Nazorat savollari
1. Xotin-qizlar organizmining tuzilishi va ularda harakat apparatining o‘ziga xos xususiyatlari nimalarda namoyon bo‘ladi?
2. Xotin-qizlarda yurak-qon tomirlari tizimi va nafas olish a’zolarining o‘ziga xos xususiyatlarini izohlang.
3. Jismoniy mashq va sport bilan shug‘ullanish xotin-qizlar organizmiga qanday ta’sir qiladi?
4. Oylik jinsiy davr va unda xotin-qizlar organizmida kuzatiladigan o‘zgarishlar haqida fikr bildiring.
1.4 Tashqi muxitning alohida sharoitlarida sportchi ish qobiliyatining fiziologik asoslari.
Reja:
Harorat yuqori va quyosh nuri kuchli bo‘lgan sharoitlarda organizm funksiyalarining o‘zgarishi.
Yuqori haroratli sharoitning sportchi ish qobiliyatiga ta’siri.
Yuqori haroratli sharoitlarda sportchilarning ish qobiliyatini saqlash uchun ularning suv va tuzga talabini qondirish yo‘llari.
Tayanch so‘z va iboralar: harorat yuqori va quyosh nuri kuchli bo‘lgan sharoitlarda organizm funksiyalarining o‘zgarishi (yuqori harorat, organizm, ultrabinafsha, infra qizil, kislorod, badan harorati, nafas organlari, ter bezlari).Organizmning funksional rezerlari (kuchlanish, chinqish, imkoniyat, adaptatsiya). Atmosfera bosimi past bo‘lgan sharoitlarda sportchi ish qobiliyati (tog‘lik, balandlik, ish qobiliyati, gipoksiya). Mushak gipertrofiyasi (muskul ko‘ndalang kesimi, gipertrofiya, mushak massasi, sarkoplazmatik, miofibrilla).
Sportchining yuqori haroratli sharoitga adaptatsiyasi (moslashish).
Sport musobaqalari va mashq qilish jarayonlari hamma vaqt ham organizm hayot faoliyati uchun kulay sharoitlarda utkazilavermaydi. Organizmning hayot faolityai uchun nokulay bo‘lgan sharoit fiziologik jarayonlarni o‘zlashtirish bilan birga fiziologik fuksiyalarni ham izdan chikaradi5. Atrof muxit harorati, namligi, gaz tarkibi va boshqalar optimal darajada bo‘lganida organizm tarkibidagi organ va sistemalari funksiyasi o‘z me’yorida bo‘ladi. Kishi o‘zini yaxshi xis qiladi ish qobiliyati ko‘tariladi, ishga tez kirishidi, unda charchash kech rivojlanadi, ish unumi oshadi.
Mashq qilish yoki musobaqa sharoitlari organizmdai hayotiy jarayonlarni izdan chikargan bo‘lsa, ya’ni ichki organlar ishining kuchayishi yoki susayishi tana haroratini ortib ketishi organizm ichki muxiti tarkibida o‘zgarish belgilangan chegaradan ortiqcha bo‘lsa, kishi o‘zini yomon xis qiladi. Ishga tez Kirisha olmaydi, ish qobiliyati pasayib tez charchaydi ish unumi past bo‘ladi. bunday sharoitda organizmning hayot faoliyatini ta’minlash uchun ortiqcha energiya sarflanadi. Organizmda energiya zaxirasining kamayishi, o‘z-o‘zidan ma’lumki, kishida ishlash qobiliyatining yuqori darajada bo‘lishi, uning ishini berilgan quvvatda uzoq vaqt davom yettirishni ta’minlay olmaydi, ya’ni uni tezroq charchashga olib keladi.
Sportchining ish qobiliyatini pasaytiradigan bunday sharoitlarga tashqi muxitning qator omillari kiradi. Masalan, tashqi muxitning yuqori yoki past harorati, ya’ni kuchli issiq va sovuq, atmosfera bosimining kuchli o‘zgarishi pasayishi yoki ortishi shamolning tezligi ortiqcha namligi, ish bajariladigan joyning relefi, kun chiqishi va botish vaqtlarining keskin o‘zgarishi (ya’ni bir mintaqadan boshqasiga o‘tish paytlarida). Bunday omillar organizmning hayotiy jarayonlari tartibini o‘zgartirish bilan birga organizmning holatiga va ish qobilyatiga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Bunday sharoitlarning organizmga salbiy ta’sirini kamaytirish uchun kishining bunday omillar ta’siriga chidamliligini oshirish kerak bo‘ladi. sportda bu narsa muhim ahamiyatga ega bo‘lib, xar qanday sharoitda ham ancha yuqori natijaga erishishni ta’minlaydi. Buning uchun sportchi yuqorida ko‘rsatilgan sharoitlarda mashq qilishi, moslashish muhim vazifalardan biri yuqorida kayd etilgan sharoitlardan sportchi ish qobiliyatiga salbiy ta’sir etadigan omillarni aniqlash va organizmning unga tezroq moslashish yo‘llarini belgilashdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |