Topshiriq.
1. Ishlab chiqarishdagi yillik N-1 shakldagi dalolatnomalar o’rganilsin va baxtsiz hodisalarning sabablari aniqlansin.
2. Statistik usul yordamida har bir talaba uchun berilgan variant tipidagi son qiymatlarini jadvaldan olib, ishlab chiqarishda ro’y bergan baxtsiz hodisalarning takrorlanish, og’irlik, yo’qotish va o’lim miqdori koeffitsientlari hisoblansin.
KT-takrorlanish, KO/-og’irlik, KY- yo’qotish, KO’- o’lim miqdorini ko’rsatuvchi koeffitsentlarini hisoblash uchun qiymatlar.
7-jadval
Variant
|
R
|
T
|
DYA
|
Variant
|
R
|
T
|
DYA
|
1
|
800
|
3
|
81
|
11
|
365
|
3
|
64
|
2
|
947
|
4
|
48
|
12
|
410
|
4
|
48
|
3
|
645
|
2
|
16
|
13
|
440
|
4
|
78
|
4
|
342
|
1
|
19
|
14
|
617
|
6
|
96
|
5
|
610
|
2
|
24
|
15
|
847
|
8
|
41
|
6
|
1105
|
5
|
65
|
16
|
565
|
6
|
85
|
7
|
1810
|
6
|
48
|
17
|
498
|
5
|
70
|
8
|
1960
|
7
|
112
|
18
|
369
|
4
|
49
|
9
|
764
|
4
|
64
|
19
|
817
|
2
|
23
|
10
|
545
|
5
|
5511
|
20
|
645
|
1
|
29
|
5-Amaliy mashg’ulot
Mavzu: Havodagi gaz va chang miqdorini aniqlash.
Ishdan maqsad; Ishlab chiqarish muhitidagi havoning changlanganlik darajasini gravimetrik usulda o’lchash va havoning gazlanganligini PGF tipidagi gazaonalizator yordamida aniqlashni o’rganish hamda sanitariya nuqtai nazaridan baho berish.
Foydalaniladigan asbob va moslamalar
CHanglanganlik darajasini aniqlash qurilmasi, chang so’riluvchi kamera, aspirator, allonj va filtrdan iborat yig’iluvchi qutti, PGF gazonalizatori.
Umumiy ma’lumot .
Havodagi gaz va bug’ mikdorini aniqlash uchun mo’ljallangan priborlar gazoanalizatorlar deb ataladi.
PGF tipidagi ko’chma gazoanalizator kabel tonneli, quduq havosida yoki biror xonada ish boshlashdan oldin uning havosida yonuvchi gazlar miqdorini aniqlashga imkon beradi.
PGF gazoanalizatorining sxemasi (10-rasm) elektrik o’lchash ko’prigidan iborat bo’lib, yonuvchi gazlar bo’lmaganida ko’prik muvozanatda bo’ladi. Gazoanalizatorning o’lchash kamerasi(9) ga priborga mantaj qilingan porshenli nasos yordamida analiz qilinayotgan havo bilan gazning aralashmasi so’rib olinadi.
Ta’minlash manbai zanjiridagi tugmacha bosilganda tok o’lchash kamerasiga joylashtirilgan platina spiralni qizdiradi va shu spiralda, agar gaz-havo aralashmasi yonuvchi bo’lsa, uning katalitik yonishi sodir bo’ladi.
Kamera (9) da aralashmaning yonishidan qo’shimcha qizish hisobiga platina spiralning qarshiligi kamera (10) dagi qarshilikka nisbatan o’zgaradi. Buning natijasida ko’prikning muvozanati buziladi va galvanometrning strelkasi og’adi.
10-rasm. PGF gazoanalizatorining elektrik sxemasi.
1-batareya, 2 va 3- o’zgaruvchan rezistorlar, 4 galvonametr, 5 va 6 o’zgarmas rezistorlar, 7 va 8 galvonometrning qo’shimcha rezistorlari, 9-o’lchash kamerasi; 10- taqqoslash kamerasi.
11-Rasm: Gravimetrik usulda havoning changlanganlik darajasini aniqlash qurilmasi.
I-changlantirish kamerasi: II-aspirator: 1.Havo purkagichlar: 2 -uch yo’nalishli kran: 3 - organik oyna: 4- filtrli allonj: 5-rezina trubakalar: 6 –shtutser: 7-oyna.
8-namuna olish tezligini rostlovchi dasta: 9-rotametr: 10-chang yig’gich.
Aspirator bu chang havoni allonj orqali so’rib oluvchi qurilma, shu bilan birga surilgan havoning xajmiini ham ulchaydi.
Allonj- filtr urnatiladigan metall yoki shishiassilindr
Belgilangan xonada havoning changlanganligini baholash uchun changning massasini, xajm birligidagi chang zarrachalarining sonini, uning tuzilish tarkibini, bug’lanuvchanligini va zaxarligini hamda formasini bilish shart. Havoning changlanganligini gravimetrik (tarozida tortish), hisoblash (sanash), elektrik va fotoelektrik usullar bilan aniqlash mumkin. Ushbu mashg’ulotda biz gravimetrik usulni o’rganamiz (11-rasm). Gravimetrik usul bu xajm birligidagi havo tarkibida bo’lgan chang massasining og’irligini o’chashdan iborat. Buning uchun maxsus filtrning og’irligi analitik tarozida o’lchab olinadi, so’ngra u orqali belgilangan xajmdagi chang –havo aralashmasi so’riladi. Filtrning og’irligini yana taroziga tortiladi. CHang aralashmasining xajmiy og’irligi quyidagi formuladan aniqlanadi. mg|m3.
(7)
Bu erda R- filtrning boshlangich og’irligi (mg) R - filtrning oxirgi og’irligi (mg V harorat va 760 mm.sim.ust (m3) havo bosimidagi normal holatga keltirilgan havoning filtr orqali so’rib olingan hajmi
(8)
Bu erda Vt - t harorat va V bosimdagi havoning filtr orqali so’rib olingan hajmi; V-namuna olingan xonaning barometrik bosimi (mm.sim.ust); t-namuna olingan xonaning harorati (0S); Gravimetrik usulning kamchiligi shundaki, bu usul bilan havodagi changning ximiyaviy tarkibiga baho berib bo’lmaydi. Bu esa havoga gigienik baho berib bo’lmaydi .U yoki bu og’irlikka ega bo’lgan chang zarrachalarining yig’ilishi inson organiziga turlicha ta’sir qiladi. Yirik va mayda changlarning ta’siri havoning xarakteriga bog’lik bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |