Barglarning yashovchanligi. Barglarni o’simliklarda yashovchanligi turlicha. Ko’pchilik
o’simliklarda barglar bir necha oy yashaydi va qishda to’kiladi. Doimiy yashil bargli
o’simliklarning barglarini faqat bir qismigina to’kiladi, shuning uchun doim yashil bo’lib, barglari
to’kilmaganga o’xshab ko’rinadi. Barglarning yashovchanligi turli o’simliklarda turlicha masalan:
qarag’ay 2-yil, qora qarag’ay - 6-7 yil, zarnob - 6-10 yil, araukariya - 15 yil, Afrika cho’llarida
yashaydigan velvichiya barglari esa 100 – yildan ortiq hayot kechiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |