1. Solishtirma morfologiya. Bu usul o’simliklarning xilmaxil vegetativ va generativ organlarining
morfologik xususiyatlarini taqqoslab, har tomonlama o’rganish bilan ular o’rtasidagi o’xshashlik
hamda yaqinlik munosabatlarini aniqlaydi.
Uzok. vaqtgacha morfologiyada yuksak o’simliklarning tanasi uchta asosiy a’zoga — ildiz, poya
va bargga ajratib o’rganilgan. Ammo, solishtirmamorfologik usul asosida olib borilgan tekshirishlar
o’simliklarning vegetativ organlarini faqat ikki a’zoga - novda va iddizga ajratishni isbotladi.
Novdani asosiy vegetativ organ deb ta’riflanishining sababi shundaki, uning elementlari (poya va
barg) o’simliklarning ontogenezida faqat bitta meristemadan taraqqiy etib novdaga aylanadi. Poya
va barg ikkilamchi bo’lib, faqat novdadan rivojlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |