Qattiq qotishma bilan jihozlangan gumbazli, silindrik va konusli
frezalar
GOST 18934-73 (yaxlit noksimon), GOST 18939-73 (uzaytirilgan),
GOST 18935-73 (yaxlit elipssimon), GOST 18940-73 (uzaytirilgan) ular shtamplar
va shakldor yuzalar zagatovkasiga ishlov berish uchun mo‘ljallangan. Kesuvchi
qismi materiali o‘rnida quyidagi metallokeramik qotishmalar ishlatiladi:
T5K10 – po‘latlarga qora ishlov berish uchun;
T15K6 – po‘latlarga toza ishlov berish uchun;
VK8 – cho‘yanga qora ishlov berish uchun;
VK6M – cho‘yanga toza ishlov berish uchun.
Do'stlaringiz bilan baham: |