120
14-MA'RUZA
MAVZU: AYRUV ORGANLARINING YOSh XUSUSIYATLARI. T
ЕRI
TUZILISHI VA FUNKTSIYALARI.
R
еja:
1. Ayruv organlarining organizm faoliyatidagi ahamiyati.
2. Ichki muhit barqarorligini saqlashda nafas yo`li, ichak yo`li, t
еri kabi
organlarning roli.
3. Buyrakning tuzilishi va funktsional ahamiyati.
4. Siydik hosil bo`lish m
еxanizmi.
5. Siydik tutaolmaslik (eniur
еz) kasalligi va uni
oldini olish
6. T
еrining ahamiyati, tuzilishi va funktsiyalari.
7. T
еri kasalliklari va chiniqtirish.
Ayruv organlarining organizm faoliyatidagi ahamiyati
. Ayrim organlari
organizm ichki muhitni doimiy saqlashda muhim rol oynaydi, u odam organizmidagi
moddalar almashinuvida hosil bo’lgan qoldiq moddalarning uzluksiz ravishda chiqarib
turishini ta’minlaydi.
Ayirish organlariga: buyraklar, o’pkalar, ovqat hazm qilish organlari va ter bezlari
kiradi.
Siydik kislota, qoldiq azot, tuzlar suvda erigan holda buyraklar orqali siydik
tarkibida ajraladi. Gazsimon
moddalar nafas olish organlari orqali tashqariga chiqadi.
Ovqatning
hazm bo’lmagan qismi ichakdan najas sifatida tashqariga chiqariladi. Odam
tanasidagi
suv, tuz, yog`’
kabi moddalar ter bezlari orqali ter sifatida ajralib turadi.
Ayirish sistemasining asosiy qismini siydik ayirish organlari tashkil qiladi. Bu
organlarga: buyraklar, siydik yo’li, qovuq yoki siydik pufagi va siydik chiqarish kanali
kiradi.
Ayirish organlari yoki buyrak bolaning embrionlik davrida uning mezaderma
qavatida shakillanib, 3ta davrni pronefroz, mezanefroz, metanefrozni o’z ichiga oladi.
Bolalarning buryragi katta-kichikligi va vazniga ko’ra kattalarnikidan farq qiladi.
Buyrak juft organ bo’lib, o’ng va chap buyraklarga bo’linadi. Shakli loviya shakliga
o’xshash bo’lib, qorin bo’shlig’ining bel qismida ya’ni 1 va 2 bel umurtqalarining yon
tomonida joylashgan. Yangi tug’ilgan bolada buyrakning vazni 11-12, 1 yoshda 27-36
gr, 5 yoshda 55-56 gr, 7 yoshda 82-84 gr, 13 yoshda 100-102 gr, 15 yoshda 115-120,
kattalarda esa 150 gr bo’lib, uzunligi 10-12 sm, eni 5-6 sm, qalinligi 3-4 sm bo’ladi.
Buyraklar murakkab tuzilgan organ bo’lib, po’st va mag’iz qavatlardan iborat. Uning
asosiy struktura birligi nefronlar bo’lib, ular buyrakda filtiratsiya funksiyasini bajarib
qondagi moddalarni filtirlab birlamchi va ikkilamchi siydik shakillantiradi. Buyrakning
po’st qavatida Shumlyanskiy Baumen kapsulasi bor. Bu kapsula 2 qavatli pardadan
iborat bo’lib, undan egri-bugri kanalchalar boshlanib, buyrakning mag’iz qavatiga
o’tadi. Buyrakning mag’iz qimida egri-bugri kanalchalar to’g’rilanib, yuqoriga buriladi
121
va bu burilish joyi genli halqasini hosil qilib, yana po’st qavatga qaytadi. Kanalcha
chiqarish yo’liga quyiladi. Chiqarish yo’llari po’st va mag’iz qavatlari orqali o’tib,
buyrak jomiga quyiladi. Undan esa siydik yo’llari orqali qovuqqa yoki siydik pufagiga
quyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |