Simoz. Simoz - simpodial o’sadigan murakkab to’pgullar bo’lib, birinchi gul ochilgandan keyin
asosiy o’q o’sishdan to’xtaydi. Yon shoxlarini soni tur uchun o’zgarmas bo’ladi. Gullar yuqoridan
pastga qarab (bazipetal) ochiladi. Yon shoxlarning soniga qarab uchga bo’linadi: dixazii, monoxazii
va pleyxazii.
I. Dixazii - to’pgulda asosiy o’q gul bilan tugaydi, guldan pastki bo’g’imda qarama–qarshi yoki
ketma-ket ikkita ikkinchi tartibli yon o’qlar hosil bo’ladi. Bularning uchi ham gul bilan tugaydi.
Ikkinchi tartibli shox ham asosiy o’qqa o’xshash shoxlanadi (chinnigul).
II. Monoxazii - bu tipdagi simoz to’pgulning asosiy o’qi faqat bita yon o’qni hosil qiladi. Yon
o’qlar asosiy o’qning yuqorigi qismida paydo bo’ladi. Monoxazii ikkiga: gajak va ilon izi
to’pgullarga bo’linadi. 1) Ilonizi - asosiy o’qning uchi gul bilan tugaydi va keyin o’smaydi. Guldan
pastda paydo bo’lgan ikkinchi tartibli o’qlar asosiy o’qning birgal o’ng tomonida birgal chap
tomonida rivojlanib gul bilan tugaydi (gladiolus, gulsapsar).
2) Gajak to’pgulda – asosiy o’q bitta gul bilan tugaydi, yon o’qlar asosiy o’qning faqat bir tomonida
paydo bo’ladi va gul bilan tamomlanadi. Uchki tomoni esa ichiga qarab qayrilib boradi.
III. Pleyoxaziy - simoz to’pgul bo’lib, asosiy o’qning o’rniga kelgan bir qancha yon shoxlar
deyarlik mutovka shaklida joylashadi va kuchli o’sib asosiy o’qdan uzunroq bo’ladi (sutlam). Yon
o’qlardagi to’pgullar dixazii va monoxazii bo’lishi mumkin.
IV. Ro’vak – monopodial o’sadigan asosiy va simpodial yon o’qlarga ega bo’lgan murakkab
to’pgul. Ko’pincha bu to’pgul ikki qator gajak yoki ilonizi to’pgullaridan tashkil topadi
(labguldoshlar, govzabonguldoshlar). Haqiqiy ro’vak asosiy o’q yaxshi rivojlanib ko’p sonli va
tartibli yon to’pgullarni hosil qiladi. Gullab bo’lgandan keyin asosiy o’qi osilib qoladigan
to’pgullarga kuchala deyiladi. Agar asosiy o’qi qisqa va yon o’qlari bilan qo’shilib o’ssa, partsial
to’pgullarning soni kamayib ketsa ro’vak yolg’on soyabonga o’xshab ketadi.
Gullashning mohiyati changdonning yorilib changni qabul qilishga tayyor turgan og’izchaga
tushishi bilan belgilanadi. O’simlik gullashdan oldin g’uncha hosil qiladi. G’unchaning
gulkosabarglari bilan tojbarglari-ning pastki qismlari yuqoriga tez o’sadi va ochiladi. Ayni paytda
changchilar va urug’chilar ham ochiladi. Shu hodisa gullash deb ataladi. Gullashning tugashi
gultoji-ning, ba’zan gulqo’rg’onning so’lishi bilan belgilanadi. Lekin ayrim o’simliklar, masalan
soxta kashtanda gultoji gullashdan keyin ham ancha kun saqlanib turadi. Alohida gullarning gullash
muddati turlicha: bir necha soatdan – bir necha haftagacha (masalan, arxideyalarda). Gulning
ochilishi ma’lum harorat va namlikni talab etadi. Shu sababli ayrim gullar ertalab ochilsa,
boshqalari peshinda yoki kechqurun ochiladi.
Gul changdonidagi yetilgan changning turli yo’l bilan urug’chi tumshuqchasiga tushishi