O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti sport faoliyati va boshqaruv fakul’teti sport boshqaruvi kafedrasi jismoniy tarbiyа gigienasi va sportning tibbiy fiziologik asoslari



Download 2,34 Mb.
bet46/118
Sana19.02.2022
Hajmi2,34 Mb.
#457526
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   118
Bog'liq
МАЖМУА ГИГИЕНА 4-КУРС 2021-2022

Mushaklar kuchini namoѐn bo‘lishiga turli omillarning ta’siri. Mushakning qisqarish kuchi ko‘pchilik sabablarga bog‘liq, xususan: mushaklarning anatomik tuzilishiga (patsimon, duksimon va parallel ko‘ndalang tolali mushaklar); markaziy asab tizimining qo‘zg‘aluvchanligi-ga; gumoral mexanizmlarga; to‘qimalarning oksigenatsiyasiga va h.k. Maksimal jadallikdagi dinamik ish paytida organizm atigi 10 % kislorod bilan ta’minlanadi. Mushak ishi gormonal fonni ancha sezilarli darajada o‘zgartiradi. O‘rtacha va og‘ir trenirovkadan keyin, qonda noradrenalinning miqdori ikki marta ortishi mumkin, o‘sish gormonining miqdori ancha ortadi. Kartizolning miqdori faqat og‘ir trenirovkalardan keyin ortadi, insulinning miqdori esa kamayadi. Ish qobiliyatiga glyukokortikoidlar va androgenlar ancha sezilarli ta’sir qiladi.
Mushak kuchi va uning massasini o‘zaro aloqasi. Ma’lumki, mushak massasi qanchalik katta bo‘lsa, kuch shunchalik katta bo‘ladi. Ushbu bog‘liq-likni formula ѐrdamida ifodalash mumkin: bunda: F – kuch; -atletning jismoniy tayѐrgarligini tavsiflovchi ma’lum bir doimiy kattalik; P – atletning og‘irligi. Yetakchi og‘ir atletikachilarda, mushaklar massasi, gavdasining 55-57 % ni tashkil qiladi.
Kuch mashqlarini bajarish paytida gavda holatining ahamiyati. Odam ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan kuch uning gavdasi holatiga bog‘liq. Har bir harakat uchun gavdaning shunday holatlari mavjudki, ularda kuchning eng katta va eng kichkina kuchlari namoѐn bo‘ladi.
Masalan, tirsak bo‘g‘imida bukilish sodir bo‘lishi vaqtida, kuchning maksimal darajasi 90° burchakda erishiladi; tirsak va tizza bo‘g‘imlarida rostlanish paytida optimal burchak 120° atrofida; gavda kuchini o‘lchash paytida, maksimal ko‘rsatkichlar burchak 155° bo‘lganda namoѐn bo‘ladi va h.k. Savol yuzaga keladi: kuch mashqlarini bajarish paytida gavdaning qanday holatlarini tanlash zarur? Faol mushaklarning shaxsiy kuchi maksimal bo‘lgan holat, ya’ni mushaklarning cho‘zilgan holatdagi kuchlanishi ko‘proq ishlatiladi. Propriotseptiv impulslar oqimini kuchaytirish oqibatida, gavdaning bunday holati, reflektor rag‘batning ortishini chaqiradi va shu tufayli mashqlarning ta’sirini kuchaytiradi.
Mushak energetikasi. Mushak qisqarishining energiyasi. Mushakning faollashuvi vaqtida Sa ning hujayra ichidagi konsentratsiyasini ortishi qisqarishga va ATF ni kuchli parchalanishiga olib keladi, bunda, mushak metabolizmining jadalligi 100 – 1000 marta ortadi. Termodinamikaning birinchi qonuniga (energiyani saqlanishi qonuni) binoan, mushakda ajraladigan kimѐviy energiya – mexanik energiya (mushak ishi) va issiqlik hosil qilishning yig‘indisiga teng bo‘lishi kerak. Xattoki izometrik qisqarish ham ko‘ndalang ko‘prikchalarning uzluksiz siklik faolligi bilan birga o‘tadi va bu paytda, ATFning parchalanishi va issiqlik hosil qilish bilan bog‘liq ―ichki‖ish ancha sezilarli bo‘ladi. Rostlangan holda to‘g‘ri turish kabi ―passiv faoliyat‖ ham charchatishi bejiz emas. Mushak yuk ko‘tarib ―tashqi‖ ishni bajaraѐtgan paytda qo‘shimcha miqdorda ATF parchalanadi. Bunda, metabolizm jadalli-gining kuchayishi bajarilaѐtgan ishga proporsional bo‘ladi (Fenn samarasi). Odatda, mushak qisqarishi uchun energiyaning birlamchi manbai bo‘lib, glikogen ѐki ѐg‘ kislotalari xizmat qiladi. Ushbu substratlarning parchalanishi paytida ATF ishlab chiqariladi, uning gidrolizi qisqarishning o‘zi uchun bevosita energiyani yetkazib beradi: ATF  ADF + Fn + energiya. Mushaklar qisqarishi oqibatida, kimѐviy energiyaning sezilarli qismini (1/4–1/3) mexanik ishga aylantiradi va bunda, issiqlik ajraladi: bu – organizmda issiqlik ajralishining asosiy manbalaridan biridir. Bir mol ATF ning gidrolizi taxminan 48 kDj energiya beradi. Lekin, uning faqat 40–50 % ishning mexanik energiyasiga aylanadi, qolgan 50–60 % ishga tushish (boshlang‘ich issiqlik) va mushakning qisqarishi paytida issiqlik ko‘rinishida ѐyilib ketadi, mushakning harorati bu vaqtda birmuncha ortadi. Shunday qilib, miofibrillalarda ATF elementar qayta o‘zgarishining foydali ish koeffitsienti taxminan 40–50 %ni tashkil qiladi. Lekin, tabiiy sharoitlarda mushaklarning mexanik foydali ish koeffitsienti, odatda ancha past – 20-30 % atrofida, chunki qisqarish vaqtida va undan keyin, energiya sarflanishini talab qiladigan jaraѐnlar miofibrillalardan tashqarida ham o‘tadi. Ushbu jaraѐnlar, masalan, ionli nasoslarning ishi va ATF ning oksidlanishli regeneratsiyasi ancha sezilarli darajada issiqlik hosil bo‘lishi bilan birga o‘tadi (tiklanish issiqligi). Bajarilgan ish qanchalik katta bo‘lsa, issiqlik shunchalik ko‘p ajraladi va energoresurslar (uglevodlar, ѐg‘lar) hamda kislorod shunchalik ko‘p sarflanadi. Bunday qonuniyat toqqa chiqish paytidagi charchashni, ter ajralishini va nafas tiqilishini tushuntiradi. Mushaklar odamning harakatlarini, nafas yo‘llari bo‘ylab havoning harakatlanishini, qonning harakatlanishini va haѐt uchun muhim bo‘lgan boshqa ko‘pgina jaraѐnlarni ta’minlaydigan mexanik ishni bajarish qobiliyatiga ega.

Download 2,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish