Barg ontogenezi. Barg o’z taraqqiyotini kurtak ichida va undan tashqari fazalardaa o’tkazadi.
Birinchi faza davomida boshlang’ich barg voyaga yetgan barg shaklini oladi, ammo u kichik
o’lchamda va o’ralgan holda bo’ladi. Ikkinchi fazaga o’tganda esa hujayralarning bo’linishi va
cho’zilishi natijasida barg rivojlanadi. Bargning shakllanii boshlang’ich barg uchki hujayralarining
bo’linishi va keyinchalik interkalyar hamda chekka meristemalar hisobiga boradi. Kurtak
yozilganidan so’ng bargining yuzasi bir necha o’n va yuz marta ortiladi.
Boshlang’ich barg ancha erta ostki va uchki qismlarga ajratiladi. Lekin ularning keyingi taraqqiyoti
notekis davom etadi. Ostki qism barg asosini, uchki qismi esa barg yaprog’ini va bandini hosil
qiladi. Ikki pallalilarda dastlab hosil bo’lgan barg boshlang’ich bargning o’rta tomiri joylashdigan
o’rniga aylanib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |