O`zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, surxondaryo viloyati kasbiy ta`limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi oltisoy tuma ni 2-sonli kasb-hunar maktabi


Yarim o’tkazgichli deb solishtrma qarshiligi nmetalikidankatta ammo dielektrikdankichik bo’lgan qattiq jisimga aytiladi



Download 4,34 Mb.
bet15/88
Sana20.03.2022
Hajmi4,34 Mb.
#502549
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   88
Bog'liq
O\'quv qo\'llanma 6.20 guruh

Yarim o’tkazgichli deb solishtrma qarshiligi nmetalikidankatta ammo dielektrikdankichik bo’lgan qattiq jisimga aytiladi

4

Sxemalar yordamida mantaj qilish

Prinsipial asinxron matorlar



Asinxron matorning chulgami va uning ulanishi. Asinxron va sinxiron matorlar ham stator va rotrdan iborat

Amalyor rahbari: ________ Mardonov Ismoil.



  1. Taqsimlovchi punktlar va transformatorli podstansiyalarning sxemalari



Taqximlovchi punkt (TP) — yig‘uvchi shinalar, belgilangan sondagi yacheykalar va boshqaruv yo‘lagidan iborat bo‘lgan seksiyalarga ajratilgan elektr uskunasidir. Yacheyka ichiga uzgichlar, tok transformatorlari, liniya va seksiya ajratkichlari, saqlagichlar, kuchlanish transformatorlari, himoya asboblari va boshqa elektr jihozlarini joylashtirish uchun xizmat qiladi.
Yig‘uvchi shinalar taqsimlovchi punktning yuqori qismida uning yuqori qoplamasidan 500 mm dan kam bo‘lmagan masofada gorizontal joylashtiriladi. Har xil fazalarning yig‘uvchi shina- lari orasidagi masofa kuchlanish l kV bo‘lganda 100 mm dan va 10 kV bo‘lganda 130 mm dan kam bo‘lmasligi shart. 1hinalar metall konstruksiyalar yoki beton to‘siqlarda joylashtiriluvchi tayanch izolatorlariga mahkamlanadi. Taqsimlash punktlarida o‘rnatiluvchi seksiya ajratkichlari va moyli uzgichlari profilaktik ta'mirda va yig‘uvchi shinalar shikastlanganda seksiyani uzish uchun xizmat qiladi.





2.1-rasm. Yettita yacheykaga ega bo‘lgan taqsimlovchi punkt:
Q — moyli uzgich; QS — yuklama uzgichi (ajratkich); QF — avtomatik uzgich; s— rubilnik; F — saqlagich; QRG — zaminlovchi ajratkich.


