I. Nazorat savollari.
1. Jismoniy sifatlar tushunchasi nima?
2. Mushak gipertrofiyasi nima?
3. Mushakning absalYut va nisbiy kuchi nima?
4. Harakat tezligi va fiziologik mexanizmi nimadan iborat?
5. Chaqqonlikning fiziologik omillari nimadan iborat?
6. Egiluvchanlik va unga ta`sir qiladigan omillar qaysilar?
7. Chidamlilik va uning qanday turlari mavjud?
II. Tayanch iboralari.
Jismoniy sifatlar haqida tushuncha.
Mushak gipertrofiyasi.
Mushakning absalYut va nisbiy kuchi haqida tushuncha.
Harakat tezligi rivojlanishining fiziologik mexanizmi
Chaqqonlik, uni belgilaydigan fiziologik omillar.
Egiluvchanlik, unga ta`sir qiladigan omillar
Chidamlilik, uning turlari.
III. Foydalanilgan adabiyotlar.
Qurbonov Sh., Qurbonov A. «Jismoniy mashqlarning fiziologik asoslari». T., «O`AJBNT» markazi, 2003.
Nazarenko L.D. «Fiziologiya fizicheskogo vospitaniya i sporta». Ul’yanovsk, 2000.
Azimov N.G`., Sobitov Sh.S. «Sport fiziologiyasi»., T., «O`ZDJTI» nashriyot bo`limi, 1993.
Azimov N.G`., Sobitov Sh.S. «Fiziologiya» Jismoniy tarbiya institutlari uchun o`quv qo`llanma.T., «O`ZDJTI» nashriyot bo`limi, 1996.
Fiziologiya cheloveka. Uchebnoe posobiya dlya institutov fizicheskoy kul’turo`. Pod red. prof.Azimova I.G., T., «Meditsina», 1991.
Azimov N.G`., Hamroqulov A.K. Sobitov Sh.S. Umumiy va sport fiziologiyasidan amaliy mashg`ulotlar. T., «O`qituvchi» 1992.
1.3 Ayollarning sport mashqlari bilan shug‘ullanishining fiziologik asoslari.
Reja:
1. Ayollarda harakat va vegetativ funksiyalarining xususiyatlari
2. Sport bilan shug‘ullanishning ayollar organizmiga ta’siri
3. Ayollar organizmida yoshga qarab o‘zgarish jixatlari.
Tayanch so‘z va iboralar: ayollar organizmining anatomik va fiziologik xususiyatlari, sport musobaqalari, muskul kuchi, yog‘ to‘qimasi, o‘pkaning tiriklik sig‘imi, harakat apparati, yeritrotsitlar.
Xar xil yoshdagi qizlar va ayollarning jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishi asosan ikkinta maqsadga qaratilgan bo‘lib, ularning bittasi salomatlikni yaxshila bo‘lsa, ikkinchisi sport sohasida erkaklar bilan yonma-yon turib, respublika shon-shuxratini himoya qilishda ishtirok yetishdir. Ma’lumki, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanuvchi bunday ayollar soni yildan-yilga ortib bormoqda. Bu bir tamondan, respublikada sportning kun sayin rivojlanayotganidan dalolat bersa, ikkinchi tamondan, bu narsa hayot faoliyatimizda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar bilan bog‘liqdir. Shuni ham aytish kerakki, qizlar va ayollar organizmining ish qobiliyati erkaklarning ish qobiliyatidan bir muncha past darajada bo‘ladi, bu ayollar organizmning anatomik va fiziologik xususiyatlari bilan bog‘liq. Shuning uchun ayollarning salomatligini yaxshilash, yoki ularning sportda yuqori natijalarga erishadigan holatga keltirish uchun beriladigan jismoniy mashqlar hajmini optimal darajada belgilamay turib, qo‘yilgan maqsadga yerishib bo‘lmaydi. Beriladigan jismoniy ish hajmini belgilash esa yuqorida aytilgandek, ayollar organizmining tuzilishi va funksional hususiyatlari bilan qattiq bog‘langan bo‘ladi1. Ayniqsa sport musobaqalariga tayyorlashda ayollar organizmining anatomik va fiziologik xususiyatini hisobga olish muhim ahamiyatga ega, aks holda ularning salomatligini yomonlashishga, hatto ularni bir umr nog‘iron bo‘lib qolishga olib kelishi mumkin. Buning uchun ayollar sportini olib boruvchi xar bir mutaxassis, xar bir ustoz qolaversa sport bilan shug‘ullanuvchi har bir ayol ayollar organizmining jismoniy imkoniyatlarini yaxshi bilishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |