O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti biologiya kafedrasi


Bir  pallali  o’simliklarning  endospermli  urug’lari



Download 3,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/260
Sana31.12.2021
Hajmi3,95 Mb.
#200446
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   260
Bog'liq
botanika

Bir  pallali  o’simliklarning  endospermli  urug’lari.  Bir  pallali  usimliklarning  muhim  hujalik 
ahamiyatiga  ega  bo’lgan  maskur  vakillari  qo’ng’irboshdoshlar  oilasiga  mansubdir.  Ularning  meva 
yonligi  bir  urug’li,  ya’ni  doni  o’ziga  xos  tuzishga  ega.  Bularning  urug’i  boshqa  bir  pallali 
o’simliklarni  urug’idan  farqlanib,  murtakning  bir  tomoni  endosperm  bilan  chegaralanib  turadi. 
Natijada  urug’palla  endospermga  yopishgan  holda  yassi  qalqon  shaklni  oladi.  Qalqonning  shinish 
vazifasi uning sirtiga joylashgan maxsus hujayralar yordamida amalga oshadi. Ko’pchilik bir pallali 
o’simliklarga  nisbatan  boshoqli  o’simliklar  murtagidagi  kurtakcha  yaxshi  rivojlangan  va  2  -3  ta, 
ba’zan bir necha barg boshlang’ichiga ega bo’ladi. 
Urug’ning  unishi  uchun  ma’lum  sharoit  bo’lishi  zarur.  Shularning  eng  muhimi  suv  va  unayotgan 
urug’ning  jadal  nafas  olishini  ta’milash  uchun  yetarli  miqdorda  kislorod  bo’lishi  kerak.  Bulardan 
tashqari,  har  bir  o’simlik  urug’ining  unishi  uchun  ma’lum  darajada  harorat  talab  etiladi.  Hamma 
o’simliklarda ham urug’larning unishini jadal borishi uchun optimal harorat (25-30°C) talab etilsa, 
minimal  harorat  o’zgaruvchan  bo’ladi.  O’rtacha  harorat  va  sovuq  iqlimda  o’suvchi  o’simliklar 
uchun  minimal  harorat  noldan  bir  oz  yuqori  bo’lishi  mumkin  (sebargada  0,5°C,  javdarda  1°C, 
zig’irda  2°C,  bug’doyda  4°C).  Subtropik  va  namli  tropik  o’simliklar  urug’i  uchun  10-20°C  va 
undan ortiq (g’o’zada 14°C, sholida 10°C, qovun va bodringda 15-18°C), ba’zi urug’larning (mas. 
selderey va zirkda) unishi uchun o’zgaruvchan harorat qulay hisoblanadi. 
Urug’  unishidan  oldin  suv  shimib  bo’kadi.  Ana  shu  vaqtda  urug’  po’sti  yorilib,  fermentlar 
yordamida endosperm yoki perispermdagi oziq moddalarni parchalab eriydi. 
Keyinchalik murtakning oziq moddalarni shimishi ham urug’pallalar yordamida boradi. Murtakning 
oziq moddalar bilan ta’minlanishi tufayli uning hamma organlari o’sa boshlaydi. 
Urug’pallalar har doim ham tuproq yuzasiga chiqavermaydi. Ba’zi o’simliklarda gipokotil juda sust 
o’sadi.  Shuning  uchun  ham  urug’pallalar  tuproq  ostida  qoladi.  Bunday  hollarda  ikkinchi  bo’g’im 
oraliq  –  epikotil  cho’zilib  tuproq  yuzasiga  kurtakni  olib  chiqadi.  Birinchi  tur  unish  yer  ustki, 
ikkinchisi esa yer ostki o’sish deb ataladi. Yer ustki unish ikki pallali o’simliklardan g’o’za, loviya, 
kungaboqar, sabzi, lavlagi, bodring va boshqalar uchun xosdir.   
Yer ostki o’sish eman, no’xat, po’fanak, nasturtsiya kabi o’simliklarning urug’lari uchun xarakterli. 
Shunday qilib, ikki pallali o’simliklarning maysasida quyidagi qismlar ajratiladi: asosiy ildiz, ildiz 
bo’yni, gipokotil, urug’palla, epikotil, birinchi haqiqiy barg va uchki kurtak. Bar pallali o’simliklar 
maysasi  boshqacha  tuzilishga  ega.  Masalan,  qo’ng’irboshdoshlar  popuk  ildiz  sistemasiga  ega. 
Bunday  ildiz  sistemasi  murtak  ildiz  bilan  birga  yoki  bir  necha  soat  keyin  qo’shimcha  ildizlarning 
hosil bo’lishi bilan bog’liq. Qo’shimcha ildizlar poyaning eng pastki qismdan o’sib chiqadi. Asosiy 
ildiz uzoq vaqt o’smaydi. Shuning uchun ham qo’shimcha ildizlar orasida ajralib turmaydi. Novda 
tuproq  yuzasiga  koleoptil  yordamida  yorib  chiqadi.  Tuproq  yuzasida  koleoptil  o’sadi  va  unda  esa 
maysaning  dastlabki  haqiqiy  barglari  ko’zga  tashlanib  turadi.  Shunday  qilib,  zigotadan 
hujayralarning  bo’lishi  va  ajralishi  natijasida  urug’  murtagi  va  uning  unishidan  maysa  hamda 
o’simlikning  hamma  vegetativ  organlari  –  ildiz,  poya  va  barglar  shakllanadi.  Meva  yopiq  urug’li 
o’simliklar  uchun  xos  bo’lgan  generativ  a’zo  hisoblanib,  gulda  urug’lanish  jarayonidan  so’ng 
uruhchi  tugunchasi  va  gulning  boshqa  a’zolari  ishtirokida  rivojlanadi.  Agarda  gulda  bir  necha 
urug’chi bo’lsa, ular urug’langanidan so’ng ayrim mevalardan tashkil topgan to’pmeva rivojlanadi. 
Mevalar shakli, ichki tuzilishi va gistologik xarakteriga ko’ra nihoyatda xilma – xildir. Mevanining 
po’sti  yoki  meva  yonligi  perikarp  deb  atalib,  uni  shartli  ravishda  uchta  qavati  ajratiladi:  ichki 
endokarp,  o’rta  mezokarp  va  tashqi  ekzokarp.  Ushbu  qavatlar  barcha  mevalarda  bir  xil  darajada 
rivojlanmagan. 