Taqsimlovchi punktlar M-simon yoki halqasimon yig‘uvchi shinalar sistemasi, kabelli yoki havoli kirish, yacheykalar (kameralar) bir yoki ikki qatorda joylashadigan qilib yasaladi, l.2-rasmda yettita punktga taqsimlash yacheykasining prinsipial sxe- masi ko‘rsatilgan. Bu yacheykalardan ikkitasi ta'minlovchi liniyalar HL, bittasi razryadnik FV, boshqasi kuch transformatori T, ikkitasi ajratkichlar va moyli uzgichlar Q, bittasi releli himoya va avtomatika zanjirlari uchun kuchlanish transformatori TV seksiyalaridir.
Razryadnik FV atmosfera o‘takuchlanishlari hosil bo‘lganda ishlaydi va havo liniyalaridan kirib keluvchi o‘ta kuchlanishni yerga o‘tkazib, taqsimlovchi qurilma jihozla rining himoyasini ta'minlaydi.
Reaktor LR elektr zanjiriga uning qarshiligini oshirish maqsadida ketmaket ulanib, qisqa tutashuv tokini cheklash uchun xizmat qiluvchi induktiv qarshilikni ifoda etadi.
630 kVA quvvatli kuch transformatori T taqsimlovchi qurilmalarning yaqinida joylashgan iste'molchilarni ta'minlash uchun foydalaniladi.
Taqsimlovchi qurilmalardagi yacheykalar turli xil jihozlar bilan to‘ldirish sxemalariga ega bo‘ladi. Masalan, kirish va liniya yacheykalarida MM-67 yuritmalariga ega bo‘lgan zaminlovchi pichoqli shina ajratkichi (PBФЗ) va kabel ajratkichi (PBЗ) hamda moyli uzgichlar, tok transformatorlari TMЛ va nolinchi ketma-ketlik transformatorlari TЗPЛ o‘rnatilgan. Kuchlanish transformator- lari yacheykalarida ajratkichlar, MKT saqlagichlari va kuchlanish transformatorlari joylashtirilgan.
Ajratkichlar bilan xato amallarni bajarishning oldini olish maqsadida har bir yacheykada uch qutbli ajratkichlar va uzgichlarning yuritmalari orasida ajratkichlarni faqat uzgichning uzgan holatida ajratilishiga ruxsat etuvchi blokirovka o‘rnatilgan. Blokirovka uzgichlar va ajratkichlarning yuritmalarida o‘rnatilgan maxsus qulflar yoki uzgichning ulangan holatida ajratkichlarning yuritmalarini uzishga to‘sqinlik qiluvchi richaglar tizimi yordamida amalga oshiriladi. Taqsimlovchi punktda, shuningdek, himoya relesi, o‘lchov asboblari, avtomatika qurilmalari, zaminlovchi qurilmalar va yoritish asboblari mavjud.
Tranxformatorli podxtanxiyalar (TrP) iste'molchilarni elektr energiyasi bilan ta'minlash uchun xizmat qilib, elektr jihozlarining xavfsizlik va ularga qulay xizmat ko‘rsatish talablariga javob beradi. Ular maxsus loyihalash tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan tipik chizmalar bo‘yicha quriladi.
Tuzilishi bo‘yicha transformatorli podstansiyalar bitta yoki ikkita kirishli hamda bir yoki ikki transformatorli bo‘lishi mumkin. Iste'molchilarni elektr energiyasi bilan ishonchli ta'minlash uchun, qoidaga ko‘ra, avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimiga ega bo‘lgan ikki transformatorli podstansiyalar qo‘llaniladi.
Qo‘yilgan talablar hamda kiruvchi liniyalar va kuch transformatorlarining soniga bog‘liq holda transformatorli podstansiyalar taqsimlovchi qurilmalarining kommutatsiya sxemalari turlicha bo‘lishi mumkin.
Bitta kirish va ikkita chiqib ketuvchi liniyalarga ega bo‘lib, yuklama uzgichlari bilan jihozlangan transformatorli podstansiyalarning sxemasi (l.3-a rasm) 6—l0 kV kuchlanishli halqasimon tarmoqlar uchun belgilangan. Transformatorli podstansiyada quvvati 400 kVA gacha bo‘lgan bitta transformator T o‘rnatilgan. 6—l0 kV li radial liniyadan ta'minlanuvchi transformatorli pod- stansiyaning sxemasi l.3-b rasmda keltirilgan. Chiqib ketuvchi 6—l0 kV li liniya mustaqil iste'molchini ta'minlash uchun xizmat qiladi. Chiqib ketuvchi liniyani himoyalash uchun 6—l0 kV kuchlanishga mo‘ljallangan PK tipidagi saqlagichlar yuklama uzgichlari bilan komplektda foydalaniladi. Tok transformatorlari TA va kuchlanish transformatorlari TV chiqib ketuvchi liniyada elektr energiyani hisobga olish uchun xizmat qiladi. l.3-d rasmda ko‘rsatilgan sxemada zaxira kirishida o‘rnatilgan prujina yuritmali moyli uzgich BMM-l0 yordamida zaxirani avtomatik kiritish (ZAK) ko‘zda tutilgan. Asosiy (ishchi) kirish liniyasida yuklama uzgichi o‘rnatilgan. Chiqib ketuvchi liniyalar 6—l0 kV taqsimlash qurilmasining shinalariga uzgichlar QW orqali ulangan.


Download 4,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish