1.4. Qobiq dasturlar
Qobiq dasturlari –bu dasturlar operatsion tizim dasturlariga nisbatan kompyuter bilan qulayroq va ko’rgazmali muloqot o’rnatish imkoniyatini beradi.
MS DOS operatsion sistemasi bir vaqtlar inson bilan kompyuter o’rtasida vositachi rolini o’ynab, kompyutеr resurslaridan foydalanishni osonlashtirgandi. Lekin o’zi rivojlanish natijasida haddan ziyod ko’p buyruqlar bilan toshib ketdiki, bu foydalanuvchi ishini sustlashtirishga olib keldi. Shunday qilib foydalanuvchi bilan kompyuter o’rtasida yangi vositachi ishlab chiqish extiyoji tug’ildi va natijada operatsion sistemaning qobiq dasturlari yuzaga keldi.
Qobiq dastur operatsion sistema boshqaruvida ishga tushiriladigan va shu operatsion sistema bilan ishlashga ko’maklashadigan dasturdir. Eng birinchi qobiq dasturlaridan biri Norton Commander deb nomlanadi. Bu qobiq dasturmashhur amaerikalik dasturchi Piter Norton tomonidan yaratildi va kompyuterdan foydalanuvchilar uchun katta qulayliklar yaratdi. Hozirgi kunda keng tarqalgan Windows Commander, Total Commander, Far Manager qobiq dasturlari Norton Commander dasturining asosiy ishlash tamoyillarini saqlab qolgan.
Qobiq dasturlar asosan quyidagi imkoniyatlarni beradi:
Diskdan kataloglar ro’yhatini to’liq ekranga chiqarish;
Faylllarni qayata nomlash;
Fayllarni o’chirish;
Katalog (papka)larning pog’onalik strukturasini ko’rish;
Bir kataloglardan boshqa kataloglarga o’tish;
Kataloglar hosil qilish;
Katalogni qayta nomlash va o’chirish;
Matnli fayllarni taxrir qilish va boshqalar.
Hozirgi kunda dunyo bo’yicha eng ommalashib borayotgan qobiq dasturlardan biri– bu Total Commander hisoblanadi. U o’zida ko’plab drayverlar va utilitlarni jamlagani uchun foydalanuvchiga kompyuter resurslaridan unumli foydalanish imkoniyatini beradi.
Total Commander qobiq dasturi universal imkoniyatlari keng bo’lgan dasturdir. Total commander dasturi Kompyuterdagi mavjud disklar va tashqi xotira qurilmalari bilan qulay ishlashga mo’ljallangan. Total Commander dasturini ishga tushirish uchun quyidagi buyruq bajariladi
Pusk---Programmi--- Total Commander --- Total Commander
Total Commander dasturining oynasi quyidagicha:
Total Commander dasturining oynasi 2 ta bo’lib, u fayl va kataloglarni bir diskdan boshqasiga o’tqazishda ancha qulaylik tug’diradi. Total Commander dasturida uskunalar panelida menyuda joylashgan bandlar mavjud.
Total Commander dasturida funksional tugmachalar quyidagi vazifalarni bajaradi:
"F1"-(Yordam) - ma’lumotlar ("yordam") olish.
"F2"-(Menyu) - foydalanuvchining buyruqlari menyusini chiqarish.
"F3"-(Ko‘rib chiqish) - faylni ko‘rib chiqish.
"F4"-(Muharrir) - faylni tahrir qilish.
"F5"-(Nusxa) - fayldan yoki fayllar guruhidan nusxa ko‘chirish.
"F6"-(Yangi nom) - fayl (fayllar)ni yoki kataloglarni qayta nomlash, faylni (fayllarni) boshqa katalogga jo‘natish (o‘tkazish, ko‘chirish).
"F7"-(Yangi katalog) – yangi katalogni yaratish.
"F8"-(o‘chirib tashlash) - faylni fayllar guruhi yoki katalogni yo‘q qilish.
"F9"-(menyu) - Total Commander menyusi.
"F10"-(chiqish) - Total Commanderdan chiqish.
"Ctrl"+"F9" - ajratilgan faylni yoki fayllar guruhini chop etish.
"Shift"+"F3" - (ko‘rib chiqish) - faylni ko‘rib chiqish. Faylning nomi so‘raladi.
"Shift"+"F4"-(muharrir) - faylni tahrir qilish. Faylning nomi so‘raladi.
"Shift"+"F5" (fayllardan nusxa olish) - fayldan yoki fayllar guruhidan nusxa ko‘chirish. Qaysi fayllardan qaerga nusxa ko‘chirish so‘raladi.
"Shift"+"F6"(Rename) - faylni (fayllarni yoki katalogni qayta nomlash, faylni (fayllarni) boshqa katalogga jo‘natish (o‘tkazish) lozim. Qaysi fayllarni va qanday qayta nomlash yoki (qaerga) jo‘natish haqida so‘raladi.
"Shift"+"F9" - Norton Commanderning joriy rejimlarini saqlab qolish.
"Alt"+"F3"-(View) –Fayllar matnini ekranga chiqarib ko‘rish
"Alt"+"F4"-(Edit) - faylni muqobil muharrir yordamida tahrir qilish (agar "F4" tugmachasi bosilganida Total Commanderga qo‘shib chiqarilgan muharrirdan foydalanilsa, "Alt"+"F4" tugmachalar bosilganida tashqi muharrirdan foydalaniladi va aksincha).
"Alt"+"F5"-(Comp) - arxiv fayliga nusxa ko‘chirish.
"Alt"+"F6"-(Decomp) - arxivdan hamma fayllarni chiqarib olish.
"Alt"+"F7"-(Search) - diskdan faylni izlash.
"Alt"+"F8"-(History) - ilgari kiritilgan buyruqlarni ko‘rib chiqish va takroriy bajarish.
"Alt"+"F9"-(Egaln) - ekranda 25 qatordan 43 qatorga yoki 50 qatorga ko‘chirish (o‘tkazish).
"Alt"+"F10"-(Tree) - boshqa katalogga tez o‘tish.
Savol va topshiriqlar
1. Shaxsiy kompyutеrning tashkiliy qismlarini aytib bеring.
2. Kompyutеrning dasturiy ta'minoti dеganda nima tushuniladi?
3. Kompyutеrning apparatli ta'minoti dеganda nima tushuniladi?
4. Tizimli dasturiy ta'minot deganda nimani tushunasiz?.
5. Dasturlash tеxnologiyasining uskunaviy vositalari deganda nimani tushunasiz?
6. Opеratsion tizim deganda nimani tushunasiz?.
7. Qobiq dasturlar nima?
Do'stlaringiz bilan baham: |