Shponkali frezalar. Shponkali frezalar quyidagi turlarda ishlab chiqariladi:
qattiq qotishma bilan jihozlangan plastinkali va yaxlit silindrik quyrug‘i bilan.
Yaxlit qattiq qotishmali silindrik quyruqli shponkali frezalar GOST 16463-
80E ga asosan bajariladi. Ular po‘latlardan, cho‘yan va qiyin ishlov beriladigan
material zagatovkasida shponka ariqchalarini kesish uchun qo‘llaniladi.
Qattiq qotishma bilan jihozlangan plastinkali shponkali frezalar GOST
6396-78 ga asosan bajariladi. Ular yuqori kesish tezligida po‘latlarda va
cho‘yanlarda radiusli chuqurcha va bo‘ylama ariqchalar (pazlar) ochishda
173
qo‘llaniladi. Kesuvchi qismining materiali sifatida quyidagi metallokeramik
qotishmalardan foydalaniladi: VK3, VK6, T5K10, T15K6.