O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t. U. Umarov


 Sidirgichlar. Sidirgichlarning asosiy turlari va vazifalari



Download 8,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/135
Sana08.01.2022
Hajmi8,6 Mb.
#333950
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   135
Bog'liq
fayl 1781 20210911

3.4. Sidirgichlar. Sidirgichlarning asosiy turlari va vazifalari. 
 
Sidirgichlar    –  ko‘p    tishli  yuqori  unumdorlikka    ega    bo‘lgan    asboblar  
bo‘lib  seriyali  va  ommaviy  ishlab  chiqarish   turida  ko‘p  qo‘llaniladi.   Ular  
konstruktiv  uzatish  bilan  ishlaydigan  asboblar  turkumiga  kirib,  unda  sidirish  
payti  uzatish  harakati  berilmagan. 
Sidirgichda  tishlar  orasidagi  quyumlarni  bo‘lish,  tishlarning  balandligini  
oshirish    hisobiga    yoki    har    bir    tishlarni    oldingisiga    nisbatan    enini    oshirish  
bilan    taqsimlanadi.    Tishlarning    balandligini    oshirish    kesib    chiqarilayotgan  
qatlam    qalinligi   
    aniqlaydi    va    “ko‘tarish”    yoki    “tishlarga    uzatish”    deb  
ataladi.    Quyumlarni    eniga    bo‘lish    kesish    jarayonini    yengillashtirish    uchun  
amalga  oshiriladi  va  sidirgich  bilan  gruppali  kesish sxemasida  ishlatiladi. 
Har    xil    shakldagi    teshiklarga    ishlov    berish    uchun    qo‘llaniladigan  
sidirgichlar  “ichki  sidirgichlar”  deb  ataladi.  Tashqi  yuzalarga  ishlov  berish  
uchun,  ya'ni  ochiq  konturli  yuzalarga  “tashqi  sidirgich”  qo‘llaniladi. 


132 
 
Kesish  jarayonini  amalga  oshiruvchi  sidirgichning  asosiy  harakati  ko‘p 
hollarda  to‘g‘ri  chiziqli,  ilgarilama  harakatlanadi.  Asosiy  harakatli  aylanma  yoki 
vintli sidirgichlar kam qo‘llaniladi. 
Sidirish  jarayoni,  maxsus  gorizontal  va  vertikal  sidirish  stanoklarida 
bajariladi. 3.20-rasmda bir nechta sidirish sxemalari berilgan: 
 
3.20-rasm.  Sidirish  sxemalari:  a  –  teshiklarni;  b  –  yuzalarni;         v – tashqi  
yuzani  to‘xtovsiz  sidirish;  g  –  yassi  va  dumaloq  sidirgichlar  bilan  silindr  
yuzalariga  ishlov  berish;  d  – proshivka  bilan  teshikka  ishlov  berish. 
 

 
teshikka  ishlov  berish  (3.20-rasm,  a)  va  tashqi  yuzalarga  (3.20-rasm,  b) 
qo‘zg‘almas zagotovkada ilgarilamaqaytma asbob harakati  bilan ishlov berish; 

 
qo‘zg‘alma sidirgichga nisbatan harakatlanadigan, zagotovkalarni yuklash 
va yuk tushirish avtomatik mexanizmi yordamida tashqi yuzalarni uzluksiz sidirish 
(3.20-rasm, v); 


133 
 

 
aylanuvchi    jismlarni    yassi    yoki    dumaloq    sidirgichlar    bilan    ishlov  
berishda,    asosiy    harakat    to‘g‘ri    chiziqli    yoki    aylanma    bo‘ladi    (shu    yerda  
sidirgich  bir  aylanma  harakat  qiladi)  (3.20-rasm, g); 

 
proshivka  bilan  teshik  teshishda  (3.20-rasm, d)  kuch  asbob toretsiga 
(yon  yuzasiga)  shunday  qo‘yilganki, proshivga  siqilishiga  ishlaydi.  Bo‘ylama  
turg‘unlikni  ta'minlash  uchun  proshivkaning  uzunligi  15 ta diametrdan  yuqori  
bo‘lmasligi  lozim. Konstruktiv jihatdan  sidirgichlarga o‘xshash. 
Sidirish  jarayonining  quyidagi  afzalliklari  bor: 
1) yuqori unumdorlik,  ya'ni  kesish  jarayonida  quyim  birdaniga bir  necha  
tishlar  bilan  olinadi.  Sidirishda  unumdorlik  boshqa  ishlov  berishga  nisbatan  3-12 
marta ko‘p; 
2)  sidirishda    qora,    toza    o‘tishlarning    borligi    ishlov    berilgan    yuzaning  
yuqori  aniqligini  (JT7…JT8)  va  past  g‘adir-budurligini  ta'minlaydi. 
Sidirgich  bilan  sidirish,  frezalash,  randalash,  zenkerlash,    razvertkalash  
ayrim  hollarda  jilvirlash  operatsiyalarini  bajarishga  hojat  qolmaydi. 
3)  Bir  necha    minglab    detallarga    ishlov    berishda    asbobning    yuqori  
turg‘unligi,  bu  esa  kesimni  maqbul  sharoitlarini  tanlash  va  charxlashga  katta  
zaxira  borligidan  erishiladi; 
4)  stanok  konstruksiyasining  soddaligi  ya'ni  sidirishda  uzatish  harakatining 
yo‘qligidan,  sidirish  stanoklarida  uzatish  korobkasi  (qutisi)  bo‘lmaydi,  shuning 
uchun asosiy harakat kuchli gidrotsilindrlar yordamida amalga oshiriladi. 
Sidirgichni kamchiliklariga  esa quyidagilar  kiradi: 
1) asbob  konstruksiyasini  tayyorlashni  ko‘p  mehnattalabligi,  qimmatligi  
va  tayyorlashga  bo‘lgan  aniqlik  talablarining  ko‘pligi; 
2) sidirgichlar  maxsus  asbob  bo‘lib,  bitta  nomdagi  detal  turini  ishlov  
berish  uchun  mo‘ljallangan; 
3) tayyorlash  qiyinligi  uchun,  charxlash  uchun  xarajatlarning  ko‘pligi. 
Sidirgichlarni  qo‘llash,  ommaviy  va  seriyali  ishlab  chiqarish  turlarida 
iqtisodiy samaradorlikni beradi. 


134 
 
Sidirgichlarni    loyihalash    payti,    uning    ishlashining    alohida  
xususiyatlariga  e'tibor  berish  kerak. 
1)    sidirgichlar    juda    katta    cho‘zilish    kuchlarini    sinovdan    o‘tkazadi,  
shuning    uchun    ichki    sidirgichlarni    albatta    eng    nozik    kesimlarini  
mustahkamlikka  tekshiriladi; 
2)    sidirishda    kesayotgan    tishlarni    zagotovka    bilan    bog‘lanish    vaqti  
oralig‘ida,  ajralayotgan  qirindi,  sidirgich  ariqchasida  erkin  joylashishi  kerak  
va  kesish  jarayoni  tugagandan  so‘ng  qirindi  erkin  chiqib  ketishi  kerak; 
3)    sidirgichning    uzunligi,    stanokning    ishchi    yurishiga    mos    kelishi  
kerak,    shuningdek,    jihozlarning    termik    va    mexanik    ishlov    berishi    uchun  
imkoniyatlari    bo‘lishi    kerak.    Sidirgichlar    uni    tayyorlash    va    ishlatish    payti  
yetarli    bikirlikka    ega    bo‘lishi    kerak,    aks    holda    lyunetlar    va    boshqa  
moslamalardan  foydalaniladi. 
 

Download 8,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish