Fitotsenologiya floristika bilan yaqindan aloqada bo’lib, uning asosiy maqsadi biror geografik
sharoitdagi o’simlik turlari majmuini tuzishdan iborat. Flora- (lotincha flora - gul) ya’ni tur va
undan katta bo’lgan taksonomik birliklar to’g’risidagi ma’lumot. Floristika ma’lumotlari
fitotsenologiyada va sistematikada keng qo’llaniladi.
O’simliklar geografiyasi Yer yuzidagi o’simliklar (tur, turkum, oila) hamda o’simliklar
uyushmalarining yer yuzi bo’ylab tarqalishi va taqsimlanishi qonuniyatlarini o’rganadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |