O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasi maktabgacha ta’limda tasviriy faoliyatga o’rgatish metodikasi fanidan


-MAVZU: TASVIRIY FAOLIYATGA О‘RGATISHNING MAQSADI VA DASTUR TAMOYILLARI



Download 5,37 Mb.
bet18/148
Sana01.06.2022
Hajmi5,37 Mb.
#624117
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   148
Bog'liq
TASVIRIY FAOLIYAT UMK РИСОВАНИЕ

2.2-MAVZU: TASVIRIY FAOLIYATGA О‘RGATISHNING MAQSADI VA DASTUR TAMOYILLARI


Reja:



  1. Tasviriy faoliyatga o'rgatishning maqsadi.

  2. Boshlangich tasviriy – texnik usullar.

Tayanch so’z va iboralar: Maktabgacha yosh, bolalar tasviriy faoliyati, tamoyillar, asosiy tushunchalari, rivojlantirish, bolalar bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiyaviy ishlar,rasm, loy, qirqib yopishtirish, mashg’ulotlar.



  1. Tasviriy faoliyatga o'rgatishning maqsadi.

Maktabgacha katta yoshdagi bolalarni tasviriy faoliyat jarayonida jamoa bo‘lib ishlash malakalarini shakllantirish dolzarb axamiyatga molik masalalardan biridir. Maktabgacha ta’lim muassasasining maktabga tayyorlov guruxlarida bolalarni tasviriy faoliyat orqali turli ranglar jilosini his etishga, estetik qobiliyatlarini o‘stirishga, faol, chuqur fikrlashga va ko‘tarinki kayfiyatda ishlashga o‘rgatib borish muximdir.


