligi sababli, firma balansiga kiritilmaydi, mol-mulkka soliq to‘lanmaydi va bu sohada buxgalteriya hisobi yuritilmaydi. Ijara haqi esa, to‘liqligicha ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxiga qo‘shiladi.
Rivojlangan mamlakatlarda ataylab lizing bo‘yicha soliq yig‘ishmaydi. Ammo hukumat bugungi kun bilan emas, balki kelgusini o‘ylab iqtisodiy siyosat olib boradi. Lizing fan-texnika taraqqiyotiga xizmat qiladi. Ertangi kunda ishlab chiqarish bugungi olinmagan soliqlarni to‘liqligicha qoplaydi, demak u iqtisodiyotni rivojlantirish uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratib beradi.
MDH respublikalarida «ijara korxonalari» degan ibora paydo bo‘lgan. Chet ellik mutaxassislar uchun bunday tushuncha mutlaqo tushunarsiz. Xalqaro amaliyotda ijara korxonalari degan tushunchaning o‘zi yo‘q. Korxonalar ijaraga berilmaydi, uskunalar va binolar berilishi mumkin.
Lizing munosabatlarini O‘zbekiston sharoitida, ayniqsa, qishloq xo‘jaligida qo‘llash katta samara beradi. Masalan, AQShda fermerlar foydalanayotgan texnikaning 80 foizi ijaraga olinadi. Axir bir yilda 10-15 kun ishlatiladigan kombaynni sotib olishidan qanday mantiq topish mumkin?
Yuqorida ta‘kidlanganidek, respublika hukumati qaroriga ko‘ra, 1999 yilning oktyabr oyida
«O‘zqishloqxo‘ja-likmashlizing» hissadorlik kompaniyasi tuzildi. Bu kompaniyaning asosiy vazifasi mamlakatimiz mashina-traktor parklari va qishloq xo‘jaligi korxonalariga moliyaviy lizing asosida traktor va yig‘im-terim texnikasini etkazib berishdan iborat. Bundan tushgan mablag‘ traktor va qishloq xo‘jaligi mashinalarini ishlab chiqaruvchi korxonalar hisobiga o‘z vaqtida tushiriladi. Bu hol ularga aylanma mablag‘larni birinchi navbatdagi ehtiyojlariga ishlatib, uni to‘ldirib turish imkonini beradi. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari esa texnika qiymatini asta- sekin, bir necha yil mobaynida to‘lash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Texnika o‘zini o‘zi bemalol oqlaydi. Agar inflyatsiya chiqimlari lizing oluvchiga tegishli bo‘lmasdan, kompaniya tavakkali bo‘lishini ham hisobga olsak, lizing shartlari juda manfaatlidir.
Ayniqsa, qishloq xo‘jaligini zamonaviy, yuksak unumli texnika bilan ta‘minlashni yanada rag‘batlantirish, tarmoq mashinasozligini rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, shu jumladan, ilg‘or chet el kompaniyalari ishtirokida qishloqqa etkazib beriladigan traktor va yig‘im- terim texnikasi uchun hisob-kitob mexanizmini takomillashtirish maqsadida 2000 yilning 2 noyabrida Vazirlar Mahkamasining «Qishloqni lizing shartlarida qishloq xo‘jaligi texnikasi bilan ta‘minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi. Bu qarorga ko‘ra, 2001-2007 yillarda
«O‘zqishloqxo‘ja-likmashxolding» kompaniyasi korxonalari tomonidan, shu jumladan, ilg‘or chet el kompaniyalari ishtirokida ishlab chiqarilgan zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikasi (traktor va yig‘im-terim texnikasi) mashina-traktor parklarining hududiy birlashmalariga, shirkatlar va fermer xo‘jaliklariga ularni 7 yillik muddatga lizingga taqdim etish yo‘li bilan quyidagi shartlarda etkazib berilishi belgilangan:

    • 15 foizlik avans mashina-traktor parklarining hududiy birlashmalari, muqobil mashina- traktor parklari, qishloq xo‘jaligi shirkatlari va fermer xo‘jaliklarining o‘z mablag‘lari hisobidan;

    • traktor va yig‘im-terim texnikasi qiymatining 85 foizi «O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing» kompaniyasi tomonidan, unga zayom asosida Moliya vazirligi tomonidan beriladigan mablag‘lar hisobidan to‘lanadi.

Mijozlarga qulay shart-sharoitlar yaratish, ular bilan bevosita aloqa o‘rnatish maqsadida har bir viloyatda kompaniyaning bo‘limlari tuzilmoqda. Bu ish shu yili nihoyasiga etkaziladi. Pirovardida shirkat va fermer xo‘jaliklari texnikani olish ishlari bilan joylarda tanishish va lizing operatsiyalarini amalga oshirish imkoniga ega bo‘ladilar. Muqobil mashina-traktor parklari uchun joylarda texnikani olish imkoniyatini yaratilishi esa o‘z navbatida raqobatning rivojlanishiga olib keladi. Buning uchun ularda texnika narxining 15 foiz avansini o‘tkazish uchun boshlang‘ich mablag‘, aniqrog‘i lizing oluvchining moliyaviy ahvoli lizing kompaniyasining talabi darajasida bo‘lsa, bas. Agar lizing oluvchining moliyaviy ahvoli talab darajasida bo‘lmasa, u holda bank yoki boshqa uchinchi yuridik shaxsning kafolati talab qilinadi.
Lizingning yana bir ijobiy tomoni shuki, u fermer xo‘jaliklariga ham zamonaviy texnologiyalarni qo‘lga kiritish imkonini yaratadi. Bu esa uning rivojlanishi uchun qulay sharoitlarni vujudga keltiradi.



    1. Download 2,42 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish