5. Teratologiya usuli. Bu usul bilan o’simliklarning kamchilik va nuqsonlari o’rganiladi hamda
ayrim organlarning kelib chiqishi aniqlanadi. A. B. Beketov, A. A. Fedorov va boshqalar gul
morfologiyasini o’rganishda bu usuldan foydalanganlar.
6. Eksperimental usul. Bu usul o’simliklardagi ma’lum shakl va tuzilishlarining sababini, ularning
tabiatini va kelib chiqishini to’g’ri aniqlab, tushuntirib beradi. Masalan, suv bug’lari bilan to’yingan
atmosferada zirk va tikandaraxt (gledichiya) degan o’simliklar o’stirilsa, zirkning tikani bargga,
tikandaraxtning tikani novdaga aylanadi. Bu, tikanning morfologik jihatdan har xil manbadan kelib
chiqishini ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |