Barglarning shakl o’zgarishlari (metamorfozi). Barglarni shakl o’zgarishlari tabiatda tez-tez
uchrab turadigan jarayondir. Barglar jingalak (rus nuxati, burchoq), tikon (kaktus), fillodiya
(Avstraliya akatsiyasi), tangachasimon va boshqalar. Barglarning shakl o’zgarishi ularning suv kam
bug’latishiga moslashganligidadir. Ko’pchilik o’simliklarning barglarining uchki qismi jingalaklar
hosil qilib, atrofdagi narsalarga ilashib ingichka poyasini ko’taradi. Ba’zi o’simliklarning barg
uchlari tikonga aylanib o’zini himoya qiladi (zirik). Ba’zi o’simliklarning barg bandi kengayib suv
tanqis yillari o’zini qurib qolishidan saqlaydi (akatsiyaning ba’zi bir turlari). Cho’l adirlarda
o’sadigan ba’zi o’simliklarning barglari qisqarib tangacha barglarga aylanib qolgan, o’simlik
bargsiz kabi ko’rinadi (efedra, anabazis).
Do'stlaringiz bilan baham: |