Tasviriy faoliyat (rasmda, loy ishi, applikatsiya) bolalarda nafaqat qiziqish uyg‘otadi, balki ularni o‘rab turgan olamni o‘z ishida aks ettirishda, olamni ko‘z oldida yaxlit xolda namoyon etishida va umuman xar tomonlama shakllanishiga (estetik, aqliy, axloqiy) turtki bo‘ladi. 1-sinfning o‘quv dasturiga tasviriy faoliyat darslari kiritilgan, ushbu faoliyatda bolalar rasm chizishga o‘rganishadi. Qog‘oz va loy bilan ishlash qo‘l mexnati dasturiga kiritilgan. SHuning uchun uyida xamkorlikda rasm chizgan, loy bilan ishlash, qirqib yasashga o‘rgangan bolaning o‘z kuchiga bo‘lgan ishonchi, qo‘lda bajarish ko‘nikmalari yanada mustaxkamlanadi.
Tasviriy faoliyat bolani maktabga psixologik-aqliy tayyorgarligini oshiradi. Buni bolaning o‘zini tutishi va barcha xarakatlarni anglagan xolda bajarishida ko‘rishimiz mumkin. Rasm chizish, loy bilan ishlash, applikatsiya mashg‘ulotlari, bolani o‘z vaqtini rejali tashqillashtirishga, boshlagan ishini oxiriga etkazishga o‘z ishini yanada yaxshi va to‘g‘ri bajarishga, yangilik yaratishga, ma’lum ko‘nikma va malakalarni egallashga, diqqat bilan tinglashga va kattalar aytgan vazifalarni bajarishga o‘rgatadi.
Tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarining maqsadi bolalarda atrofdagi narsa va hodisalarga estetik munosabat bildirish, go‘zalikka dahldor narsalarni yaratish (chizish, yasash)ning elementar asoslari, jamoa bo‘lib ishlash malakalarini shakllantirishdan iborat. Zero, bolalarda jamoa bo‘lib ishlash malakalarini shakllantirish orqali ular shu faoliyat vositasida o‘z xalqining turmush tarzi, mavjud badiiy an’analarini anglab ongli his eta boshlaydi. Shuningdek, maktabgacha ta’lim muassasalarida olib boriladigan tasviriy faoliyat mashg‘ulotlari estetik tarbiyaning dastlabki bosqichi sifatida bolalarni aqliy rivojlantirish va ularning badiiy didini tarbiyalash, ijodkorlik qobiliyatini o‘stirish, tevarak-atrofdagi va tabiatdagi go‘zalliklarni ko‘ra bilish, undan zavqlanish va unga nisbatan to‘g‘ri munosabatda bo‘lishni, va jamoa bo‘lib ishlash malakalarini shakllangan bo‘lishining pedagogik kafolatidir.
Demak, bu jarayon nafaqat badiiy-estetik tarbiya jihatidan, balki bolalarni har tomonlama rivojlanib borishlari uchun kompleks ta’sir etish vositasidir, ya’ni tasviriy faoliyat bilan shug‘ullanish jarayonida bolalarning narsa va buyumlar, hodisalar haqidagi tasavvurlari shakllanib boradi, muayyan darajada jismoniy rivojlanish ta’minlanadi. SHuning uchun ham bu holatni psixologik, pedagogik, metodik va fiziologik tomondan tadqiq etib borish, amaliyotni jamiyatni taraqqiyot bosqichi ta’limiy va tarbiyaviy ehtiyojlari, talablari asosidagi xulosalar, ilmiy asoslangan ishlanmalar bilan ta’minlab borishi taqazo etiladi. SHu ma’noda maktabgacha katta yoshdagi bolalarni tasviriy faoliyat jarayonida jamoa bo‘lib ishlash malakalarini shakllantirishning nazariy asoslarini ishlab chiqish mamlakatimiz maktabgacha ta’lim pedagogikasining muhim masalasidir. Zero, hozirgi kunda Respublikamizdagi maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar tasviriy faoliyatini tashqil etishning ilmiy asoslangan mazmuni va metodikasi, takomillashtirilgan qo‘llanmalar, tavsiyalar etarlicha darajada emas. Hozirgi kunga qadar Respublikamizda maktabgacha ta’lim yosh davri bo‘yicha tasviriy faoliyat muammolari bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari qilinmaganligi mavzuimizning dolzarbligini ta’kidlaydi.
Bolalar jamoasini shakllantirish—uzoq vaqtni talab etadigan murakkab jarayondir. Avvaliga birgalikdagi faoliyat ko‘pincha o‘yin bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatga birlashadi. Bu birlashish beqaror, qisqa vaqtli bo‘lib tez buziladi. Bunday dastlabki birlashishning birinchi tashqilotchisi tarbiyachidir.
Bolalarni jamoaga birlashtirishning dastlabki bosqichida tarbiyachi bu birlashishning markazida turadi: kichkina guruh bolalariga hikoya, ertak aytib beradi, ashula o‘rgatadi, qiziq o‘yinchoqlarni ko‘rsatadi.
Tarbiyachi bolalarni bir guruhga birlashtirishda ularning o‘ziga xos xususiyatlarini e’tiborga oladi, chunonchi bitta guruhga serharakat va passivroq bolalarni birlashtiradi. Tarbiyachining bolalarni jamoaga birlashtirishdagi faol ishi ham shundan iborat.
Ikkinchi bosqich: bolalar jamoasining barqaror bo‘lishini ta’minlashdir. Bu davrga kelib bolalar ancha mustaqil hamda tashqilotchilik qobiliyatini egallagan bo‘ladilar, jamoada qatnashuvchilar soni ham 8—10 kishiga etib qoladi.
Birgalikdagi faoliyatni murakkab maqsadlari oldinga suriladi — o‘yin-mehnat o‘rgatiladi. Bu bosqichda tarbiyachining vazifasi bolalarda tashqilotchilik qobiliyatini shakllantirishdir. Mashg‘ulot o‘tkazayotganda uning o‘zi hammaga ko‘rinib turishi, so‘zi esa hamma uchun tushunarli bo‘lishi lozim.
Bolalarda jamoada qanday yashash lozimligi, yaxshi o‘rtoq va do‘st bo‘lish nimadan iborat ekanligi to‘g‘risidagi tasavvurlarni shakllantirish uchun tarbiyachi badiiy asarlardan, xalq maqol va matallaridan ham foydalanadi.
Bolalar jamoasining yuqori bosqichi ularda mustaqillikning ortishi bilan belgilanadi: ular o‘zlari birlashadilar, o‘zaro munosabatlarini o‘zlari boshqaradilar, ayrim jamoa olari xulqini o‘zlari hal etadilar, xohlaganlarini o‘z guruhlariga qabul qilishsa, xohlamaganlarini bu guruhdan chiqarishadi. Bu bosqichda o‘zini jamoa a’zosi sifatida anglab olish yuzaga keladi.