 
81 
Aytib  o’tganimizdek,  meva  urug’chining  tugunchasi-dan  hosil  bo’ladi.  Ayrim  hollarda  esa  meva 
hosil  bo’li-shida  ustuncha,  juda  kam  hollarda  –  og’izcha  ishtirok  etadi.  Agarda  meva  hosil 
bo’lishida  mevachidan  tashqari  urug’ning  boshqa  qismlari,  ko’p  hollarda  gulo’rni  ishtirok  etsa, 
meva soxta meva deyiladi. 
Mevalar turli xil shakl va o’lchamlarda, meva qati esa turli tarkibda bo’ladi. Ho’l mevalarda meva 
qati  3  qismdan:  tashqi  –ekzokarp,  u  odatda  pishiq  va  mustahkam,  o’rta  –  mezokarp,  go’shtdor  va 
yaxshi  rivojlangan,  hamda  ichki  –  endokarpdan  iborat.  Ichki  qavati  turli  tarkibda,  ayrim 
o’simliklarda,  masalan  gilos,  olchada  u  qattiq  bo’ladi.  Meva  qati  quruq  mevalarda  ko’zga 
tashlanmaydi. 
Meva hosil qilishida qatnashgan urug’chining soniga qarab mevalar oddiy va murakkab mevalarga 
bo’linadi. Agarda gulda bitta
 
urug’chi bo’lsa, bu urug’chidan hosil bo’lgan meva oddiy, gulda bir 
nechta urug’chi bo’lib, bu urug’chidan hosil bo’lgan meva murakkab meva deyiladi. Agarda meva 
bir nechta guldan yoki to’pguldan hosil bo’lsa to’p meva deyiladi. Masalan, anjir va tutning mevasi 
to’p mevaga misol bo’ladi. 
Aytib  o’tilgan  xususiyatlarga  asoslanib,  mevalar  klassifikatsiyalangan.  Morfologik  xususiyatlariga 
qarab, bu sun’iy sistema avvalo mevalar quruq va ho’l mevalarga  bo’linadi. 
Quruq
 
mevalar  esa  ochiladigan  ko’p  urug’li  -ko’saksimon  va  ochilmaydigan  bir  urug’li  – 
yong’oqsimon bo’ladi.  
Ko’saksimon mevalar quyidagi tiplarga bo’linadi: 
Barg  meva  –  bitta  meva  bargchasining  birikib  o’sishidan  hosil  bo’lgan  bir  uyali,  ko’p  urug’li,  bir 
tomonlama ochiladigan quruq meva. Bunga ayiqtovon-doshlar vakillari misol bo’ladi. 
Dukkak  –  bitta  meva  bargchasining  birikib  o’sishidan  hosil  bo’lgan  bir  uyali,  bir,  ikki  yoki  ko’p 
urug’li,  ikki  tomonlama  ochiladigan  mevalar.  Dukkak-doshlar  oilasining  vakillari  bunga  misol 
bo’ladi. 
Qo’zoq va qo’zoqcha meva – ikkita meva bargchasi-ning birikib o’sishidan hosil bo’lgan, ikki uyali, 
ko’p  urug’li  meva  hisoblanadi.  Urug’lari  soxta  pardaga  o’rnash-gan,  ikki  tomonlama  ochiladigan 
quruq meva. Bularga karamdoshlar vakillari misol bo’ladi.
 
Ko’sak meva – ikki yoki bir nechta meva barglari-ning birikib o’sishidan hosil bo’lgan ko’p urug’li 
quruq meva, bangidevona, mingdevona, g’o’za mevasi bunga kiradi. 

Download 3,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish