Abu Ali ibn Sino haqida ma’lumot
Abu Ali ibn Sinoning «Al-hisob» nomli asari. Ibn Sinoning «Ash-shifo» asari bo‘limlaridan biri riyoziyot, hisob (arifmetik), handasa (geometriya), aljabr (algebra), (matematika) faniga kiradi.
Ibn Sino arifmetikasi arab tilida yozilgan bo‘lib, to‘rt bo‘limdan iborat. Birinchi bo‘limda turli ketma-ket sonlar xossalari bayon etilgan. Ibn Sino bularni yozishda yunon olimi Yevklidning kitobidan foydalangan. Ikkinchi bo‘limda sonlar tengligini tengsizligi bilan taqqoslash amallari ko‘rsatiladi. Uchinchi bo‘limda arifmetikaning geometriya qonunlaridan ayrimlari bilan bog‘lanish ifodalanadi. Тo‘rtinchi bo‘limda arifmetik va geometrik vositalar aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |