Toshkent Botanika bog‘i, ya’ni tajriba o‘tkazilayotgan joyni yer va iqllim
sharoiti
Toshkent tog‘ yon bag‘ri zonasiga joylashgan. YOz bu erda issiq, quruq bo‘lib
maksimal harorat eng ko‘pi bilan 43
o
S gacha bo‘ladi. Er yuzasi yozda 60
o
gacha
qiziydi, bu esa o‘simliklarni umumiy holatiga yaxshi ta’sir qilmaydi. Er harorati va
havo sug‘orish natijasida bir oz pasayib, turli o‘simliklarni ekish imkoniyatini beradi.
Kuz iliq va quruq, ertalabki shabnam ko‘tarilgandan keyin yana quruq va iliq ob-havo
sharoiti bo‘ladi. Ayrim yillarda, masalan 1956 y. kuz quruq va uzoq davom etgani
uchun ayrim o‘simliklar (dastarbosh, moychechak, arslonquyrqu, qoncho‘p va
boshqalar) ikki marta gullab, ikki marta hosil berishga ulgurdilar.
Qish nam, yomg‘irli, kam qorli, ayrim sovuq kunlar, haftalar, hatto oylar iliq quyoshli
kunlar bilan almashib turadi.
Deyarli har yili er yuzasi qor bilar qoplanadi, ammo ular ko‘pincha tez erib ketadi.
Toshkentda faqat eng kuchli va uzoq sovuqli vaqtlarda er 15-20 sm gacha
chuqurlikda yaxlaydi. Ko‘pchilik qishlarni past harorati taxminan -18
o
, ayrim qattiq
sovuqlarda harorat -29,5
o
gacha pasayadi.
Bahor odatda erta keladi, kamdan kam kech keladi va yomg‘irli bo‘lib, bir xil
bo‘lmaydi. U tez va kutilmaganda o‘zgarib turadi. Sovuq kunlar ko‘pincha yaxshi,
quyoshli, yana qisqa yomg‘irli kunlar bilan almashib turadi.
Toshkent bahorini xarakterli xususiyati kuchli sovuq kunlar kelib qolishi bilan
bog‘liq bo‘lib, ayrim dorivor o‘simliklarga yomon ta’sir ko‘rsatadi. Masalan 1956 va
1957 y.y. harorat bahorda -3
o
gacha sovub, erdan o‘sib chiqqan belladonna,
obvoynik, solyanki rixtera va boshqalarni qismlari yaxlab qolgan.
Toshkentdagi bunday sovuqlar aprelni o‘rtasigacha va hatto oxirigacha (1957y.)
bo‘lishi mumkin. Eng ko‘pi bilan sovuqsiz davr 7-8 oy davom etishi mumkin.
Ko‘p yillik ma’lumotlar Toshkentda bir yilda o‘rtacha 360 mm yog‘ingarchilik
bo‘lishi ko‘rsatadi.
Qish va bahorda yog‘ingarchilikni asosiy qismi yog‘gani uchun havo namligi ko‘p.
YOzgi yuqori harorati havoni namligini nisbatan kam bo‘lishini ta’minlaydi.
Toshkentda kun uzunlingi faslga qarab turlicha bo‘ladi. Yozda u 15-16 soatni tashkil
qiladi. Yozgi kunlar uzun bo‘lgani uchun tropik va subtropik o‘simliklar yozda
yomon o‘sadi va gullaydi. Masalan yapon parpisi, ituzum (qish) va sano yoz oxirida
gullaydi.
Toshkent botanika bog‘i tog‘ yonbag‘rida bo‘lib, chirchiq daryosi (o‘zaniga)
vodiysiga joylashgan. Eri ekib sug‘oriladigan, ishqoriy reaksiyaga ega. Namlikni
etishmasligi uchun ular ariq suvlari bilan sug‘orish orqali qondiriladi. Sug‘orishsiz
Toshkentda faqat rixter solyankasi, viktor ungerniyasi va boshqalarni etishtirish
mumkin. Hamma introduksiya qiinatgan o‘simliklar sug‘orilishga muhtoj.
121
Botanika bog‘ida ko‘pchilik o‘simliklarni etishtirish uchun ularni urug‘lari 3 mahal
sepiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |