Ildizning ikkilamchi anatomik tuzilishi. Loviya urug’i va murtagining tuzilishi bilan,
tanishib chiqib, urug’ choki, urug’ yo’li, urug’ murtagi va urug’ palla barglarining joylashishi
o’rganib chiqiladi.
Ildiz yuksak o’simliklarning vegetativ organi bo’lib, tuproq ostida joylashgan. Ildiz
morfologik bo’gim oraliqlariga bo’linmagan, bargsiz bo’lib, ildiz qini bilan o’ralagan apikal
meristemaga ega. Shu bilan u poyadan farq qiladi. Ildizning funktsiyasi xilma-xil: 1.O’simliklarni
tuproqqa mustahkam biriktirib turadi, ularni suv va unda erigan mineral modddalar bilan
ta’minlaydi. 2. Ildizda turli organik moddalar sintezlanadi. 3. Turli organik moddalar ildizda zaxira
holda to’planadi. Ildiz vegetativ ko’payish organidir. Tuproq unumdorligini oshirishda
ildizning roli katta. Ildiz hayot protsessida o’zidan turli organik kislotalar, boshqa turli moddalar
ajratadi. Bu moddalar tuproq tarkibidagi murakkab organik moddalarni eritib, o’simliklar yaxshi
o’zlashtirishga imkon yaratadi. Ildizlar kelib chiqishiga, shakliga ko’ra xilma-xil bo’ladi. Kelib
chiqishiga ko’ra asosiy, yon va qo’shimcha ildizlar bo’ladi. Asosiy ildiz urutdan o’sadi. Urug’dan
o’sgan murtak ildizcha vertikal holatda bo’lib, o’sib tuproqqa chuqur kiradi. Asosiy ildizlarning
tarmoqlanib o’sishidan yuzaga kelgan iddizlar yon ildizlardir. Poya, barg, ildizpoya va
o’simliklarning boshqa organlaridan o’sib chiqqan ildizlar qo’shimcha ildizlardir. Ko’pgina
o’simliklarning yer usti organlari yerga tegib tursa, qo’shimcha ildiz chiqaradi, buni tok, malina,
smorodina, na’matakda kuzatish mumkin. Qo’shimcha ildizlar ham tuproqqa kirib, asosiy ildiz
vazifasini bajaradi. Asosiy, qo’shimcha va yon ildizlar yigindisi ildiz sistemasini hosil qiladi.
Ildizlar shakliga ko’ra ikki xil: o’q ildiz va popuk ildiz bo’ladi. O’q ildiz urug murtagidan o’sgan
asosiy ildizdir. U yaxshi rivojlanagn bo’lib, yon ildizlarga qaraganda baquvvat bo’ladi va ildizning
asosiy o’qini tashkil etadi.
Ildiz o’sish konusining tuzilishini o’rganish. Ildiz uchidan o’sadi. Iddizlar uchida nozik
meristima to’kimalaridan tuzilgan o’sish konusi joylashgan. Ildiz o’sish konusining tuzilishini
bugdoy maysasi ildizida yoki piyoz ildizining o’sish konusidan tayyorlangan preparatdan
o’rganiladi.
Oldindan fiksatsiyalab qo’yilgan ildizdan yupqa ko’ndalang kesmalar kesib, floroglyutsin
va xlorid kislotada ishlov beriladi. Tayyor bo’lgan preparatni, mikroskopda ko’rsak quyidagilar
ko’rinadi. Ildiz markazini birlamchi ksilema elementlari egallaydi. Ksilema nurlari orasidagi
parenximatik hujayralardan tuzilgan radial nurlar, ular orasida esa ikkilamchi ksilema joylashgan
bo’ladi. Ikkilamchi ksilema atrofida o’zaro zich joylashgan hujayralar ko’rinadi. Bu hujayralar
kambiy bo’lib, tashqi tomondan ksilemani o’rab turadi.
Dastlab kambiy ksilema va floema orasidagi parenxima hujayralardan, keyinchalik ksilema nurlari
to’g’risida joylashgan, peritsikl hujayralaridan shakllana boshlaydi. Natijada ko’ndalang kesmada
kambiy halqasi ko’rinadi. Kambiy hujayralari tangental bo’linishi hisobiga tashqi tomonga
ikkilamchi floemani, ichkari tomonga esa ikkilamchi ksilemani hosil qiladi. Kambiy xalqasi
hujayralari ikkilamchi floemaga nisbatan ikkilamchi ksilemani ancha ko’p hosil qiladi. Shu bilan
birga ikkilamchi ksilema orasida joylashgan radial nurlar deb ataluvchi parenxima hujayralari ham
vujudga keladi. Bu hujayralar oziq moddalarni ildiz chetidan markazga yoki aksincha markazdan
chetki qismlarga o’tishini ta’minlaydi.
Kambiydan tashqari, qolgan peritsikl va po’stloq parenximasidan po’kak kambiysi –
fellogen qavati hosil bo’ladi. Fellogenning ichki qavati fellodermani, tashqi qavatdagi hujayralar
esa po’kakni hosil qiladi. Po’kak, fellogen, felloderma birgalikda ikkilamchi qoplovchi to’qima –
peridermani tashkil qiladi. Fellogen (po’kak kambiysi) hosil bo’lishi bilan birlamchi po’stloqning
tashqi hujayralari nobud bo’ladi va keyinchalik to’kilib ketadi. Periderma esa to’liq ximoya
vazifasini bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |