Ribosoma gialoplazmada erkin holda hamda endoplazmatik to’r va yadrolarning tashqi
pardalarida ko’p sonda uchraydi.
Ribosomaning o’lchami 20 nm atrofida bo’lib, murakkab zarracha hisoblanadi. U ikkita katta va
kichik subbirliklardan tashkil topgan. Hozir ribosomaning ikkita asosiy turi, ya’ni prokariot va
eukariotlar ribosomalari farq qilinadi. Bundan tashqari mustaqil holda mayda, oqsil to’plovchi
ribosomalar mitoxondriyalar, xloroplastlar tarkibida uchraydi.
Ribosomaning tarkibiga r-RNK va oqsillar kiradi. r-RNK ribosomaning 50-63% qismini tashkil
etib, tuzilishining asosi hisoblanadi. Oqsillar o’nlab sonda bo’lib, ular r-RNK ning maxsus qismlari
bilan bog’lanadi. Ribosomalarda hujayraning eng muhim xususiyati – oqsil to’plash alamga
oshiriladi.
-rasm. Xloroplastning tuzilishi. 1-tilakoidlar; 2-tashqi va ichki membranalar; 3- stroma;
Do'stlaringiz bilan baham: |