Bolalar bir guruhga birlashib, kichkintoylar uchun o‘yinchoq yasashadi, bolalar bog‘chasidagi maydonchani chopishadi va h.k. Har bir bola o‘zini guruh hayotida ishtirokchi deb hisoblaydi. Bolalar jamoasini shakllantirish bolalarda jamoachilik hissini tarbiyalash vazifasi bilan bog‘liqdir. Ular endi tez-tez o‘z xulqlarining jamoa manfaati bilan bog‘liqligi haqidagi bahoni eshitadilar. («Bizning navbatchilar yaxshi ishlashdi, endi stolga o‘tirish hammaga yoqimli».) YOki bolalar guruhi nomidan tanbeh eshitishlari mumkin. («Sen bizning hammamizni ushlayapsan, seni deb sayrga yoki ovqatlanishga kech qolayapmiz» va h.k.). Bolalarning hammasi bitta o‘rtog‘i uchun qayg‘urishi ham bolalar jamoasining shakllanganini ko‘rsatadi. Bola jamoa fikri va bahosi bilan hisoblashsa, o‘zining jamoa uchun zarurligini sezsa, u bilan g‘ururlansa, umumiy hayotning yoqimli va quvonchli bo‘lishi uchun intilsa, bu jamoaning etarli darajada shakllanganligidan dalolat beradi.
Bola maktabgacha tarbiya muassasasiga kelishi bilan bolalar jamoasining a’zosi bo‘lib qoladi, u boshqa bolalar bilan birga o‘ynashni, mehnat qilishni, kelishishni, kerak bo‘lsa yon bosishni o‘rganib oladi. Tarbiyachi bolalarga o‘z o‘rtoqlariga yordamlashishdan quvonish, xursand bo‘lish hissini uyg‘otadi. Bunda bolalar bir-birlariga xayrixoh, bir-birlarini hurmat qiladigan bo‘lishlari lozim. Tarbiyachi esa har doim bolalarning birgalikda qilgan ishlarini rag‘batlantirib, ularning jamoatchilik ruhida tarbiyalanishlariga qiziqish uyg‘otib boradi. Tasviriy faoliyat maktab yoshidagi bolalarni har tomonlama tarbiyalashda katta ahamiyatga egadir. Rasm chizish, loydan buyumlar yasash va applikatsiya-bu tasviriy faoliyat turlari bo‘lib, ularning asosiy vazifasi-tevarak atrofni obrazli aks ettirish hisoblanadi.
Tasviriy faoliyat jarayonida bolalarda irodaning sifatlari-boshlagan ishini oxiriga etkazish, oldiga maqsad qo‘yib, o‘shani bajarishga tomon intilish, qiyinchiliklarni engish, o‘rtoqlariga yordamlashish kabi xususiyatlar tarbiyalanadi. Jamoa ishini yaratish jarayonida bolalarga bir-biriga yordam, kelishib ishlash kabi sifatlari tarbiyalanadi. Bolalar, ishni baholash jarayonida, bolalarni o‘rtoqlarining ishga nisbatan real munosabatda bo‘lish to‘g‘ri baholash, o‘z ishidan va o‘rtoqlarining ishidan xursand bulish kabi axloqiy sifatlar tarbiyalanadi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarini innovatsion texnologiyalar asosida tashkil etish ta’lim sohasidagi isloxotlardan birini tashkil etadi. Davr talabiga mos barkamol avlodni tarbiyalash maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachilaridan katta mas’uliyat talab qilmoqda. Bu hakda yurtboshimiz I.A.Karimov shunday deydi: "Biz o‘z haq-xuquqlarini taniydigan, o‘z kuchi va imkoniyatlarida voqea-hodisalarga mustaqil munosabat bilan yondashadigan, ayni zamonda shaxsiy manfaatlarini mamlakat va xalq bilan uyg‘un holda ko‘radigan erkin, xar jihatdan barkamol insonlarni tarbiyalashimiz kerak."
Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilarini ma’naviy sog‘lom, estetik jixatdan etuk bo‘lishini ta’minlashda ularning go‘zallikka bo‘lgan qiziqishini oshirishda tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarining imkoniyatlari juda kengdir. Maktabgacha ta’lim muassasasining katta guruxida tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarida ishning jamoa shaklidan keng foydalaniladi. Ular xilma-xil bo‘lishi mumkin. Masalan, ikkita bola tarbiyachi tavsiya etgan yoki o‘zlari mustaqil tanlagan umumiy temani birgalikda bir qog‘oz sahifasida chizadilar. Butun gurux bolalari bitta umumiy applikatsiyani masalan, «Kuzgi zarang»ni yaratishlari mumkin. Ularga turli rangdagi — sariq, qizil, to‘q sariq, yashil rangdagi qog‘oz beriladi. Har bir bola tarbiyachi o‘ziga bergan qog‘ozdan zarang bargini qirqadi, so‘ngra barglar bir daraxtga yopishtiriladi. «Poezd», «SHahar ko‘chasi», «Bolalar bayramda raqs tushishyapti» va shu kabi jamoa kompozitsiyalar ham qiziqarlidir. Katta maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar yirik formatli applikatsiyalarni ham bajara oladilar. Bu odatda biror bayramga atab qilinadi va undan zal yoki gurux xonasini bezashda foydalaniladi.Tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarida bolalarda jamoa bo‘lib ishlash ko‘nikmasini shakllantirish uchun katta imkoniyatlar mavjud. Rasm va narsa yasashda bolalar ijtimoiy hayot voqealarini aks ettiradilar, ularga o‘z munosabatlarini bildiradilar. Jamoa ishlash ko‘nikmasini yanada chuqurlashtirishda turli mavzularda jamoa ishlarini tashqil qilish, mashg‘ulotlar o‘tkazish juda muhimdir.
Bolalar uncha katta bo‘lmagan jamoaga birlashib shug‘ullanadigan mashg‘ulotlar ham juda foydalidir. Masalan, bolalar qurish, yopishtirish va boshqa ishlarni bajarayotganlarida farmoyish berishga, kelishib olishga, ishlarni bo‘lishib olishga, javobgar yoki boshliqni tanlashga, bir-birlarining talablarini hisobga olib, birgalikda harakat qilishga o‘rganadilar.



Download 5,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish