Kur ishining ob’yekti: Oliy ta’lim tizimida “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” bakalavriyat ta’lim yo‘nalishi talabalariga grafikaviy ta’lim berish jarayoni.
Kur ishining predmeti: Bo‘lajak chizmachilik o‘qituvchilarini tayyorlash bo‘yicha tahsil olayotgan talabalarning muhandislik grafikasi ilmini egallash jarayonidagi ta’lim mazmuni va texnologiyasi.
Kur ishining tuzilishi va tarkibi: Kurs ishi kirish, ikki bob, besh paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo‘lib jami 33 sahifani tashkil etadi.
I BOB. SXEMALAR TO‘G‘RISIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR
Chizmalarni taxt qilish va uni o‘qiy olish.
Fan-texnika jadal rivojlanayotgan hozirgi davrda texnika taraqqiyotini chizmalarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Chizma buyumning tekislikdagi yetarli ko‘rinishiga ega bo‘lgan tasviridir. Jismning shaklini va o‘lchamlarini ko‘rsatadigan tekislikdagi tasvir chizma deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |