105
AMALIY MASHG’ULOT
14-mavzu: To’pgullar va ularning turlari
Kerakli asbob va materiallar: Mikroskop, lupa, buyum va qoplag’ich oynalar, buyum
oynasi, qoplag’ich oyna, suvdon pintset, igna.
Ishni bajarish tartibi. Ob’ektlar yangi yoki fiksirlantan holda olinib, shtativ lupa va buyum
ninalari yordamida analiz qilinadi. Gul qismlarini o’rganishda kosachaborglarining, tojbarglarining
joylashishiga, changchilarning soniga, ularning yirik-maydaligiga, gulqo’rg’ondagi o’rniga,
urug’chi va uning xoialari soniga e’tibor beriladi. Burchoqdoshlar oilasining vakillaridan zigomorf
gulning tuzililishi analiz qilinadi. Bunda kosachabarglarning tutashganligi, tojibarglarning
tabaqalashganligi, ya’ni yelkan, qayiqcha va eshkak qismlariga ajralishi va qayiqchaning ikkita
tojibarglar tutashganligidan hosil bo’lganligi aniqlanadi. Changchilar o’nta ekanligi, to’qqiztasi
tutashib o’sib, bittasi alohida ekanligi belgilanadi.
To’pgullar klassifikasiyasini o’rganish maqsadida xilma -xil to’pgullardan namuna olib ,
lupa bilan sinchiklab ko’riladi va ular qaysi tur xiliga mansub ekanligi aniqlanadi.
Bitta gul bandida bir nechta gul joylashib, hammasi uchun umumiy bo’lgan o’rama gulyonbargchali
gullar to’pgul deb ataladi. To’pgul o’simliklarga nisbatan yakka gullilar juda oz miqdorda uchraydi.
Masalan, lola, ko’knori, piyon, magnoliyaning guli yakka gul. To’pgullarning kelib chiqishi
biologik jixatdan katta afzalikka ega. Masalan, gulning changlanishi uchun birmuncha qulayligi,
hashoratlarni jalb etadigan bo’lishi, o’tkir hidliligi, to’pgul ichidagi gullarning birin
- ketin ochilishi
va boshqalar.
To’pgullar ikki xil: botrik, ya’ni monopodial shoxlanuvchi va simoz, ya’ni simpodial
shoxlanuvchi bo’ladi. Botrik to’pgullar monopodial shoxlanuvchi, asosiy o’q qismi gul bilan
tugamaydigan noaniq gullarni o’z ichiga oladi. Bu gruppaga kirgan gullarning rivojlanishi akropetal
bo’lib, pastdan yuqoriga tomon asta
-sekin ochilib borishi bilan xarakterlanadi. Bu gruppaga
quyidagi to’pgullar misol bo’ladi
1. Shingil- to’pgulning markaziy o’q qismida ko’plab gullar kichik boshlari bilan joylashgan bo’ladi
(shirach, akatsiya, sholg’om va boshqalar).
2. Boshoq -markaziy o’q qismiga bir necha gul birin
-ketin bandsiz holatda joylashgan bo’ladi
(zubturum).
3. So’ta
-tuzilishiga ko’ra markaziy o’q qismi yo’g’onlashib, etli bo’lishi bilan boshoqdan farq
qiladi (makkajo’hori).
4. Qalqoncha- gul bandining ikkinchi tartiblari bir hil tartiblilari bir hil uzunlikda bo’lmaganligi
sababli barcha to’p gullari bir tekis joylashadi. Natijada qavariq tuzilgan bo’ladi (oqbosh va
sariqboshda).
5. Oddiy soyabon
- markaziy o’q qismi qisqarib, barcha gul bandlari deyarli bir hil uzunlikda
bo’ladi. Shu sababli hamma gullar bir tekisda joylashadi (piyoz, olma, olchada).
6. Boshcha
- markaziy o’q qismi qisqargan, ikkinchi tartiblarni ham qisqa, gullari bandsiz, zich, bir
Do'stlaringiz bilan baham: